4- mavzu: Diqqat va Xotira – psixik


I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar



Yüklə 94,22 Kb.
səhifə13/14
tarix19.05.2023
ölçüsü94,22 Kb.
#117216
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4- mavzu Diqqat va Xotira – psixik

I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag`ishlangan bo`lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to`g`ri yo`nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to`liqligi ta`minlanadi.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma`nosiga tushunib o`zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to`g`ri, Meymon fikriga ko`ra, inson ulg`ayishi bilan ma`nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma`noga ega bo`lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o`xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to`plangan bo`lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o`z aksini topgan.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma`nosiz bo`g`inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta`kidlangan. Katta yoshdagilar ma`nosiz bo`g`inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog`lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma`no kasb etadi. Shuningdek, ma`no anglatmaydigan materialni o`zlashtirish jarayoni tez ko`chadi, mahsuldorroq bo`ladi. Ma`nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog`liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so`zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
O`tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarning qo`zg`alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma`lum vaqt o`tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo`lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko`zimizga issiq ko`rinadi, lekin uni qaerda ko`rganimizni eslay olmaymiz. To`liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o`ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko`rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.

Yüklə 94,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin