6.5. Ma’lumotlar bazasini tashkil etish usullari.
Jadvallar–ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ma’lu–motlar bazasini tashkil qilish, uning birinchi jadvalini tuzish bilan boshlanadi. Jadval tuzish uchun oldin uning tarkibini aniqlash kerak bo’ladi. Ma’lumotlar bazasidagi jadval ustunlari maydon, satrlar esa yozuvni tashkil qiladi. Maydonlar ma’lumotlar bazasi tarkibini, yozuvlar esa har bir maydonga mos ma’lumotlarni saqlaydi. Maydonlar quyidagi xarakteristikalari bilan aniqlanadi: maydon nomi, tipi va maydon o’lchami.
Maydon nomi. Maydon nomiga quyidagi shartlar qo’yiladi:
– maydon nomi 64 ta simvoldan ortmasligi kerak;
– maydon nomi harflar, raqamlar, probel(bo’sh joy) va maxsus belgilardan iborat;
– maydon nomi probel(bo’sh joy)dan boshlanmaydi;
– har bir maydon nomi aniq bo’lishi kerak.
Masalan, talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi MB jadvalini tuzish uchun dastlab, uning tarkibi, ya’ni qanday maydonlar kerakligi aniqlanadi:
– talabaning familiyasi;
– talabaning ismi;
– tug’ilgan vaqti;
– guruhi va mutaxassisligi;
– yashash joyi.
Jadval tarkibi aniqlangandan keyin, har bir maydon unga mos ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.
Jadval tarkibini tuzish uchun quyidagi buyruqlar ketma–ket bajariladi:
– ma’lumotlar bazasi oynasidan Создание menyu bandi ochiladi va uskunalar bandidan Таблицa ob’ekti tanlanadi va sichqoncha tugmachasi bosiladi (6–rasm).
6–rasm.
– ekranda yangi jadval oynasi paydo bo’ladi.
Bu yerda maydonlar nomi, ularning qanday turdagi ma’lumotlarni [simvolli (текстовой), sonli(числовой) va hokazo] saqlashi va xossa (o’lcham) lari aniqla–nadi.
Masalan, biror bir tashkilotda mavjud bo’lgan kompyuterlar to’g’risidagi axborotlar saqlovchi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ko’rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi maydonlar aniqlanadi:
– kompyuter turi;
– sotib olingan yili;
– soni;
– xotira hajmi;
– qattiq disk o’lchami;
– narxi.
Bu maydon nomlari navbatma–navbat quyidagi tartibda kiritiladi:
Jadval tarkibi ixtiyoriy nom bilan fayl ko’rinishida diskda saqlanadi. Jadval tarkibi tuzilgandan keyin har bir maydonga mos ma’lumot bilan to’ldiriladi va natijada quyidagi jadval hosil bo’ladi.
Ko’p hollarda MB da saqlanayotgan ma’lumotlarni tez izlab topish talab qilinadi. MB da ma’lumotlarni tez izlab topishning asosiy usullaridan biri «Запросы» so’rovlart vositasidir. So’rovlar MB ning bitta yoki bir–biri bilan bog’langan bir nechta jadvallaridan ma’lumotlarni tanlash, ular ustida amallar bajarish va natijani jadval ko’rinishda tasvirlash imkonini beradi. Bundan tashqari, So’rovlar yordamida ma’lumotlarni yangilash, yo’qotish hamda mavjud jadval asosida yangi jadval tashkil qilish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |