6-Ma’ruza. Arxitektura va qurilishda katta ma’lumotlar bazasi.(2 soat). Reja



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə7/8
tarix18.08.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#139824
1   2   3   4   5   6   7   8
6-ma\'ruza

Accessda formalar tashkil qilish
Formalar MBga yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko’rib chiqish uchun ishlatiladi.
Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo’ljallangan maydonlari bo’lgan elektron blank ko’rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar bevosita ma’lu–motlar bazasining jadvaliga qo’shiladi.
Umuman olganda, forma tuzmasdan ham ma’lumotlarni asosiy jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik tug’diradi. Jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritishning afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:
– jadvalga ma’lumotlarni kiritish o’ta zerikarli ish. Ko’p ma’lumotlarni kiritishda bir oz vaqt o’tgandan so’ng, uni kirituvchi xatoliklarga yo’l qo’yishi mumkin. Formaga ma’lumotlarni kiritish osonroq. Bu yerda ko’p narsani avtomatlashtirsa bo’ladi.
– har qanday kompyuter foydalanuvchisiga ham ma’lumotlar bazasining asosiy jadvalidagi ma’lumotlarni ishonib bo’lmaydi.
– kompyuter foydalanuvchilari ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda turli huquqlarga ega bo’lishlari mumkin. Masalan, ulardan biri mijozlarning ismlari va manzillarini, ikkinchisi–ularning faqat hisob raqamlarini, uchinchilari esa hisob raqamlaridagi pul miqdorlarini bilish huquqiga ega deylik. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun turlicha forma tuzadi.
Accessda ma’lumotlar bazasidan hisobot tashkil qilish
Biz yuqorida ma’lumotlar bazasi jadvalini va bu jadval asosida so’rovlar hamda formalar tuzish va ularning bajaradigan vazifalarini keltirib o’tdik. Ma’lumotlar bazasining yana bir asosiy ob’ektlaridan biri hisobot hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi fayli yaratilgandan keyin hamma tushuntirishlar va ko’rsat–malari bilan berilgan ko’rinarli hisobot tuzish lozim bo’ladi. Hisobot – bu ma’lumotlarni MBda ishlashdan hosil bo’lgan natijalarni foydalanish va tahlil qilish uchun yaroqli holda hujjat ko’rinishda qog’ozga chop qilish demakdir. Hisobotda har xil ko’rinishdagi ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin