№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə27/40
tarix06.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#152774
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 2 КУРС

25-Mavzu: Navruz - shodlik, ezgulik bayramidir
Navruz hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining, shu bilan birga, bizning necha ming yillik milliy siyosamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdigidir. Navruz ayyomining hayotbaxsh ruhi umumbashariy qadriyatlarga hamoxangdir. SHu bois, u mamlakatimizdagi barcha millat va elat vakillarining, yoshu-qari barcha insonlarning umumiy shodiyonasiga aylangani bejiz emas. Bu hol O`zbekistonimizdagi ahillik, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik barqarorligining dalolatidir.
Navruz xakida Prezidentimiz Islom Karimov uzining “Yuksak ma’naviyat

  • engilmas kuch” asarida shunday fikr bildirganlar: “Milliy ma’naviyatimiz azaldan kanday omil va mezon negizida shakllanib kelayotgani xalkimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram - sharkona yangi yil bulmish Navruz ayyomi misolida ayniksa yorkin namoyon buladi.

Barchamiz doimo orzikib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan utkaziladigan Navruz bayrami biz uchun xayot abadiyligi, tabiatning ustuvor kudrati va cheksiz saxovatining, kup ming yillik milliy kiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bulib kelmokda.
Muxtasar kilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bulgan Navruz falsafasi xalkimizga mansub odamiylik, mexr-okibat, muruvvat va ximmat kabi yuksak xususiyatlardan oziklanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida kanday buyuk umuminsoniy goyalardan baxramand bulib, ma’naviy kamol topganining yana bir tasdigidir, desak, xech kanday xato bulmaydi.
Kuxna tariximizni shu ma’noda kuz ungimizdan utkazib, taxlil kiladigan bulsak, muxim va ibratli bir fikrni takroran aytishga tugri keladi. Ya’ni ota-bobolarimiz ruxiy olamining tomir-ildizlari aynan yukorida zikr etilgan ma’naviy zaminda, tarixda xam, bugun xam barchaning xavasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan”
Navruz jismoniy va akliy mexnatdan ozodlik va turli majburiyatlardan erkinlik kuni xisoblangan. Odamlar kundalik ish, vazifa, burch, tashvishlaridan ozod bulganlar. Bayram kunlari barcha kiyinchiliklar, dardu- alamlar unutilgan, kishilar uzlarini shodu-xursand bulishga shaylaganlar. Bu kuni odobsizlik, ugrilik, zuravonlik, fisku-fasod kabi yomon odatlar unutilgan.
Navruz kuni tenglik xukm surgan. Xamma bir kozondan ovkat yeb, bir xil tomosha kurgan, bir xil saylgoxlarga chikib, sayr kilishgan.
Navruz kuni - tinchlik kuni xisoblangan, urushlar tuxtatilgan. Xalk odatlariga kura, bu kuni xafagarchiliklar unutilgan, uzaro arazlashganlar yarashgan, tanishlar dustlashgan, xamjixatlik va dustlik ruxi barkaror bulgan.
Navruz kunlarida vujudga kelgan ruxiy kutarinkilik kishilarni ertangi kunga yaxshi umidlar boG’lashga, porlok kelajakka ishonch bilan karashga, xayotni yanada guzal kilishga undagan. Bu bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashgan, yutuklari bilan kutlashgan, ishlariga muvaffakiyatlar, omad va baxt tilashgan.
Tarixiy manbalarga kura, Navruzni bayram kilish axamoniylar davridan boshlangan xamda Urta Osiyo va kushni SHark xalklarida eng katta bayramlardan biri xisoblangan. Bu ulkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navruz bayrami man kilinishiga kup marta xarakat kilingan, ammo xalk uz sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. Urta Osiyo va Eron xalklari arab xalifaligi xukmronligidan kutulgan davrdan boshlab, Navruz bayramini utkazish yana rasmiy tus olgan. Navruz bayrami xakidagi ma’lumotlar Abu Rayxon Beruniyning "Kddimgi xalklardan kolgan yodgorliklar", Umar Xdyyomning "Navruznoma", Maxmud Kopxariyning "Devonu luG’Otit-turk" asarlarida xam keltirilgan. Yurtdoshimiz, tarixchi olim Abu Bakr Narshaxiy uzining "Buxoro tarixi" asarida Navruz kuni Siyovush kabri boshida odamlar xuroz suyishlarini va bunga uch ming yildan ortikrok vakt utganini xamda Tavois, Karmana, Nur manzilgoxlarida xar yili baxoru kuzda 15-20 kun davom etadigan savdo yarmarkalari uyushtirilib, unda dunyo savdogarlari ishtirok etganliklari xakida yozadi. Demak, baxorgi tantanalar Navruz kunlari xam davom etgan, Buyuk Ipak yuli orkali unda turli davlatlardan tashrif buyurgan savdogarlar ishtirok etganlar. SHuningdek, manbalarda kursatilishicha, Raboti Malik manzilgoxida XI-XVII-asrlar davomida dunyo savdogarlarining yarmarkalari muntazam tashkil kilinib, Navruz ayyomi bilan uYG’unlikda utkazilgan. Turli tillarda gapiruvchi xalklarning vakillari Navruz ayyomidan zavklanganlar.
Navruz yangi yil bayramigina bulib kolmay, mexnat bayrami xam xisoblangan. Keltirilgan ma’lumotlardan kurinib turibdiki, Navruzni nishonlash islom dini kabul kilinmasdan necha ming yillar ilgari rasm bulgan. Lekin mustabid tuzum davrida asossiz ravishda Navruz diniy bayram va marosimlar katorida man kilindi. Uzbekiston va Urta Osiyodagi boshka mamlakatlar mustakillikka erishgach, ulmas kadriyatlar katorida Navruz bayrami yana tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi va jasorati tufayli bu bayram 1990 yildan boshlab, dam olish kuni deb e’lon kilindi. X,ozir Uzbekistonda Navruz — umumxalk bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmokda. X,ar yili 21 mart kuni respublikamizning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda sayillar tashkil kilinadi. Korxona- tashkilotlarda, maxallalarda Navruzga baG’ishlangan tadbirlar utkaziladi, sumalak, xalim, palov va boshka tansik taomlar pishiriladi. Navruz kunlari xokimliklar, maxallalar faollari, xayr-exson tashkilotlari Mexribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, urush va mexnat faxriylari xamda yolG’iz keksalarga sovG’a-salomlar ulashadi.
SHuningdek, istiklol yillarida xalkimizning Navruz bayrami bilan boG’lik barcha kadimiy kadriyatlari kayta tiklandi. Baxoriy tantanalarga kurk buladigan milliy uyinlar — kupkari, kurash, arG’imchok uchish, varrak uchirish, kuchkor urishtirish an’analari bilan birga, folьklor-etnografik jamoalarining chikishlari, lapar, ulan, alla kushiklari, kuli gul xunarmandlar tomonidan yaratilgan xilma-xil amaliy san’at namunalari kurgazmalari, dorboz, askiyachi va kizikchilarning tomoshalari, maxalla-kuy obodonchiligi, oilalar farovonligi va mexr-okibatlilik bilan boG’lik an’analarning yangicha talkinlari Navruz bayramiga uzgacha mazmun-moxiyat baG’ishlab kelmokda.



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin