9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

– killerlar
yoki qotillar (inglizcha tu kill - o’ldirmoq) nishon xujayralarni, jumladan yuqumli 
kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar, o’sma hujayralar va boshqalarni 
o’ldiradi. T
– xelperlar
yoki immunitet qilishda yordamchilar. Ular T – T
– 
xelperlar
, hujayra immunitetini kuchaytiruvchi va T – B
– xelperlar
gumoral 
immunitetni kuchaytiruvchilardan iborat. T
 – amplifayerlar
T – va V –, ayniksa T 
– limfotsitlar funktsiyasini kuchaytiradi. 
T – supressorlar
– immun javobni 
susaytiruvchi limfotsitlar. Ular T – T
– supressorlar
hujayra immunitetini 
pasaytiruvchi va T – B
– supressorlar
– gumoral immunitetni pasaytiruvchilarga 
bo’linadi. T
shakllantiruvchi
(differentsiyalovchi) yoki Td – limfotsitlar qon 
ishlab chiqaruvchi a’zolarining uzak hujayralari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, yani 
suyak ko’migida eritrotsitar, leykotsitar va trombotsitar hujayralarning hosil 
bo’lish nisbatiga ta’sir qiladi. T
– kontrsupressorlar
T – supressorlar faoliyatini 
susaytirish orqali immun javobni kuchaytiradi. T
– xotira xujayralari
avval tasir 
qilgan antigenlar haqida axborotni xotirasida saqlash orqali immun javobni 
tezlashtiradi. 
Limfotsitlarning boshqa turi B
 – limfotsitlar 
(bursa – so’zidan olingan) odam 
va sutemizuvchilarda suyak ko’migida yoki ingichka ichakda joylashgan limfoid – 
epitelial tizimda shakllanadi. B – limfotsitlar antigenlar va tsitokinlar ta’sirida 
antitelo ajratib chikaruvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. B
– limfotsitlarning
quyidagi turlari mavjud: B – qotillar, B – xelperlar va B – supressorlar. 
B
– killerlar
ham T – killerlar kabi vazifalarni bajaradi. B
– xelperlar
antigenlarni tanishtiradi, Td – limfotsitlar va T – supressorlar faoliyatini 
kuchaytiradi, xujayra va gumoral immunitetlarda ishtrok etadi. B – 
supressorlar


antitelo ishlab chiqaruvchi hujayralar – B– limfotsitlar proliferatsiyasini 
tormozlaydi. 
T va B limfotsitlardan tashqari O – limfotsitlar ham mavjud. Ayrim 
tadqiqotchilar O – limfotsitlarni natural (tabiiy) killer hujayralar yoki HK – 
limfotsitlar deb atadilar. HK – limfotsitlar yot hujayralarni «teshib yuboruvchi» 
perforin deb nomlanuvchi oksil ishlab chiqaradi. Sitotoksik limfotsitlar 
(STL)proteolitik fermentlar (tsitolizinlar) ishlab chiqaradi va bular yot xujayralarga 
hosil bo’lgan teshiklar orqali kirib, ularni halok qiladi. 
Leykopoez.
Barcha leykotsitlar qizil ko’mikda uzaq hujayralardan hosil 
bo’ladi. Limfotsitlar o’tmishdoshlari o’zak hujayradan birinchi bo’linib chiqadi; 
limfotsitlarning shakllanishi ikkilamchi limfatik azolarda sodir bo’ladi. 
Granulotsitlar va monotsitlar hujayralarning o’tmishdoshlariga tasir qiluvchi 
maxsus o’sish omillari orqali leykopoez kuchaytiriladi. Granulotsitlarning hosil 
bo’lishi monotsitlarda, makrofaglarda va T–limfotsitlarda sintezlanuvchi 
granulotsitar koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - G) ta’sirida kuchayadi, 
ammo etilgan neytrofillarda sintezlanuvchi – keylon va laktoferrinlar hamda 
prostoglandin–E 
lar 
tasirida 
susayadi. 
Monotsitopoez 
esa 
monotsitar 
koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - M), katexolaminlar tasirida kuchayadi. 
Prostoglandin -E, α- va β – interferonlar monotsit hosil bo’lishini tormozlaydi. 
Gidrokortizonning katta mikdori monotsitlarning suyak ko’migidan chiqishiga 
qarshilik qiladi. Leykopoezni boshqarishda interleykinning ahamiyati katta. 
Ularning ayrimlari (IL-Z) bazafillarni, boshqalari (IL-5) eozinofillarni o’sish, 
rivojlanishini kuchaytirsa, yana boshqalari esa (IL-2,4,6,7) T va V – limfotsitlar 
shakllanishini kuchaytiradi. Leykotsitlar va to’qimalarning parchalanishidan hosil 
bo’lgan moddalar, mikroorganizmlar va ularning toksinlari, gipofizning ayrim 
garmonlari, nuklein kislotalar leykopoezni kuchaytiradi. 
Har xil leykotsitlarning yashash davomiyligi turlicha, ayrimlarining umri bir 
necha soat, kun, hafta davom etsa, boshqalari odamda bir umr davomida yashashi 
mumkin. 
Leykotsitlar hazm traktining shilliq qavatida va retikulyar tuqimalarda 
parchalanadi. 
Trombotsitlar.
Trombotsitlar yoki qon plastinkalari, suyak ko’migining 
gigant hujayralari-megakariotsitlardan hosil bo’ladi. Trombotsitlar yumaloq yoki 
biroz oval yassi shaklga ega, ularning diametri 2-5 mkm ga teng. Trombotsitlar 
yadrosiz, lekin ularda (200ga yakin) granulalar mavjud. Qon tomir endoteliysidan 
boshqa yuzaga tekkanda trombotsitlar faollashadi, trombotsit diametridan 5-10 
marta katta 10 ga yaqin o’simta0 hosil bo’ladi. Bu o’simtalar qon oqishini 
to’xtatishda katta ahamiyatga ega. Odamlar qonidagi trombotsitlar miqdori 180-
320x10
9
/l yoki 1 mkl qonda 180000 – 320000 ni tashkil qiladi. Trombotsitlar 
qondagi miqdorining ortishi 
trombotsitoz
, kamayishi esa 
trombotsitopeniya
deb 
ataladi. 
Trombotsitlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: angiotrofika – qon tomirlar 
epitelisini oziqlantirish; trombotsitar tromb hosil kilish; qon ivishi va fibrinolizda 
ishtirok etish; jarohatlangan qon tomirlarini toraytirish.


Trombotsitlarning asosiy funktsiyasi 
gemostazda
ishtirok etishidir. 
Trombotsitlar har xil yot yuzaga (
adgeziya
) xamda bir-biri bilan yopishish 
(
agregatsiya
) xossalariga ega. Trombotsitlar bir qator biologik aktiv moddalarni 
ishlab chiqaradi, bularga trombotsitar omil deb ataluvchi, qon ivishida 
qatnashuvchi moddalar kiradi. Trombotsitar faktorlar R (lotincha platelet - 
plastinka) harfi va arab raqamlari (P
1
, P
2
va b.) bilan belgilanadi. Bulardan 
ahamiyatlilari P

yoki 
tromboplastin
, xujayra membranasining bir parchasi; P

yoki 
antigeparin omili;
P

yoki 
trombotsitar fibrinogeni; 
P
6
yoki (aktomiozinga 
o’xshash) 
trombastenin oqsili
; P
10
yoki q
on – tomirni toraytiruvchi omil-serotonin

P
11
yoki 
tromboksan
hujayra 
membranasida 
(jumladan, 
trombotsitlar 
membranasida ham) tromboksansintetaza fermenti ta’sirida araxidin kislotasidan 
sintezlanadi va ATF bilan kompleks hosil qilib qon ivishida ishtirok etadi. 
Trombotsitlar yuzasida retseptor vazifasini o’tovchi glikoprotein tuzilmalar 
mavjud. Ularning bir qismi «berk holat»da bo’ladi va trombotsitlar ADF, 
adrenalin, kollagen, mikrofibrillari ta’sirida aktivlashganda ochiladi. 
Trombotsitlar organizmni yot agentlardan himoya qilishda ham ishtirok 
etadi. Ular fagotsitar aktivlikka ega, JgG saqlaydi, ayrim bakteriylar membranasini 
parchalovchi lizotsim va β- lizinlar manbaidir. Bundan tashqari, trombotsitlarda O 
– limfotsitlarni T va V – limfotsitlarga aylantiruvchi peptid omil topilgan. Bu 
birikmalar trombotsitlar aktivlashgan paytda qonga chiqarib yuboriladi va qon-
tomirlar jarohatlanganda organizmni patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi. 
Qisqa va davomli ta’sir qiluvchi 
trompotsitipoetinlar
trombotsitopoezni 
boshqarib turadilar. Ular suyak kumigida, taloqda, jigarda hosil bo’ladilar. Qisqa 
ta’sir qiluvchi 
trombotsitopoetinlar 
qon plastinkalarining megakardiotsitlardan 
ajralib chiqishini va qonga tushishini tezlashtiradi; 
davomli tasir kiluvchi 
trombotsitopoetinlar 
suyak ko’migi gigant hujayralarining etuk megakariotsitlarga 
o’tishini ta’minlaydi. Trombotsitopoetinlar aktivligiga IL – 6 va IL – 11 bevosita 
ta’sir kiladi. Trombotsitlarning yashash davomiyligi 5-11 kundir. Makrofag tizimi 
hujayralarida qon plastinkalari parchalanadi. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin