9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
9-мавзу маъруза (1)

Immunitet. 
Org’anizm fagotsitoz yo’li bilangina emas, balkn gumoral faktorlar yordami 
bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan 
mahsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo’li bilan 
infektsiyalardan sahlanadi. Masalan, mikroblar qo’zgaydigan ba’zi kasalliklarda 
(yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari — 
toksinlarni, 
ehtpmol, 
ximiyaviy biriktirish yo’li bilan z.ararsizlantiruvchi moddalar 
(antitoksinlar) 
ishlab 
chiqaradi va to’playdi. Hayvonlar qoniga toksinlar qaytaqayta yuborilgandan so’ng 
unda tegishli antitoksinlar to’planadi. Bunday hanvonlarning qon zardobi 
kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi. 
Aksari yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, chin chechak, tepkili terlama 
va hokazo) da organizm mikroblarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan 
moddalarni hosil qiladi, bu moddalar antitelolar yoki 
immun jismlar 
deb ataladi. 
Shunga ko’ra odam ba’zi kasalliklar bilan kamdankam takror og’riydi. Kasallik 
bilan og’rib o’tgan odamning qon zardobi shu kasallik mikroblarining o’sishini va 
rivojlanishini to’xtatadi. Infektsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalarning 
qon, to’qimalarda mavjudligi va organizm hujayralarining kasallik mikroblariga 
reaktsiya ko’rsatish qobiliyatining o’zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan 
og’rimaslik (kasallikka chaliimaslik) holati 
immunitet 
deb ataladi. Antitelolarni 
leykotsitlar va retikuloendoteliy sistemasining hujayralari ishlab chiqaradi. 


Immun jismlar mikroblardan boshqa omillar tasirida ham ishlanadi. 
Organizmga har qanday yot oqsil parsnteral yo’l bilan (hazm yo’lidan tashqari) 
kiritilganda ham qonda antitslolar paydo bo’ladi. Hayvon qaysi yot oqsilga 
immunlangan bo’lsa, shu hayvon zardobi o’sha yot oqsilga tasir etganda oqsil ivib, 
cho’kib tushadi. Bu hodisa 
pretsipitatsiya, 
uni vujudga keltiruvchi
g
moddalar esa 
pretsipitinlar 
deb ataladi. Immun jismlarga gemolizinlar, agglyutininlar va shu 
kabilar kiradi. 
Immun jism organizmning tug’ilish vaqtidan mavjud bo’lsa, 
tug’ma, 
yoki 
irsiy immunitet 
deb aytishadi. Immun jismlarning individual hayot davrida 
to’planishi 
orttirilgai 
(yoki kasb etilgan) 
immunitet 
deb ataladi. Odamning va 
hayvonlardan ayrim turlarining bazi kasalliklar bilan og’rimasligi tug’ma 
immunitet bilan tushuntiriladi. Masalan, odam qoramol chumasi degan kasallik 
bilan ogrimaydi. 
Tashqi ta’sirotlar tug’ma immunitetga putur etkazishi mumkin. Odatdagi 
sharoitda kuydirgi bilan og’rimaydigan tovuqlar sovutib qo’yilsa, kasallana 
boshlaydi. Shuningdek ionlovchi radiatsnya (nurlanish) ham organizmning 
infektsiyaga qarshi chidamini kamaytiradi. 
Tug’ma immunitet leykotsitlarning fagotsitoz qila olishiga anchagina 
bog’liq. Quyonga kuydirgi sporalari yuborilgach ularni leykotsitlar yutib, hazm 
qilib yuboradi. Quyonning qoi zardobida esa kuydirgi bakteriyalarining sporalari 
yaxshi rivojlanadi. 
Anafilaksiya.
Oqsil tabiatli yot moddalar organizmga takror kirganda 
anafilaksiya 
deb ataladigan maxsus. holat kuzatiladi. 
Masalan, dengiz cho’chqasining terisi ostiga, qoniga yoki qorin pardasi 
bo’shlig’iga ozgina (0,02 ml) yot zardob yuborilsa, hech qanday zararli oqibat 
kuzatilmaydi. Lekin shu zardob 15—20 kundan so’ng takror yuborilsa, kuchli 
reaktsiya va ogir holat —
ana filaktik shok 
ro’y beradi: tutqanoq tutadi, nafas olish 
va yurak urishi buziladi, zardob yuborilgach bir iecha minutdan keyin hayvon o’lib 
qoladi. Sababi shuki, yot oqsil birinchi marta yuborilganda hayvonning mazkur 
oqsilga sezuvchanligi oshadi 
(sensibilizatsiyalovchi inektsiya). 
Usha oqsil modda 
shunday sensibilizatsiyalangai hayvonga takror yuborilganda juda kuchli zahardek 
ta’sir qiladi 
(ajrim qiluvchi inektsiya).
Hayvon 
ajrim 
qiluvchi 
in’ektsiyadan 
keyin 
omon 
qolsa 
desensibilizatsiyalanib, ya’ni sensibilizatsiyalovchi inektsiya ta’sirida oshgan 
sezuvchanlik holatidan qutilib qoladi. Bu holatlarning kelib chiqish mexanizmlari 
murakkab bo’lnb, mukammal o’rganilgani yo’q. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin