faktor va prekallikreinni aktivlashtiradi.
XIII
yoki
fibrinstabillovchi
faktor (FSF), fibrinaza
Globulin.
Fibrinoblast
va
megakariotsitlarda
sintezlanadi. Fibrinni stabil holga keltiradi.
Flatcher faktori yoki
prekallikrein
Oqsil. XII faktorni, flazminogen va yuqori molekulali
kininogennni aktivlashtiradi.
Fittsjerald
faktori
yuqori
molekulali
kininogen (YuMK)
To’qimalarda hosil bo’ladi. Kallikrein ta’sirida
aktivlashadi, XII, XI faktorlarni va fibrinolizni
aktivlaydi.
Plazma faktorlarining aktivlashuvi asosan proteoliz natijasida, peptid
ingibitori ajralib ketishi hisobiga amalga oshadi. Faktorning aktivlashganligi uning
raqamiga «a» quyish orqali belgilanadi (IIa, Va, VIIa faktor va x.k.). Plazma
faktorlari 2 guruhga bo’qlinadi: K vitaminga bog’liq va Kvitamin ga bog’liq
bo’lmagan.
Qon ivishi plazma faktorlarining ko’plari jigarda hosil bo’ladi.
Ayrimlarining sintezlanishi uchun organizmga o’simlik oziqlari tarkibida
tushadigan modda va ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadigan K vitamin
zarur. (II, VII, IX, X)
Qon ivish faktorlarining etishmovchiligi yoki aktivligining pasayishi
patalogik qon ketish holatlarini keltirib chikarishi mumkin. Bunday holatlar
jigarning chuqur degenerativ kasalliklarida, K vitamini etishmasligida namoyon
bo’ladi. K vitamin yog’da eruvchi vitamindir. Shuning uchun ham ichakda yog’
so’rilishi buzilganda, organizmda K vitamini etishmovchiligi kelib chiqishi
mumkin. Antibiotiklar bilan ichak mikrofloralari o’ldirilganda esa vitamin K ning
endogen etishmovchiligi paydo bo’ladi. Ayrim plazma faktorlarining irsiy
etishmovchiligi kuzatiladi. Bunga gemofiliya kasalligi misol bo’lishi mumkin.
Trombotsitlar tarkibidagi qon ivishida ishtirok etuvchi moddalar
trombotsitar yoki qon plastinkasi faktorlari deb ataladi.
Xuddi shunday moddalar eritrotsitlar, leykotsitlar tarkibida ham mavjudligi
aniqlangan. Mos kelmagan qon quyilganda, ona va bola o’rtasida rezus
kelishmovchilik bo’lganda ko’p eritrotsitlar parchalanadi va qon ivishi faktorlari
plazmaga chiqarib yuboriladi, natijada tomirlarda qon ivib qolishi mumkin.
Antigenlar
bilan
stimulyatsiyalanganda
monotsit
va
makrofaglar
tromboplastin oksilining bir qismi-apoprotein III ni ishlab chikaradi. Shu
hujayralar K vitaminga bog’lik bo’lgan II, VII, IX, va X faktorlarni ham ishlab
chikaradi. Ko’pgina yukumli kasalliklarda ham tomirlarda qon ivib qolish hollari
kuzatiladi, bunga sabab leykotsitar faktorlarni qonga chiqib ketishidir. Hozirgi
paytda qon ketishini to’xtatishda ikkita mexanzim ishtirok etadi. Qon tomir
trombotsitar gemostaz va kaogulyatsion gemostaz.
Dostları ilə paylaş: