IV-guruh
(AV)-eritrotsitlarda
AV
aglyutinogenlar
bor,
plazmada
aglyutininlar yo’q.
Agar odam qonida bir nomli aglyutinogen va aglyutininlar: aglyutinogen A
aglyutinin α bilan va aglyutinogen V aglyutinin β bilan uchrashsa, aglyutinatsiya
hodisasi sodir bo’ladi, bunda eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi. Aglyutininlar
tabiiy antitelalar bo’lib, ikkita bog’lanish markaziga ega va ikkita eritrotsitlarning
urtasida boglovchi kuprik vazifasini o’tashi mumkin. Natijada eritrotsitlar bir-biri
bilan birikib konglomerat (aglyutinat) ni hosil qiladi.
Plazmada aglyutininlardan tashqari gemolizinlar ham mavjud, ular ham α va
β harflari bilan belgilanadi. Gemolizinlar bir
nomli aglyutinogenlar bilan
uchrashganda eritrotsitlarni gemolizga uchratadi. Gemolizinlar harorat 37
0
-40
0
bo’lganida ta’sir qiladi.
Mos kelmagan qon quyilganda eritrotsitlar aglyutinatsiyasi, so’ngra ularning
gemolizi sodir bo’lishi natijasida gemotransfuzion karaxt holati kelib chiqishi va
hattoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qon guruhlarining serologik tarkibi.
qon guruhi eritrotsitlar
plazma, yoki zardob
aglyutinogenlar aglyutininlar va gemolizinlar antiaglyutininlar
I (0)
II (A)
III (B)
IV (AB)
0
A
B
AB
α β
β
α
0
A
B
AB
II, III, IV qon guruhiga ega odam plazmasida eritrotsit va to’qimalardan
ajralib chiqqan antiaglyutininlar mavjud, ular aglyutinogenlar kabi A va V harflari
bilan belgilanadi.
Har xil qon guruhlarining mos kelishi.
zardob guruhi Eritrotsit guruhi
I(0)
II (A)
III (B)
IV (AB)
Iα β
IIβ
IIIα
IV-
-
-
-
-
+
-
+
-
+
+
-
-
+
+
+
-
ilova: «+»-aglyutinatsiyaning borligi.
«-»-aglyutinatsiya yo’qligi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, I-guruh zardobi II, III,
IV guruh eritrotsitlari
bilan, II guruh zardobi III, IV guruh eritrotsitlari bilan, III gurux zardobi – II, IV
guruh eritrotsitlari bilan aralashganda aglyutinatsiya sodir bo’lar ekan.
Demak I-guruh barcha guruhdagi qonlar bilan mos kelar ekan, shuning
uchun qoni I guruh bo’lgan odam
universal donor
deb ataladi. IV guruh qoni
eritrotsitlari esa kuyilgan kon aglyutininlari bilan aglyutinatsiyaga uchramaydi,
shuning uchun bunday qon guruxiga ega bo’lgan odam
universal retsipient
deb
ataladi.
Qon quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutininlar va gemolizinlarni
hisobga olmaslik sababi nimada? Bunga sabab oz miqdorda (200-300 ml) qon
quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutinin va gemolizlar
retsipient qonida
(2500-2800 ml) suyulib ketadi va plazmadagi antiaglyutininlar bilan birikadi,
eritrotsitlarni yopishtirib qo’yish uchun esa uning miqdori kamlik qiladi.
Inson ko’p qon yo’qotganda, unga faqat bir xil guruxdagi kon kuyilishi
zarur, chunki donor qonidagi aglyutinin va gemolizinlar miqdori ko’p bo’lganda
retsipient eritrotsitlarini aglyutinatsiya qilish uchun etarli bo’lib qolishi mumkin.
Ayrim paytda qon quyilishidan so’ngi asoratlar kelib chiqishiga qon
guruhining noto’g’ri aniqlanganlgiga sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda A va
B aglyutinogenlarning bir necha turlari bor ekanligi aniqlangan. (A
1
, A
2
, A
3
va h.k.,
B
1
, B
2
, B
3
va h.k.) Aglyutinogenning tartib raqami qancha ko’p bo’lsa uning
antigenlik xossasi shuncha kam bo’ladi. Natijada qon guruxi aniqlanayotgan
paytda xatolikka yo’l qo’yib mos kelmaydigan qonni quyib qo’yish mumkin. I-
guruh qoni eritrotsitlar membranasida N antigen borligi aniklangan. II, III, IV
guruhli odam qonida ham bu antigen yashirin determinat sifatida uchraydi. II va IV
guruhiga ega bo’lgan odamlar qonida anti-N-antitela mavjud. Shuning uchun I-
guruh qonini boshqa guruhdagi odamlarga quyilganda
gemotransfuzion asoratlar
kelib chiqishi tabiiy. Shuning uchun ham hozirgi paytda faqat bir xil guruhdagi
qonlarni quyish tavsiya etiladi.
Rezus sistema.
1940 yili K.Landshteyner va A.Vinerlar tomonidan makaki-
rezus maymuni qonida antigen aniqlangan, uni
rezus faktor
deb atashdi. Bu antigen
oq irqli odamlarning 85% qonida uchraydi. Ayrim xalklarda, masalan: evenlar
qonida 100% rezus-faktor uchraydi. Qonida rezus-faktor mavjud odamlar rezus-
musbat, bu faktor yo’q odamlar rezus-manfiy deb nomlangan. Rezus-faktor 40 dan
ortik antigenlardan tuzilgan murakkab tizimdir. Antigenlik xossasi eng yuqori
bo’lgan D-tip (85%) antigen uchraydi.
Bundan tashqari, rezus antigenning
quyidagi tiplari: S, E, D, S, E mavjud, ularning antigenlik xossasi past.
Avstraliyalik aborigenlar qonida rezus antigenning hech bir turi uchramaydi. Rezus
tizimning AVO tizimidan farqi plazmada tug’ma antirezus aglyutininning
bo’lmasligidir. Agar rezus musbat donor koni rezus manfiy retsipientga quyilsa,
retsipient qonida rezus faktorga qarshi-antirezus aglyutinin hosil bo’ladi. Rezus
musbat qon rezus-manfiy odamga ikkinchi marotaba quyilsa eritrotsitlar
aglyutinatsiyaga
uchraydi, ya’ni rezus–kelishmovchiligi kelib chiqadi. Shuning
uchun xam rezus manfiy qon rezus–manfiy odamga va rezus-musbat qon rezus
musbat odamga quyilishi zarur. Rezus kelishmovchilik homiladorlikda ham kelib
chiqishi mumkin. Agar ayol rezus manfiy qonga ega bo’lsa, homila qoni rezus-
musbat bo’lsa, homila qonidan rezus aglyutinogenlar ona qoniga o’tib unda
antirezus aglyutinin ishlab chiqishini chapaydo kiladi. Homiladan eritrotsitlarning
ko’p miqdorda ona qoniga tushishi tug’ruq paytida sodir bo’ladi. Shuning uchun
xam birinchi homiladorlik yaxshi tugalannishi mumkin.
Keyingi homiladorlikda
esa ona qonidagi antirezus aglyutinin yo’ldosh to’sig’idan o’tib bola qoniga
tushishi, uning to’qima va eritrotsitlarini emirishi mumkin. natijada homila halok
bo’lishi yoki chaqaloq og’ir gemolitik anemiya bilan tug’ilishi mumkin.
Gematologlar eritrotsitlarda quyidagi antigen sistemalar mavjudligini e’tirof
qiladilar: AVO, Rh, MNSs, P, Lyuteran (LU), Kell-Kellano (Kk), Lyuis (Le), Daffi
(Fy), va Kid (Jk). Bulardan ABO va Rh tizimlar qon quyishda katta ahamiyatga
ega.
Leykotsitlarda ham 90 dan ortiq antigenlar bor. Leykotsitlar transplanitsion
immunitetda katta axamiyatga ega bo’lgan gistologik mos kelish antigenini
saqlaydi.
Qon quyish immunologik murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun
ham 25% dan ko’p qon yo’qotgandagina butun qonni quyish tavsiya qilinadi.
Boshqa hollarda esa zaruratga qarab masalan: anemiyada–eritrotsitar massa,
trombotsitopeniyada-trombotsitar massa,
har xil yukumli kasalliklarda, septik
holatda-granulotsitlar quyilishi maksadga muvofik.
Dostları ilə paylaş: