Qon ivishining mexanizmlari. Gemostaz tizimi. Qon tomirlarda qon suyuq holatda xarakatda bo’ladi. Qon
tomirlar jarohatlanganda uning bir butunligi buziladi, natijada qon iviydi. Bu
holatni organizmning
qonning agregat holatini boshqaruvchi tizimi ta’minlaydi.
Qonning agregat holatini boshqarish jarayoni qon ivishini ta’minlovchi va ivishga
qarshi omillar, fibrinolitik tizimlar kabi murakkab mexanizmlardan iboratdir.
Mazkur tizimning birorta funktsional holati o’zgarsa, boshqa tizimlarda
kompensator siljishi kuzatiladi. Shu tizimlar o’rtasidagi o’zaro funktsional
bog’liqlikning buzilishi qon ketishining og’ir ketuvchi turli shakllari, to’xtamasligi
yoki qon tomirlarda tromb hosil bo’lib qolishi kabi patologik xolatlarga olib kelishi
mumkin.
Tomirlarda qonni suyuq holatda ushlab turuvchi omillarga quyidagilar
kiradi:
1) qon tomirlari ichki yuzasi va shaklli elementlarining manfiy zaryadga
egaligi;
2) trombotsitlar agregatsiyasi ingibitori prostatsiklin PGI – 2 ning qon tomir
endoteliysida ishlab chiqarilishi;
3) qon tomirlarda qon ivish tizimi omillarining noaktiv holda bo’lishi;
4) antikoagulyantlarning bo’lishi;
5) qon oqish tezligi yuqoriligi.
Qon ivish mexanizmlari. Qon ivishi (gemokoagulyatsiya) tomirlarda qonni
saqlashga, jarohatdan so’ng qon yo’kotish natijasida halok bo’lishdan himoya
qilishga yo’naltirilgan organizmning xayotiy zaruriy javobidir.
Qon oqishini to’xtatish jarayonida quyidagi tuzilmalar ishtirok etadi: qon
tomirlar, to’kimalar, plazmadagi fiziologik aktiv moddalar, qonning shaklli
elementlari-asosan trombotsitlar. Bularning barchasi neyrogoumoral mexanizmlar
yordamida boshqarib turiladi.
Qon plazmasida qon ivishida ishtirok etadigan fiziologik aktiv moddalar
plazmaning qon ivish faktorlari deb ataladi. Ular ochilgan vaqtiga qarab rim
raqamlari bilan belgilanadi. Ayrimlari birinchi marotaba qaysi kasalning qonida
etishmovchiligi aniqlangan bo’lsa, usha kasalning familiyasi bilan nomlangan.
Plazmaning qon ivish faktorlariga quyidagilar kiradi: