9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
9-мавзу маъруза (1)

Ikkinchi davr.
Bu davrda protrombinaza tasirida protrombin trombinga 
aylanadi. Bu jarayonda IV, V, X faktorlar katnashadi. 
Uchinchi davr
. Bu davrda konda eriydigan fibrinogen oqsili trombin asosini 
tashkil qiluvchi erimaydigan fibrin ipchasiga aylanadi. Trombin tasirida dastlab 
fibrin-monomer, so’ngra IV faktor tasirida eruvchan fibrin – polimer (fibrin «S» 
solible) hosil bo’ladi. XIII fibrin stabillovchi faktor tasirida erimaydigan fibrinolizga 
chidamli fibrin – polimer (fibrin «I», insoluble) paydo bo’ladi. Fibrin ipchalariga 
qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar) o’tirib qoladi kon laxtasi yoki tromb 
shakllanadi.
Qon laxtasi hosil bo’lgandan so’ng 
retraktsiya jarayoni, 
yani jarohatlangan 
qon-tomirga yopishgan trombning zichlashishi boshlanadi. Bu jarayon 
trombotsitning trombostenin oqsili va kaltsiy ionlari ishtirokida amalga oshadi. 
Laxta 2-3 soat ichida zichlashib, dastlabki holatga nisbatan 25-50 % xajmni egallab 
qoladi, undan zardob ajrab chiqadi. Retraktsiya natijasida tromb qotadi va jarohat 
yuzasidan qon oqishi to’xtaydi.
Fibrinoliz. 
Fibrin laxtasini parchalab yuborish hisobiga qon tomirlar bo’shlig’i 
ochilish jarayoni 
fibrinoliz
deyiladi. Fibrinoliz retraktsiya bilan bir vaqtda 
boshlanadi, lekin u sekinrok kechadi. Fibrinoliz
plazmin 
ta’sirida sodir bo’ladigan 
fermentativ jarayondir. Plazmin qonda noaktiv plazminogen holatida bo’ladi. Qon 
va to’qima aktivlovchilari tasirida u faollashadi. Fibrinoliz qon ivishi jarayoni 
kabi ikki xil tashqi va ichki mexanizmlar yordamida amalga oshadi. 
Fibrinolizning 
tashqi aktivlanish mexanizmi
qon tomir endoteliysida sintezlanadigan to’qima 
aktivlovchilari yordamida amalga oshiriladi. Ularga plazminogenning to’qima 
aktivlovchisi
(TAP) va urokinazalar kiradi. 
Fibrinolizni ichki aktivlovchi mexanizmlariga
plazma va shaklli elementlar aktivlovchilari kiradi, ular Xagemanga tobe va 
Xagemanga tobe bo’lmagan mexanizmlarga bo’linadi. Xagemanga tobe 
fibrinolizda XII a faktori, kallikrein va yuqori molekulali kinonogenlar ta’sirida 
plazminogen plazminga aylanadi. Xagemanga tobe bo’lmagan mexanizm bo’yicha 
fibrinoliz tez amalga oshadi, tomirlarda qon ivishi natijasida hosil bo’lgan hali 
qotmagan fibrin ipchalaridan tozalaydi. 
Qon ivishiga qarshi mexanizmlar. 
Qonda faqatgina qon ivishini chakiruvchi 
faktorlargina bo’lmasdan, yana gemokoagulyatsiyaga karshi 
antikoagulyant
deb 
ataluvchi moddalar ham mavjuddir. Bunday moddalarning ayrimlari qonda doimo 
bo’ladilar, ular birlamchi
 
antikoagulyantlar deb ataladi. Qon ivishi va fibrinoliz 
jarayonida hosil bo’luvchi moddalar ikkilamchi antikoagulyantlar deb nom olgan. 
Birlamchi antikoagulyantlarni
uchta asosiy guruxga bo’lish mumkin:


1. 
Antitromboplastinlar-trombolastin 
va 
protrombinazalarga 
qarshi 
moddalar;
2. Antitrombinlar-trombinni biriktirib oluvchi moddalar;
3. Fibrinogendan fibrin hosil bo’lishiga qarshi moddalar. 
Birlamchi antikoagulyantlarning kamayib ketishi tromboz hosil bo’lishi va 
DVS-sindrom kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Asosiy tabiiy antikoagulyantlar. Birlamchi 
Antitrombin III 
γ

globulin. Jigarda sintezlanadi. Trombin Xa, 
IXa, XIa, XIIa faktorlariga, kallikreinlarga 
kuchayib boruvchi va plazman, tripsinlarga 
kuchsiz 
ta’sir 
qiluvchi 
ingibitordir. 
Geparinning plazmadagi faktori. 
 
Geparin 
Sulьfatlangan polisaxarid. Antirombin III 
aktivligini keskin orttiradi. Trombogen oqsil 
va garmonlar bilan koagulyatsiyaga qarshi va 
fibrinolitik ta’sir kursatuvchi kompleks hosil 
qiladi.
α

–antiplazmin
 
Oqsil. 
Plazmin, 
tripsin, 
ximotripsin, 
kallikrein, Xa faktor, urokinazalar ingibitori.
α
2
-makroglobulin 
 
Trombin, kallikrein, plazmin va tripsinlarning 
kuchayib boruvchi ingibitori. 
α
2
-antitripsin 
Trombin, tripsin va plazminlar ingibitori. 
S
1
-esterazali ingibitor 
α
2
-neyroaminoglikoproteid. Kallikrein, XIIa, 
IXa, IXa, X Ia va plazminlarni aktivsizlaydi. 
Lipoprotein-koagulyatsion 
ingibitor birikmasi 
Tromboplastin- VII faktor kopmleksini, Xa 
faktorni aktivsizlaydi. 
Apolipopretein A- II 
Tromboplastin- 
VII 
faktor 
kompleksini 
aktivsizlaydi. 
Yo’ldosh 
protein 
antikoagulyanti 
Yo’ldoshda hosil bo’ladi. Trombplastin-VII 
faktor kompleksini aktivsizlaydi. 
S Protein
K Vitamin ga tobe oksil. Jigarda va 
endatemayda hosil bo’ladi. Serin proteazalar 
xossalariga ega. S Protein bilan birgalikda Va 
va VIIIa faktorlarni biriktirib oladi va 
fibrinolizni kuchaytiradi. 
Pretein S 

Vitamin 
ga 
tobe 
oksil 
endotelial 
hujayralardi hosil bo’ladi. S Proteinning 
tasirini kuchaytiradi.
Trombomodulin 
S Protein ning kofaktori. II a faktor bilan 
birikadi. Endotelial hujayralarda hosil bo’ladi.
Fibrin ingibitori 
Polipeptid, har xil to’qimalarda hosil bo’ladi. 
Fibrin-monomer va polimerlarga tasir qiladi. 
«Suzib yuruvchi» retseptorlar 
Glikopreteidlar. IIa va Xa faktorlarni biriktirib 
oladi, 
boshka 
serin 
preteazalarni 
ham 


biriktirib olishi mumkin.
Qon ivish aktiv faktorlariga 
autoantitela 
Plazmada uchraydi, IIa va Xa faktorlarni 
aktivsizlaydi.
(Qon ivishi, fibrinoliz davrida proteoliz jarayoni natijasida hosil bo’ladi). 
Ikkilamchi
Antitrombin I
Fibrin. Trombinni shimib oladi va 
aktivsizlaydi. 
Protrombin R,R,Q va boshqalarning 
emirilishi mahsullari 
Xa va Va faktorlarning ingibitori. 
Va metafaktori 
Xa faktorning ingibitori 
XI a metofaktori 
XIIa+ XIa faktorlari kompleksining 
ingibitori
Fibrinopeptidlar
Fibrinogen 
proteolizi 
mahsuli 
IIa 
faktorning ingibitori 
Fibrinogen va fibrin emirilishining 
mahsuli 
Fibrin polimerlanishini buzadi, fibrinogen 
va fibrin monomerlar bilan birikma hosil 
qiladi, XIa, IIa, fibrinoliz va trombotsitlar 
agregatsiyasini tormozlaydi. 
Ikkilamchi antikoagulyantlarga qon ivishida ishtirok etgan, «ishlatilgan» 
faktorlar, fibrinogen va fibrinlarning emirilish mahsullari kiradi. Ikkilamchi 
antikoagulyantlar tomirlarda qon ivishini va trombin tarkalib ketishini 
chegaralaydi. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin