9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

Qonning asosiy vazifalari.
1. Tashuvchilik vazifasi. Qon tomirlarda harakat qilib har xil moddalarni: 
kislorod, karbonat angidrit gazlari, ozuqa moddalar, gormonlar, fermentlar va 
boshqa moddalarni tashiydi. 
2. Nafas
vazifasi. o’pkadan to’qimalarga 0

ni va to’qimalardan o’pkaga S0
2
ni
olib keladi.
3. Oziqlantiruvchi (trofik). Qon hazm traktidan kerakli oziq moddalar 
(glyukoza, fruktoza, peptidlar, aminokislotalar, tuzlar, vitaminlar, suv, yog’ va 
uning birikmalari) qonga va limfaga so’riladi va ularni to’qimalarga etkazib beradi. 
4. Ekskretor vazifasi: Moddalar almashinuvida hosil bo’lgan keraksiz 
(chikindi) moddalar to’qimalardan chiqaruv a’zolariga tashib keltirilib beriladi va 
chiqaruv a’zolari ularni chiqarib yuboradi. Shuningdek, oshiqcha suvlar, mineral 
va organik moddalar, mochevina, siydik kislotasi, ammiyaklar xam chiqaruv 
a’zolariga tashib keltiriladi. 
5. Termoregulyator vazifasi: Qon issiqlik bilan qayta ta’minlaydi va tana 
haroratini bir xilda ushlab turishda katta rolь o’ynaydi. Issiqlik ko’p ishlab 
chiqaruvchi a’zolardan tananing boshqa a’zolariga issiqlikni tashiydi va ularni 
isitadi. 
6. Qon gomeostazdagi ayrim ko’rsatkichlarni doimo bir hilda ushlab 
turishda katta ahamiyat kasb etadi. 
7. Suv-tuz almashinuvida ishtirok etadi: qon va to’qima orasidagi suv va 
tuzni bir hilda ushlab turishda katta o’rin egallaydi. 
8. Himoya vazifasi: Leykotsitlarning immunitet hosil qilish va fagatsitozda 
ishtiroki orqali organizmni himoya qiladi. Bundan tashqari qonning suyuq holda 
ushlab turilishi va qon oqishini to’xtashida (gemeostaz) ni ishtiroki ham himoya 
funktsiyasiga kiradi.
9. Gumoral boshqaruv vazifasi: Birinchi navbatda garmonlar va biologik 
aktiv moddalarning qonda tashilishi. Boshqaruv vazifasi tufayli ichki muhit 
doimiyligi ta’minlab turiladi, modda almashinuvi intensivligi, gemopoez va boshka 
fiziologik faoliyatlar idora etilib turiladi. 
10. Kreator bog’lar hosil qilish: qon plazmasi va shaklli elementlari
informatsion bog’lar hosil qiluvchi makromolekulalarni tashiydi. Hujayra ichki 
oqsillari sintezini, to’qima tuzilmalari shakllanishini bir hilda ushlab turish va 
qayta tiklash vazifasini bajaradi. 
Qonning miqdori va tarkibi. Odam organizmi vaznining 6-8% ini qon tashkil
qiladi, yani o’rtacha uning miqdori 5-6 litrga teng. Organizmdagi qon miqdorini 
aniqlash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: qonga neytral bo’yoq, radioaktiv 
izatoplar yoki kalloid eritmalar yuboriladi va bu moddalar qonda tekis tarqalib 
bo’lgandan so’ng uning kontsentratsiyasi aniqlanadi. Moddalarning suyulish 
darajasiga qarab qonning miqdorini aniqlash mumkin. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin