uning yukumli kasalliklarga qarshi chidamliligini oshiradi.
So’ngi vaqtda qon
plazmasida axamiyati katta oqsillar kompleksi – properdin topildi.
α - globulinlar karbonsuv prostatik gruppa tutgan oqsil - glikoproteindir.
Plazmada aylanib yurgan glyukozaning 60% glikoproteinlar tarkibida bo’ladi. Bu
oksillar gormon, vitamin, mikroelement va lipidlarni tashiydi. Eritropoetin,
plazminogen va protrombinlar α globulin turkumiga kiradi.
β – globulinlar
fosfolipid, xolesterin, steroid garmoni va metall kationlarini
tashishda ishtirok etadi. Bu oqsil turkumiga temirni tashib yuruvchi transferrin,
shuningdek, qon ivishida qatnashuvchi plazma faktorlari kiradi.
γ – globulinlar (JgA, JgG, JgM, JgD va JgE) immunoglobulinlardan tashkil
topgan. Organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Qonning α va β
agglyutininlari γ - globulin turkumiga kiradi.
Globulinlar jig’arda, suyak kumigida, taloqda
va limfa tugunlarida hosil
bo’ladi.
Fibrinogen
– qon ivishida qatnashuvchi plazmaning I omili. Trombin
ta’sirida u erimaydigan fibringa aylanadi va qon laxtasini hosil qilishda ishtirok
etadi. Fibrinogen jig’arda sintezlanadi.
Oqsil va lipoproteinlar qonga tushgan dorivor moddalarni biriktirib olish
xossasiga ega. Biriktirib olingan dorivor moddalar faolligini yo’qotadi
va shu
moddaning qondagi deposini hosil qiladi. Qon tarkibida dorivor moddalar
kontsentratsiyasi ozayganda, u oqsildan ajraladi va faol holatga o’tadi. Organizmga
bir vaqtning o’zida bir necha farmakologik moddalar yuborayotganda yuqoridagi
holatni hisobga olish zarur. Organizmga yuborilgan keyingi preparat oldin
yuborilgan dorivor moddani birikkan holatdan siqib
chiqarishi va uning qondagi
faol holatini kuchaytirib yuborishi mumkin.
Plazmaning organik tarkibiga oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar
(aminokislotalar, polipeptidlar, mochevina, siydik kislotasi, kreatin, ammiak) xam
kiradilar. Oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar qoldiq azot deb ataladi va
uning umumiy miqdori 11-15 mmol/l (30-40mg%) ni tashkil qiladi.
Buyrak
faoliyati buzilganda bu moddalar miqdori qonda ortib ketadi.
Plazmaning tarkibida, shuningdek, azot saqlamovchi organik moddalar ham
mavjud: glyukoza 4,4-6,6 mmol/l (80-120 mg%), neytral yog’lar, lipidlar,
gidrolitik fermentlar, profermentlar, qon ivishi va fibrinolizda
ishtirok etuvchi
fermentlar.
Plazmaning anorganik tarkibi 0,9-1% ni tashkil qiladi. Bu moddalarga Na
+
,
Ca
2+
, K
+
, Mg
2+
kationlari va Cl
-
, HPO
2-
4
, HCO
3
-
anionlari kiradi. Bu ionlar
organizm barcha hujayralari, xususan, ko’zg’aluvchan
hujayralar faoliyatini
ta’minlaydi, osmotik bosimni yaratadi va rN ni boshqarib turadi.
Plazmada
doimo
barcha
vitaminlar,
mikroelementlar,
modda
almashinuvining oraliq moddalari (sut va pirovinograd kislotalari) mavjud.
Dostları ilə paylaş: