Eritrotsitlar o’lchami o’zgaruvchan bo’lib, uning diametri 7,5-8,3 mkm,
qalinligi - qabariq sohasida 2,1 mkm, botiq joyida esa 1,1-1,2 mkm, yuzasining
kattaligi – 145 mkm
2
, hajmi 86 mkm
3
ni tashkil qiladi.
Eritrotsitlarning miqdori erkaklarda 4,5-5·10
12
/
l
, yoki 1 mkl qonda 4,5-5
millionni tashkil qiladi. Ayollarda eritrotsitlar miqdori 4,5·10
12
/
l
dan ortmaydi.
Og’irligi 60 kg ga teng bo’lgan odam eritrotsitlarining umumiy miqdori 25
trillionga tengdir.
Eritrotsitlar miqdorining kamayishi
eritropeniya
,
ortishi esa
eritrotsitoz
deb
ataladi.
Gemoglobin
va
uning
birikmalari.
Tarkibida
xromotoproteid
–
gemoglobinni saqlash eritrotsitning asosiy vazifasidir. Odam gemoglobinining
molekulyar massasi 68800 ga teng. Gemoglobin oqsil (globin) va temir saqlovchi
(gem) qismlardan iborat. 1 molekula globinga 4 molekula gem to’g’ri keladi.
Sog’lom odam qonida gemoglobin miqdori – erkaklarda 130-160 g/l va
ayollarda 120-165 g/l ni tashkil qiladi.
Gemoglobinning asosiy vazifasi O
2
va CO
2
larni tashishdir. Bundan tashqari
gemoglobin bufer xossaga ega, shuningdek u ayrim zaharli
moddalarni biriktira
oladi.
Odam va hayvonlar gemoglobini tarkiban farq qiladi. Bu farq uning oqsil
qismi globinga bog’liq. Gem esa barcha hayvonlarda bir xil tuzilishga ega. Gem
markazida O
2
biriktira oladigan Fe
2+
ushlovchi porfirin molekulasidan iborat.
Odam gemoglobinining oqsil qismi har xil tuzilishga ega bo’lib, bir necha
fraktsiyalardan iborat. Katta yoshli odamlar gemoglobinining ko’p qismi (95-98%)
A (lotincha adultus-katta yoshli); 2-3%
gemoglobin A
2
; 1-2% fetal (lotincha fetus
– homila), yoki F gemoglobin fraktsiyalaridan iborat. A va A
2
gemoglobinlar
deyarli barcha eritrotsitlarda uchraydi,
F gemoglobin esa har doim
uchrayvermaydi.
F gemoglobin asosan homila qonida uchraydi. Bola tug’ilish davriga kelib
uning qondagi mikdori 70-90% ga etadi. F gemoglobin A gemoglobinga nisbatan
yuqoriroq O
2
bilan ximiyaviy yaqinlikka ega bo’lganligi tufayli homila to’qimasida
gipoksiya holati kelib chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: