Qondagi gemoglobin to’qimaga qancha ko’p
kislorodni bersa, venoz qon
shunchalik to’qroq rangga ega bo’ladi.
Qonning solishtirma og’irligi.
1.058 dan 1.062 gacha kattalikda bo’lib,
tarkibidagi eritrotsitlar miqdoriga bog’liq. Plazmaning solishtirma og’irligi
tarkibidagi oqsillar miqdoriga bog’liq bo’lib 1.025 – 1.034 ga teng.
Qonning yopishqoqligi.
Qonning yopishqoqligi suvga nisbatan aniqlanganda
4,5-5,0 ga teng.
Qonning yopishqoqligi, asosan, uning tarkibidagi eritrotsitlar va
qisman plazma oqsillari miqdoriga bog’liq. Venoz qonning
yopishqoqligi arterial
qonnikidan yuqorirok bo’ladi, bunga sabab venoz qonda eritrotsitlar SO
2
saqlashi
va diametri biroz katta bo’lishidadir. Depodan eritrotsitlarning chiqishi qon
yopishqoqligini orttiradi. Plazmaning yopishqoqligi 1.8 – 2.2 dan ortmaydi. Odam
oqsilni qo’p istemol qilganda plazmaning, binobarin qonning, yopishqoqligi ortishi
mumkin.
Qonning osmotik bosimi.
Osmotik bosim deb yarim o’tkazgich parda orqali
suyuk eritmadan qo’yuk eritmaga erituvchining (qon uchun suvni) o’tishini
ta'minlovchi ko’ch tushuniladi. Qonning osmotik bosimi krioskopik usulda –
muzlash nuqtasini (depressiyasini) aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Qonning
depressiyasi 0.56-0.58
0
S ga teng. Molyar (eritmada, 1 l suvda 1gramm molekulyar
modda erigan) eritmaning depressiyasi 1.86
0
S ga teng. Klapeyron tenglamasi
yordamida odam qoni osmotik bosimi 7.6 atm.ga teng ekanligini aniqlash mumkin.
Qonning osmotik bosimi unda erigan mayda
molekulali moddalarning
miqdoriga bog’liq. Qon osmotik bosimining 60% qismi NaSl hisobiga hosil
bo’ladi. Qon, limfa, to’qima suyuqligi va to’qimalarda
osmotik bosim deyarli bir
xil bo’ladi va o’zgarmaydi. Qonga ko’p miqdorda tuz va suv tushganda ham
osmotik bosimning kattaligi kam o’zgaradi. Qonga
tushgan ortikcha suv buyrak
orqali tezda chiqarib yuboriladi, bir qismi to’qima va hujayraga o’tkaziladi,
natijada osmotik bosim dastlabki holatga qaytadi.
Agar qonda tuz miqdori ortsa,
to’qimadan suv qonga o’tadi, buyrak orqali tuzlarni chiqarib yuborilishi kuchayadi.
Oksil, yog’ va karbonsuvlarning hazm tizimidan qon va limfaga surilishi,
shuningdek, hujayra metabolizmida hosil bo’lgan mayda molekulali moddalarning
qonga tushishi osmotik bosimni ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin.
Osmotik bosimning qondagi doimiyligi saqlanishi hujayralar hayot faoliyati
uchun katta ahamiyatga ega. Osmotik bosim nisbiy turg’unligidagina
hujayralar
faoliyat ko’rsata oladilar. Agar eritrotsit qonning osmotik bosimiga teng bo’lgan
osmotik bosimga ega (
izotonik
) eritmaga solib ko’yilsa, unda hech qanday
o’zgarish sodir bo’lmaydi. Osmotik bosimi qonnikidan yuqori bo’lgan (
gipertonik
)
eritmaga solib ko’yilsa, eritrotsit bujmayib qoladi.
Aksincha, osmotik bosimi
qonnikidan past (
gipotonik
) eritmaga solib qo’yilsa, eritrotsit shishib yorilib ketishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: