0,04 atm (25-30 mm, simob ust.) ni tashkil qiladi. Buning sababi shuki,
oqsillarning molekulalari juda yirik bo’lib, plazmadagi krisstolloidlarning
molekulalariga nisbatan bir necha barobar kam.
Qonda albuminlar miqdori eng ko’p. Uning hajmi globulin va
fibrinogennikiga nisbatan kichik. Shuning uchun xam qon plazmasining onkotik
bosimi 80% ni albuminlar hosil qiladi. Qon plazmasi onkotik bosimining miqdori
kichik bo’lishiga qaramay, qon bilan to’qima orasida suv almashinuvida ahamiyati
kattad
ir.
Onkotik bosim filtratsiya xodisalariga to’qimaaro
suyuqlik, limfa, siydik
hosil bo’lishi, ichakda suv so’rilishiga asoslangan fiziologik jarayonlarga tasir
qiladi. Odatda qon plazmasidagi yuqori molekulali oqsillar kapillyarlarning
endotelial devoridan o’ta olmaydi. Oqsil molekulalari qon tomirlari ichida qolib,
qonda bir qadar suv ushlab turadi. Qon oqsillari qon va to’qimalardagi suvni nisbiy
doimiy miqdorda saqlab turadi.
Qonda oqsil miqdori kamayganda shish vujudga keladi, chunki qon
tomirlarda ushlab turuvchi omil (oqsil) kamayganligi tufayli suv to’qimaga chiqib
ketadi.
Qon vodorod ionlarining kontsentratsiyasi va pH boshqarilishi
.
Qonning
vodorod (H
+
) va gidroksil (0H
-
) ionlari kontsentratsiyasiga bog’lik bo’lgan
aktiv
reaktsiyasi g’oyat muhim biologik ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari
muayyan reaktsiyadagina normal o’tadi.
Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega. Arterial qonning pH – 7,4 ga teng.
Venoz qonda SO
2
ko’p bo’lgani uchun uning aktiv reaktsiya ko’rsatkichi 7,35 ga
teng. Hujayra ichida pH biroz past bo’lib 7-7,2 ga teng. Bu hujayralar
metabolizmiga va ularda modda almashinuvi natijasida kislotali mahsulotlari hosil
bo’lishiga bog’liq. Homilada va yangi tug’ilgan bolada qon plazmasining pH
kislotali tomonga so’rilgan bo’ladi. 5 oylik homilada atsidoz bo’ladi. Aralash
qonniki esa 7,33 ga teng. Tug’ilgandan so’ng dastlabki soatlarda va birinchi
sutkada atsidoz pasaya boradi. 3-5 sutkada esa kattalarnikiday bo’lib qoladi.
Organizmda qonning aktiv reaktsiyasi nisbatan doimiy bir darajada turadi,
bu esa plazmaning va eritrotsitlarning bufer xossalariga,
shuningdek chikaruv
organlarining faoliyatiga bog’liq. Katta yoshdagi odamlarda qonning pH7,35-7,40
atrofida bo’ladi. Qonning pH 0,1-0,2 ga uzok vakt o’zgarsa, og’ir asoratlarga olib
keladi, xatto organizm halok bo’lishi mumkin.
Moddalar almashinuvida qonga doimo S0
2
, sut kislotasi va boshqa moddalar
almashinuvining oxirgi mahsulotlari, kislotali moddalar tushib turadi va vodorod
ionlari kontsentratsiyasi doimo o’zgarib turadi. Qonning aktiv reaktsiyasini
nisbatan doimiy holda ushlab turish uchun bir necha bufer sistemalar mavjud.
Gemoglobin bufer tizimi
qon bufer sig’imining 75% ni tashkil qiladi. Bu
tizim qaytalangan gemoglobin (HHb) va uning kaliyli tuzidan (KHb) iborat. Bu
tizimning buferli xossasi kam dissotsialangan kislota hosil qilishdan, ya’ni KNv,
kuchsiz kislota tuzi sifatida K
+
ionini ajratadi va N
+
biriktirib oladi.
H
+
+KNb K
+
+HHb
To’qimalarda qaytalangan gemoglobin (HHb) asos vazifasini o’taydi.
O’pkada gemoglobin (oksigemoglobin HHbO
2
SO
2
ga nisbatan quchliroq kislotali
hossaga ega) o’zini kislota sifatida namoyon qiladi va qonning pH doimiyligini
saklashda ishtirok etadi.
Karbonat bufer tizimi
(H
2
SO
3
/NaNSO
3
) qon bufer sig’imini tashkil qilishda
ikkinchi o’rinda turadi. Ushbu bufer tizim quyidagicha ishlaydi: agar qonga
karbonat kislotadan
kuchliroq kislota tushsa, reaktsiyaga natriy gidrokarbonat
kiradi. Neytral tuz va kuchsiz dissotsialanadigan karbonat kislota hosil bo’ladi.
Qonning pH kislotali tomonga siljishidan saqlanadi. Qonda karbonat kislota
mikdori ortib ketsa, eritrotsitlardagi karboangidraza fermenti ta’sirida H
2
O va SO
2
ga parchalanadi. SO
2
gazi o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Agar qonga
ishkoriy modda tushsa, karbonat kislota reaktsiyaga kiradi, natijada natriy
gidrokarbonat va suv hosil bo’ladi. Bu esa qon pH ni ishkoriy tomonga siljishidan
saqlaydi.
Fosfat bufer tizimi
natriy digidrofosfat (NaH
2
PO
4
)
va natriy gidrofosfat
(NaH
2
PO
4
) lardan tashkil topgan. Birinchi modda o’zini kuchsiz kislota sifatida
namoyon qilsa, ikkinchisi – kuchsiz kislota tuzi sifatida namoyon qiladi. Agar
qonga kuchli kislota tushsa, u NaH
2
RO
4
bilan reaktsiyaga kiradi, natijada neytral
tuz va kuchsiz dissotsialanuvchi natriy digidrofosfat hosil bo’ladi:
H
+
+ NaH
2
PO
4
-
= Na
+
+ H
2
PO
4
-
Qondagi ortiqcha natriy digidrofosfat buyrak orqali chiqarib yuboriladi va
NaH
2
PO
4
/ NaH
2
PO
4
nisbati saqlanib qoladi.
Oqsil bufer tizimi
uning amfoter hossasi hisobiga amalga oshadi. Oqsil
kislotali muhitda asos va ishkoriy muqitda esa kislota sifatida o’zini
namoyon
qiladi.
Qon rN doimiyligini saqlashda nerv boshqarish mexanizmi katta ahamiyatga
ega. Qon tomirlarda joylashgan xemoretseptorlar qitiqlanishi natijasida hosil
bo’lgan impulslar MNS turli qismlarini quzg’atadi, bu esa azolar (buyrak, o’pka,
ter bezlari, hazm tizimi) faoliyatini reflektor o’zgarishiga olib keladi, ularning
faoliyati qon pH doimiyligini saqlashga yo’naltiriladi. Agar qonning pH kislotali
tomonga siljisa, siydik orqali N
2
RO
4
-
anioni chiqarilishi kuchayadi. pH ishqoriy
tomonga siljisa, siydik orqali NRO
2-
va NSO
3
-
lar ajralishi ortadi.
Ter bezlari
ortiqcha sut kislotalarini va o’pka SO
2
ni chiqarib yuboradi.
Qonning bufer tizimlari ishqoriy moddalarga nisbatan kislotali moddalar
ta’siriga chidamliroq. Qondagi kuchsiz kislotalarning asoslar bilan hosil qilgan
tuzlari
ishqoriy rezerv
deb ataladi. Uning kattaligi SO
2
(qondagi tarangligi 40 mm.
sim. ustuniga teng bo’lgan paytda) 100 ml qon biriktira oladigan SO
2
mikdori bilan
aniqlanadi.
Har xil kasalliklarda qonning rN kislotali va ishqoriy tomonlarga siljishi
mumkin. Qon pH kislotali tomonga siljishi –
atsidoz
, ishkoriy tomonga siljishi -
alkaloz
deyiladi.
Qon aralashma holatining turg’unligi
(Eritrotsitlarning cho’kish tezligi -
ECHT). Qonning shaklli elementlari plazmada muallaq – aralashma holatida
bo’ladi. Eritrotsitlarning plazmadagi muallaq holati uning yuzasi gidrofilligi,
xamda eritrotsitlar (barcha shaklli elementlar kabi) manfiy
zaryadga ega ekanligi
tufayli ularning bir-biridan «qochishi» hossasi bilan bog’liqdir. Agar shaklli
elementlar manfiy zaryadi pasaysa ularning elektrostatik bir-biridan «qochishi»
kamayadi. Bunday holat eritrotsitlar yuzasiga fibrinogen, γ – globulin,
paraproteinlar kabi musbat zaryadli oqsillarni adsorbtsiyalanishi natijasida kelib
chikishi mumkin. Bunday eritrotsitlar bir-birining ustiga taxlanib «tangachalar
ustuni» ni hosil qilishi mumkin. Hosil bo’lgan «tangachalar ustuni» kapillyarlarga
tiqilib to’qima va a’zolarda qon aylanishini buzishi mumkin.
Agar probirkaga qon olib, uning ivishiga qarshi modda qo’shib qo’yilsa,
ma’lum vaqt o’tgandan so’ng qon ikki kismga bo’linib qolganligini ko’rish
mumkin: yuqoridagi suyuq qismi plazma va pastki qismi shaklli elementlar, asosan
eritrotsitlardan iborat. Shunga asoslanib, cho’kish tezligini aniqlash orqali
plazmadagi eritrotsitlarning aralashma holati turg’unligini o’rganish taklif qilingan.
ECHT yoshga va jinsga bog’liq. Chaqaloqlarda ECHT 1-2 mm/s, 1 yoshdan
katta bolalarda va erkaklarda 6-12 mm/s, ayollarda 8-15 mm/s, qarilarda 15-
20mm/s ga teng. ECHT kattaligiga eng ta’sir qiluvchi
omil bu fibrinogenning
qondagi miqdoridir: agar uning miqdori 4 g/l dan ko’paysa ECHT ortadi.
Homilador ayollarda ECHTning ortishi ham qondagi fibrinogen miqdorining
ko’payishi bilan bog’liq. ECHTning ortishi yallig’lanish, yuqumli va onkologik
kasalliklarda, shuningdek qonda eritrotsitlar miqdori keskin kamayganda
(anemiya) kuzatiladi.
ECHT eritrotsitlarga nisbatan plazma hossalariga ko’proq bog’liq. ECHT
kattaligi meyorda bo’lgan erkak eritrotsiti homilador ayol plazmasiga qo’shib
qo’yilsa, u ham huddi homilador ayol eritrotsitlaridek tez cho’kadi.
Dostları ilə paylaş: