bir-biridan farq qiluvchi bir necha xil oksil: alьbuminlar (taxminan 4,5%),
globulinlar 2-3% va fibrinogen (0,4-0,2%) bor. Odam plazmasidagi oqsillarning
umumiy miqdori o’rtacha hisob bilan 7-8%, plazmadagi quruq moddaning qolgan
qismi boshqa organik birikmalar va mineral tuzlarga to’g’ri keladi.
Qon plazmasi tarkibi
Plazma tarkibi
% - miqdorida
Plazma tarkibi
% - miqdorida
Suv
Oksil
Lipidlar
Neytral yog’
Glyukoza
Siydikchil
Siydik kislotasi
Kreatin
Aminokislotalar
90,5
8
0,3
0,2
0,12
0,03
0,004
0,006
0,008
Natriy
Kaliy
Kaltsiy
Magniy
Xlor
Gidrokarbonat
Fosfat
sulfat
0,3
0,02
0,012
0,0002
0,35
0,16
0,03
0,02
Qon
plazmasida
oqsildan
boshqa
azotli
birikmalar:
oqsillarning
gidrolizlanishi natijasida hosil bo’lgan ovqat hazm qilish yo’lidan so’riladigan va
protoplazma oqsillarining sintezlanishi uchun hujayralar
foydalanadigan moddalar
(aminokislotalar, polipeptidlar) va oqsillarning parchalanishi natijasida hosil
bo’lib, organizmdan chiqarib tashlanadigan moddalar (mochevina, siydik kislotasi,
kreatinin, ammiak) bor. Plazmadagi koldik azot deb ataluvchi nooksil azotning
umumiy miqdori 30-40 mg% ni tashkil qiladi. Uning yarmi mochevinaga to’g’ri
keladi. Buyraklar etarli ishlamaganda qon plazmasida qoldiq azot juda ko’payib
ketadi. Qon plazmasida azotsiz organik moddalar:
organizm hujayralari uchun
asosiy energiya manbai glyukoza (80-120 mg % yoki 4,4-6,7 mmol/l ) va organizm
hujayralarining faoliyati natijasida hosil bo’lgan turli organik kislotalar, sut
kislotasi ham bor.
Qon plazmasida mineral moddalar qariyib 0,9% ni tashkil qiladi. Ularning
tarkibi asosan Na
+
, K
+
Ca
++
kationlari va anionlardan (Cl
-
, HCO
-
3
, HPO
-
4
, H
2
PO
-
4
)
iborat.
Qon bilan bir xil
osmotik
bosimga ega bo’lgan, yani tuzlar kontsentratsiyasi
qonnikiga barobar keladigan eritmalar izotonik eritmalar yoki izoosmotik eritmalar
deyiladi. Na C1 ning 0,9% eritmasi issiq qonli hayvonlar va inson uchun izotonik
eritmadir. Bu eritma ko’pincha fiziologik eritma ham deyiladi.
Osmotik bosimi
qonnikidan katta bo’lgan eritmalar gipertonik eritmalar deyiladi, pastrog’i esa
gipotonik eritma sanaladi.
Lekin ajratib olingan a’zolarga faqat izotoniya emas, balki eritmaning tarkibi
ham katta ahamiyatga ega. Issiq qonli hayvonlarning ajratib olingan organi ishlab
turishi uchun suyuq eritma 0
2
bilan to’yintiriladi. Fiziologik
eritmalar tarkibida
plazma oqksillari kabi kolloid eritmalar yo’qligi sababli, ular qon plazmasiga teng
kela olmaydi. Shuning uchun glyukozali tuz eritmasiga har xil kolloidlar, masalan:
suvda eriydigan, yuqori molekulali (mol. og’irligi 1300 dan 100 000 gacha va
undan ortiq) polisaxaridlar (bunday preparatlar dekstrin)
yoki maxsus usulda
ishlangan oqsil preparatlar qo’shiladi.
Kolloidlar 7-8% mikdorda qo’shiladi. Odam qon yo’kotganda qon bosimini
tiklash uchun organizmga shunday eritma yuboriladi. Biroq bunday eritmalar
yaratilganiga qaramay, qon plazmasi qon o’rnini bosuvchi eng yaxshi suyuqlik
bo’lib qolmokda.
Qon plazmasining oqsillari
Qon plazmasi oqsillarining ahamiyati hilma-hildir.
1. Qonning onkotik bosimini hosil qiladi. Qon va to’qimalar
orasidagi suv
almashinuvini ta’minlaydi.
2. Oqsillar bufer xossasiga ega bo’lgani uchun qonning kislota ishqor
muvozanatini saqlab turadi.
3. Oqsillar qon plazmasining muayyan darajada yopishqoq bo’lishini
ta’minlaydi, bu esa arterial bosimni ma’lum darajada ushlab turish uchun
ahamiyatli.
4. Qon plazmasi oqsillari eritrotsitlarning cho’kishiga to’sqinlik qiladi.
5. Plazma oqsillari qon ivishida ahamiyati katta (fibrinogen).
6. Qon plazmasining oqsillari yuqumli kasalliklar bilan og’rimaslik, ya’ni
immunitetning muhim faktori hisoblanadi (globulinlar).
7. Qon plazmasining
oqsillari garmonlar, mineral moddalar, lipidlar va
xolesterin singari moddalarni tashishda ahamiyati katta.
8. To’qima oqsillari uchun rezerv hisoblanadi.
9. Kreator bog’lar hosil qilishda ishtirok etadi. To’qimalarning
genetik
apparatiga ta’sir etadi va ularning o’sishini, rivojlanishini, differentsirovkasi va
organizm tuzilishini ta’minlaydi.
Qon plazmasida bir necha o’n turli oqsillar bor, ular alьbuminlar,
globulinlar va fibrinogenlardan iborat
Dostları ilə paylaş: