9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

Boshqaruv vazifasi
– eritrotsitlar tarkibida gemoglobin borligi tufayli 
qonning rN, plazma tarkibidagi ion va suv doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. 
Kapillyarning arterial qismida eritrotsitlar tarkibidagi suv va O
2
to’qimaga beriladi 
va uning hajmi kichrayadi, kapillyarning venoz kismida esa to’qimadan suv, CO
2
va modda almashinuv mahsulotlarini biriktirib oladi va eritrotsitlar hajmi ortadi. 
Eritrotsitlar glyukoza va qon ivishiga qarshi bo’lgan modda geparinni ham 
tashib yuradi. Agar bu moddalarning qondagi miqdori ko’payib ketsa, ular 
eritrotsitlar ichiga kirib oladi, kamayib ketganda yana plazmaga qaytib chiqadi.
Eritrotsitlar 
tarkibida 
eritropoezni 
boshqarishda 
ishtirok 
etadigan 
eritropoetik omil saqlanadi. Eritrotsitlar parchalanganda bu omil suyak ko’migiga 


tushadi va eritrotsitlar hosil bo’lishini kuchaytiradi. Eritrotsitlar parchalanganda 
ajrab chikkan gemoglobindan o’t tarkibiy qismiga kiruvchi bilirubin hosil bo’ladi. 
Eritron. Eritropoezning boshqarilishi. 
Ingliz terapevti Kasl xarakatdagi, 
depodagi va suyak ko’migidagi qonlar miqdorini ifodalash uchun «Eritron» 
tushunchasini fanga kiritgan. Eritron yopik tizim bo’lib, unda emirilgan va yangi 
hosil bo’lgan eritrotsitlar miqdori tengdir. 
Eritrotsitlar suyak ko’migining yopiq kapillyarlarida etiladi va ular
retikulotsit davriga etgandan so’ng kapillyarlar devorini cho’zadi, natijada tomir 
ochiladi va retikulotsitlar qon bilan yuvib ketiladi. Qonda retikulotsitlar 35-45 
soatdan so’ng eritrotsitga aylanadi. Qondagi retikulotsitlar miqdori meyorda 1-2% 
ni tashkil qiladi. Eritrotsitlar 80-120 kun yashaydi. 
Eritropoez me’yorda bo’lish uchun 
temir
zarur. Eritrotsitlar parchalanganda 
hosil bo’lgan, depodan va ovqatlar tarkibidan tushgan temir suyak ko’migiga 
tushadi. Katta yoshdagi odamlarda eritropoez meyorda ketishi uchun sutkalik 
ovqat ratsionida 12-15 mg temir bo’lishi zarur.
Ichakning shilliq qavatida temirning enterotsitga o’tishini osonlashtiruvchi 
retseptor mavjud. Ichak shilliq qavatida temirni tashuvchi oqsil mavjud. U temirni 
transferrin retseptori bor to’qimalarga olib boradi. To’qimada 
transferrin
va temir 
kompleksi parchalanadi va temir boshqa tashuvchi oksil-
ferritin
bilan birikadi. 
Ortiqcha temir oqsil-ferritin yoki oqsil va lipoid-gemosiderin bilan birikkan holda 
jigar va taloqda to’planadi, keyinchalik temir gemoglobin hosil bo’lishida 
ishlatiladi. 
Eritrotsitlarning hosil bo’lishida 
B
12
vitamini 
(tsiankobalamin) va 
foliy 
kislota
lari zarurdir. B
12 
Vitamini organizmga ovqat tarkibida tushadi va qon hosil 
qiluvchi Kaslning tashqi omili deb ataladi. Uning ichakda so’rilishi uchun 
me’daning pilorik sohasi shilliq qavatida ishlab chiqariluvchi va Kasalning ichki 
omili deb ataluvchi modda (gastromukoproteid) zarur. B
12 
Vitamini etishmasa 
anemiya kelib chiqadi. B
12 
Vitamini globin sinteziga yordam beradi. B
12 
Vitamini 
va foliy kislotalar eritrotsitlar DNKsi sintezida ishtirok etadilar. B

Vitamini 
(rivoflavin) eritrotsitlarning lipid tarkibi hosil bo’lishida qatnashadi. B
6
Vitamini
(piridoksin) gem hosil bo’lishida qatnashadi. 
C Vitamini 
temirni ichakda 
so’rilishini osonlashtiradi, foliy kislota ta’sirini kuchaytiradi. 
E
Vitamini 
(α - 
tokeferol) va 
PP vitamini 
(pantoten kislota) eritrotsitlar lipid pardasini kuchaytiradi 
va gemolizga chidamliligini orttiradi. 
Eritropoezning meyorda bo’lishi uchun mikroelementlar ham zarur. 
Mis
temirni ichakda so’rilishiga yordam beradi va uni gem tarkibiga kirishini 
osonlashtiradi. 
Nikel va kobalt
lar gemoglobin va gem ushlovchi molekulalar 
sintezini kuchaytiradi. Organizmdagi 
tsink
ning 75% eritrotsitlarda karboangidaza 
fermenti tarkibida bo’ladi, tsinkning etishmasligi leykopeniyani keltirib chiqaradi. 
Eritropoetinlar
eritropoezning fiziologik boshqaruvchisi hisoblanadi. 
Eritropoetinlar asosan buyrakda, qisman taloqda hosil bo’ladi va sog’lom odam 
qonida doimo oz miqdorda bo’ladi. Eritropoetinlar eritrotsitlar o’tmishdoshlarining 
proliferatsiyasini kuchaytiradi va gemoglobin sintezini tezlashtiradi. Ular gem va 
gemoglobinlar sintezida katnashuvchi enzimlar hosil bo’lishida ishtirok etadigan 
informatsion 
RNK
sintezini kuchaytiradi. Eritropoetinlar hosil bo’lishi gipoksiyada 


kuchayadi. Eritropoezni 
erkaklar jinsiy gormonlari
kuchaytiradi. Qonda 
eritrotsitlar ko’payib ketganda hosil bo’luvchi modda 
eritropoez ingibitori
eritropoezni tormozlaydi. Shuningdek, 
ayollar jinsiy garmonlari
(estrogenlar) va 
keylonlar
ham eritropoezni tormozlaydilar. Simpatik nerv tizimi eritropoezni 
kuchaytiradi, parasimpatik esa tormozlaydi. Nerv va endokrin tizimlar eritropoezga 
eritropoetin orqali ta’sir ko’rsatadi. 
Eritrotsitlarning parchalanishi jigarda, taloqda va suyak ko’migida 
mononukleor fagotsitar sistema ta’sirida amalga oshadi. Eritrotsitlar emirilishidan 
hosil bo’lgan moddalar eritropoezni kuchaytiradi. 
Leykotsitlar. 
Leykotsitlar, yoki oq kon tanachalari yadrosi bor, kattaligi 8 
dan 20 mkm gacha bo’ladi. 
Katta yoshdagi odamlar periferik qonida leykotsitlar miqdori 4,0-9,0x10
9
l, 
yoki 1 mkl konda 4000-9000 ni tashkil qiladi. Miqdorining ortib ketishi 
leykotsitoz
va kamayib ketishi 
leykopeniya
deyiladi. Fiziologik va patologik (reaktiv) 
leykotsitoz bo’lishi mumkin. Fiziologik leykotsitozda qonning qayta taksimlanishi 
kuzatiladi va leykotsitlar miqdori ko’pga ortmaydi. Fiziologik leykotsitoz 
ovqatlangandan sung, jismoniy ish paytida, 
emotsional
qo’zg’alganda, 
homiladorlik paytida kuzatiladi. Patologik leykotsitozda periferik qonga etilmagan 
leykotsitlar chiqarib yuboriladi va bu leykotsitlar to’la shakllanib bo’lmaganligi 
tufayli o’z funktsiyalarini bajara olmaydilar, ya’ni organizmni patogen 
bakteriylardan ximoya qila olmaydi. Leykopeniya radioaktiv fon ortganda va 
ayrim farmokologik dorilar ta’sirida kelib chiqadi. Leykopeniya ayrim yuqumli 
kasalliklarda (sepsis, miliar tuberkulez) ham kuzatiladi. Leykopeniyada 
organizmning bakteriyalardan himoyalanish xossasi susayadi. 
Leykotsitlar tuzilishiga karab ikkita katta guruhga bo’linadi:
 donachali 
yoki 
granulotsitlar
va 
donachasiz
yoki 
agranulotsitlar
. Donachali leykotsitlar 
neytrofillar

eozinofillar
va 
bazofillar
, donachasiz leykotsitlar– 
limfotsitlar
va 
monotsitlar
dan iborat. Qanday bo’yoq bilan bo’yalishiga qarab granulotsitlarga 
nom berilgan: eozinofillar kislotali bo’yoq (eozin), bazofillar ishqoriy bo’yoq 
(gematoksilin) bilan bo’yaladilar, neytrofillar esa har ikala bo’yoq bilan ham 
bo’yalaveradi. Etilganlik darajasiga qarab metamielotsit (yosh), tayoqcha yadroli 
va segment yadroli neytrofillarga bo’linadi. 
Sog’lom odam leykotsitar formulasi (% da)

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin