9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

 
semiz hujayralar
.
Bazofillar, semiz hujayralar. Bazofillar 1877 
yili P.Erlix tomonidan kashf qilingan. Bazafillar ikki turga bo’linadi: periferik 
qonda aylanib yuruvchi granulotsitlar – bazafillar va to’qimalarda joylashgan 
to’qima bazafillari yoki semiz xujayralar. Bazafillarning funktsiyasi uning 
tarkibidagi moddalarga bog’liq. Bulardan biri gistamindir, u qon tomirlarni 
kengaytiradi. Bazafil tarkibida qon ivishiga qarshi modda geparin, xamda qon-
tomir o’tkazuvchanligini o’zgartiruvchi gialuron kislotalari mavjud. SHuningdek 
bazofil tarkibida trombotsitlarni faollashtiruvchi omil, trombotsitlarni agregat 
holatini ta’minlovchi – tromboksan, araxidin kislotasi maxsullari leykotrien va 
prostoglandinlar bor. Bazafillar allergik reaktsiyalar paytida katta ahamiyat kasb 
etadi. Antigen-antitelo kompleksi ta’sirida bazafillar parchalanadi va uning 
tarkibidagi biologik 
aktiv
moddalar qonga tushadi. 
Leykoz kasalligida, stress paytida bazofillar miqdori ortadi, yallig’glanish 
kasalligida ham qisman ortishi kuzatiladi. 
Eozinofillar
qon tomirlarda bir necha soatgina bo’ladi, undan so’ng qondan 
to’qimalarga o’tib ketadi va u erda parchalanadi. Eozinofillar fagotsitoz kilish 
xossasiga ega. Eozinofillar to’qimalarning gistamin saqlovchi – me’da va ingichka 
ichakning shilliq va shilliq osti qavatlarida, o’pkada yigiladi. Eozinofillar 
gistaminni qamrab olib gistaminaza fermentlari yordamida parchalaydi. 
Eozinofillar tarkibida bazofillardan gistaminning ajralib chiqishini tormozlovchi 
omil ham bor. 
Gelmintlarga qarshi eozinofillar tsitotoksik effektni amalga oshiradi. 
Gelmintlar lichinkasi organizmga tushsa, eozinofillar unga yaqinlashib 
parchalanadi, tarkibidagi oqsillar va fermentlarini (masalan peroksidazalar) shu 
lichinka ustiga ajratib chiqaradi, natijada lichinkani halok qiladi. 
Allergik kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin ortib ketadi. Bunga sabab 
allergik kasalliklarda bazafillarning degragunulyatsiyasi natijasida anafilaktik 


xemotaksik omilning qonga ko’p miqdorda ajralishidir va ularni yo’kotish uchun 
eozinofillarning jalb qilinishidir. Eozinofillar fagotsitoz qilish va faolsizlantirish 
orqali bazofillarning ajratgan moddalaridan qonni «tozalaydi». 
Eozinofillar tarkibida kallikrein – kinin sistemani aktivlovchi kation oqsillar 
saqlanadi. Kation oqsillar qon tomir endoteliylariga emiriluvchi ta’sir kursatib 
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida ham ahamiyatli degan fikrlar mavjud. 
Ayrim ogir kechuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin 
kamayib ketadi.
Monotsitlar
– qon tomirlarda 70 soatgacha aylanib yuradi so’ngra u erdan 
chiqib to’qima (gistiotsitlar) makrofagiga aylanadi. Kislotali muhitda monotsitlar 
mikroblarni fagotsitoz qilish xossasiga ega, bu paytda neytrofillar faolligi susayadi. 
Halok bo’lgan leykotsitlar va jarohatlangan to’qimalarni monotsitlar fagotsit qilib 
yallig’langan sohani tozalaydilar. Monotsitlar komplement tizimi tarkibiy 
qismining ayrimlarini sintezlaydi. Aktiv monotsitlar va makrofaglar tsitotoksinlar, 
interleykin (IL-1), o’smalarni nekroz qiluvchi omil, interferonlarni sintezlash 
natijasida o’smaga, viruslarga, mikroorganizmlarga va parazitlarga qarshi 
immunitet hosil qiladi, gemopoezning boshqarilishida ishtirok etadi. Monotsitlar 
qon ivishini (tromboksan, tromboplastinlar), hamda fibrinolizni kuchaytiradigan 
(plazminogen aktivatorlari) omillarni ishlab chiqaradi. 
Limfotsitlar
– suyak ko’migida hosil bo’ladi va qonga tushgach to’qimalarda 
shakllanadi. Ayrisimon bezda shakllanganlari T – limfotsitlar (thymus – so’zidan 
olingan) deb ataladi. T – limfotsitlarning bir necha turlari mavjud. T

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin