6
mustahkamlangan, ikkinchidan,
norma deb grammatikalarda, lug‘atlarda,
qo‘llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi yozuvchi va shoirlar asarlaridan
keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingan va mustahkamlangan qoida
tushuniladi.
Normativlik – ya‟ni me‟yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan
biridir. Adabiy tilda mavjud bo‘lgan
tovushlar, so‘zlar, so‘z birikmalari, turli
qo‘shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida
ma‟lum qonun-qoidalarga, aytaylik, kelishilgan, ko‘pchilik
tomonidan
ma‟qullangan, norma deb tan olingan ko‘rsatmalarga bo‘ysungan holda amal
qiladi. Mana shu qonun-qoidalarning buzilishi, unga amal qilmaslik deb
baholanadi.
Demak, adabiy til muayyan
konkret normativ vositalar, imkoniyatlar,
ularni qo‘llash bilan bog‘liq qonun-qoidalar ko‘rsatmalar yig‘indisidan
iboratdir. O‘zbek adabiy til normalari ilmiy asarlarda tubandagicha tasnif
etiladi:
1.
Leksik-semantik normalar (so‘z qo‘llash).
2.
Talaffuz (orfoepik) normalar.
3.
Aksentologik (so‘z va formalarda urg‘uning to‘g‘riligi).
4.
Fonetik normalar.
5.
Grammatik (morfologik va sintaktik) normalar.
6.
So‘z yasalish normalari.
7.
Imloviy normalar.
8.
Lug‘aviy norma.
9.
Yozuv (grafik) normalar.
10. Punktatsion normalar.
11. Uslubiy normalar.
Dostları ilə paylaş: