A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


 – mavzu Tilni egallash konsepsiyalari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix03.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
NUTNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI FANIDAN MAJMUA (1)

3 – mavzu Tilni egallash konsepsiyalari 
Reja
1. Tug‘ma bilimlar nazariyasi (H.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
2. Tilni o‘zlashtirishning kognitiv nazariyasi. J.Piajepp bolaning semiotik 
rivojlanish gipotezasi.
3. Tilni o‘zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo‘nalishda o‘rganish 
(Dj.Bruner, M. Xellidey). 
Adabiyotlar 
1. Mamedov K.K., SHoumarov E.B. Akli zaif bolalar psixologiyasi. Ukuv 
kullanma. T.: Ukituvchi, 1994. 
2. Petrova V.G., Belyakova I.V. Psixologiya umstvenno otstalыx 
shkolьnikov. -M.: ASAMEDIA, 2004. 
3. Mo‗minova L., Amirsaidova Sh. va boshqalar. Maxsus psixologiya. - T.: 
O‗zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2013. 
Nutq buzilishining ko‘pgina turlari markaziy asab sistemasining organik 
shikastlanishi bilan boglik bo‘lib, u logoped va nevropatolog-vrach yoki 
psihonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniklanishi mumkin. Nutq buzilishi 
hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: ruhiy rivojlanishda orkada kolish, 
uzini tutish va his-hayajon hollaridagi buzilishlar, dikkat-e'tibor, hotira, akliy 
faoliyat buzilishlari kuzga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo 
bo‘lish mehanizmlari tahlili, markaziy asab sistemasi buzilishlari bilan boglik 
bo‘lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarning hammasi 
psihonevrolog-vrachning hizmat doirasiga kiradi. Psihonevrolog-vrach bolaning 
akliy jihati haqida hulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi, 
talab etiladigan davo choralarini qo‘llaydi. 
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari 
hamda uning davrlari haqidagi ta‘limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy 
vazifalari, moslashish va ko‘nikishdan iborat bo‘lib, bu uning doimiy vazifalar 
turkumini tashkil etadi. 
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1.sensomotor intellekti-tug‘ilgandan 2 yoshgacha; 
2.operatsiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 
3.aniq operatsiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
4.rasmiy operatsiyalar davri. 
Frantsuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;


28 
2) impul‘siv harakat davri - tug‘ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg‘u davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; 
4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 
yoshgacha; 
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy etilish va o‘spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. 
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy usishi o‘zining ichki qonunlari asosida 
rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Ta‘lim - bu aqliy etilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki 
syokinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech qanday 
jiddiy ta‘sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta‘lim rivojlanish qonunlariga buysunishi 
kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr 
yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta‘limning turli bosqichlari bolaning tegishli 
psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat‘iy nazar 
bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi. 
Nutq buzilishining ko‘pgina ko‘rinishlari miya rivojlanishining barvaqt 
sekinlashuvi bilan bog‘liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab 
sistemasini mahsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi 
mumkin. Bunday davoni vrach-psihonevrolog belqilaydi. Ayrim paytlarda nutq 
buzilishlari his-hayajonli qo‘zg‘alishning kuchayishi natijasida sodir boladigan 
harakatdagi notinchlik bilan qo‘shiladi. Bunda bola mahsus davolangunga qadar 
logopedning ishi besamara bolaveradi. 
Nutqning alohida ko‘rinishdagi buzilishlariga, masalan, duduqlanishning 
ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar – qo‘rqish, hayajon, ko‘nikkan 
muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab bo‘lishi 
mumkin. Ularning paydo bo‘lish vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj 
boladi; faqat psihonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi 
uning sog‘ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma'lumotlarning hammasi shundan 
dalolat beradiki, logopediya – pedagogik fan hisoblangani bilan u o‘z oldidagi 
vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar 
psihologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. 
Anomal bolalarni, shu jumladan nutqi buzilgan bolalarni ham o‘qitish va 
tarbiyalash nazariyasi asab sistemasi tuzilishi, uning rivojlanish hususiyatlari va 
vazifalari haqidagi bilimlar asosida quriladi. 
A.S.Vigotskiy fikr bilan so‘z oraligidagi munosabatni fikrdan so‘zga va 
aksincha harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib 
ko‘rsatar edi: motiv - fikr - ichki nutq - tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va 


29 
semantik (ruhiy) jihatlarini farqqilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik 
(ruhiy) qurilishlarning o‘zaro munosabatlari ko‘zga tashlanadi. Ichki nutq semantik 
jihatdan tashqi nutqka aylanish strukturasi hisoblanadi. L.S.Vigotskiy ichki nutqni 
chuqur tahlilqildi, uning o‘ziga hos hususiyatlarni ochib berdi. 
A.A.Leontev, L.S.Visotskiy bayonqilgan nutq jarayoni qurilishiga asoslanib, 
nutq paydo bo‘lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motiv-fikr (nutq 
intonatsiyasi)-ichki 
rejalashtirish 

leksik 
kuchaytirish 
va 
grammatik 
konstruktsiyalash - motor ishlab chiqarish - tashqi nutq. 
Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi o‘z mehanizmlari bilan ajralib 
turadigan ikkita operatsiyani o‘z ichiga oladi: sintaksis konstruktsiyaning paydo 
bo‘lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga 
oshiriladigan leksik to‘ldirish. Shundan so‘ng motor ishlab chiqarishi davom etadi. 
Rivojlanish tamoyili – nuqsonning paydo bo‘lishining evolyutsion – dinamik 
tahlilqilish zarurligini taqozo etadi. 
Nuqsonni yuzaki ta'riflashgina kamlikqiladi, uning paydo bo‘lishining 
dinamik tahlili ham zarurdir. 
Bolalarda nerv – psihologik funktsiyalar uzluksiz rivojlanish va etilishi 
jarayonida boladi. Shuning uchun ham nuqsonning dastlabki natijalarigagina emas, 
ayni vaqtda, bolaning nutq va o‘sish jarayonini uning nutq rivojlanishi bilan 
shakllanadi. Shuning uchun nutq buzilishlarini tahlilqilishda bolaning faoliyatini 
baholash muhim ahamiyatga egadir. 
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar faoliyatining etakchi shakli – kattalar bilan 
boladigan emotsional (his tuyg‘uli) muomala bo‘lib, nutq munosabatini 
shakllanishi uchun negiz boladi. Bu faoliyat bo‘sh rivojlangan (masalan, uzoq 
betoblik, yoki atrofdagi odamlar bilan kam muomalada bo‘lgan) bolalarda nutq 
rivojlanishi sekin taraqqiyot etib, tili kechrok chiqishi mumkin. 
Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning kattalar bilan amaliyot muomalasi tilini 
tezroq chiqishiga omil boladi. Kattalar bilan engoddiy predmetli harakatlarni 
birgalikda bajarish jarayonida bola mazkur predmetlarning nimaga hizmatqilishini, 
jamiyatga o‘zini tutish, dastlabki bilim elementlarini va tevarak atrof haqida 
ma'lumotlarga ega bola boshlaydi. Bu yoshda etakchi amaliy faoliyat shakli 
o‘zgarmay qolaversa, bolada nutq rivojlanishi ham sekinlasha boshlaydi. Bunday 
holatni kasalliklarga chalingan bolalarda kuzatish mumkin. 
Uch yoshdan boshlab bola faoliyatining asosiy shakli – turli o‘yinlar bo‘lishi 
kerak. Bu davr davomida bola tili tez rivojlanib boradi. 
Va nihoyat, maktab yoshidagi bolalarda etakchi o‘quv jarayoni bolaning 
og‘zaki va yozma nutqini takomillashuvining asosi bo‘lib qoladi. 


30 
Bolalarda nutq rivojiga sistemali yondashuv – sistemani tuzilish va nutqning 
turli taraqqiy qismlarining (tovush, fonetik jarayonlar, leksika-grammatik tuzilishi) 
ning o‘zaro munosabatlariga asoslanadi. 
Nutqning buzilishi – faoliyat taraqqiyotiga kiruvchi qismlari bilan bog‘liq 
boladi. Bu holda tovush chiqarish tomoni ko‘proq nuqsonni keltirib chiqarsa, 
so‘zlar aniq ifoda etilmaydi, fonetik buzilish ro‘y beradi. Ikkinchi holda esa 
tovushdagi nuqsonlik so‘zning tovush tarkibini to‘liq o‘zlashtirishda ham 
qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
"Etiologiya" termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, (etio - sabab, logos — 
fan, o'rganish) sabablarni o'rganuvchi fan ma‘nosini bildiradi. Sababiyat 
muammosi qadim-qadimdan insoniyat c‘tiborini o'ziga qaratib kelgan. Sabablar 
liaqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida 
imuimiy itmiy taraqqiyot bilan uzviy bogliqdir.
Nutq buzilishlari sababi dcganda — organizmga tashqi yoki ichki zararli 
omihiing ta‘sir ctishi yoki ulaming o‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki 
bu, nutq buzilishi xiisusiyatini aniqlaydi. 
Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat 
muammosining bir bo‗limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va 
uning klinik ko
L
rinishi shakllanisiiida bu ikki omil orastdn bevosita, o'zaro 
aloqadorlik o'matilgan. 
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol o'ynaydi, 
ya‘ni nutq kamchiliklarining kelib chiqishiga yordam bcruvchi yoki to'sqinlik 
qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta‘siri ostida bolada duduqlanish 
yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida ko'riladi. Quyidagilaresa duduqlnnishning 
kelib chiqishi uchun qutay sharoit bo'lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, 
lining nevropalik organizmi (nerv- psixik qo‗zg‗aluvchan!ikning oshganligi), 
markaziy ncrv sistemasining ena organik jarohatlanishi asorati va h.k. 
Evolutsion-dinamik yondasluiv va psixikaning shakllanishi jarayonida 
btologik va ijtimoiy dialektik birtik tamoyili, mitq buzilish etiologiyasini 
o'rganish uchun asos bo‗ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi 
Lining markaziy ncrv sistemasi (MNS) ning yetnklik darajasiga qarab 
belgilnnadi va ma‘kim darajada bolaning rashqi olam bilnn o'zaro munosabati 
xususiyatlariga bam bog'liqdir. 
1..S. Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik 
davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini o'rganishda metodologik asos 
bo'lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof— muhit ta‘siri bilan 
bog'liqligini tuslumtira tui ib, u "rivojlanishning ijtimoiy vaziyati" tushunchasini 


31 
kiritdi. Bu o‗z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni 
o‗zida namoyon etadi. 
Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiva yotadi, ya‘ni 
turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olisli. Birinchi navbatda eshituv 
analizatori turli xil signallarni va eng avvalo, nutqiy signallarni qabul qiladi. 
Eshituv afTerentatsiyasining manbayi bo'lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta 
odam hisoblanadi. Shunga bog‗Iiq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning 
roli juda kattadir va Lilarning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi 
asosiy sabablardan biri bolishi mumkin. 
Nutqning fiziologik mehanizmlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bola avval 
so‘zlarni tushuna boshlab keyin esa gapirishni o‘rganadi. 
Bolada ekspressiv nutqning shakllanish jarayonida, u butun gaplarni ifoda eta 
oladi, bu holda uning his-tuyg‘ulari (intonatsiya) etakchi rol o‘ynaydi. 
Nutqdagi kamchiliklarni bolalarda tegishli davolash (to‘g‘rilash, tuzatish) 
tartibida olib borilmagan taqdirda aqliy (intellektual) rivoji sur'atlari ham pasayadi. 
Nutq nuqsoni bo‘lgani uchun ham u atrofidaqilar bilan kam muloqotda boladi. 
Natijada tasavvur doirasi cheklanib, fikr rivoji ham sekinlashadi. 
Bolada nutq (til) fikrlash jarayonining shakllanishi bilan o‘zaro yaqin aloqada 
rivojlanadi. 
Bola mitqining normal rivojlanishi tichun muloqol malum ahamivatga ega 
bo'lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak, Unga tovLishlarni shundaygina 
eshitisli kamlik qiladi (radiomagnitofon, televizor). Dastlab mn‘lum yosh davri 
udiim xarakterli asosda kaitalar bilan muloqoi qilish lozim. Bolani kallalar bilan 
muloqoti shaklining o'zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo'ladi. Demak, 
hayotining birinchi yili uchun xarakterli boMgan emotsiona! muloqotni 2—3 
yoshlarda predmetli- harakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga 
yaxshigina turtki bo ‗lib xizmat qiladi. Agarki, bundAy o'zgarish yuz bermasa, u 
holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi. 
Bolada predmelli-o'yin faoliyati jarayonida to'plangan taassurotlar nutq 
rivojlanishiga dastlabki zamiu bo‗lib xizmat qiladi. 
Bola nutqining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kcchikadi va 
buziladi: ijobiy emotsional muhit ning yo'qligi, haddan tashqari shovqin-snronli 
muhit. 
Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli avrim nutqiy kamchiliklar 
(talafftizning aniq emasligi, duduqlanish. nutq tempining buzilishi va boshqa I a 
r) asosida taqlid yotndi. 
Nutq kamchiliklari ko'pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi 
{qo'rquv, yaqin odamini yo'qotganda hnynjonlanish, oiladagi uzoq cl a vo m 


32 
etayoigan psixik travmalovehi vaziyat va h.k. ). 
Bu nutq rivojlanishini kcdiikriradi, ayniqsa, kuchli psixik travmalarda 
bolnlarda psixogen nutqiy buzilishi a mi keliirib chiqamdi: mutizm, nevrolik 
duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M. Ye. Xvatsev lasnili bo‗yicha shartli 
ravishda fimksional buzilishga kiritiladi 
Shuningdek, nutqning fimksional bu/ilishlariga quyidagilarni ham kiritish 
mumkin; 
1, 
Bola organ izmiga zararli ta‘sir ko'rsaiishi bilan bog'lit] 
buzilishlar, 
2, 
Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug'ilish yoki to'la 
shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik. 
3, 
Ichki 
organlarning 
turli 
kasalliklari, 
raxit, 
moddalar 
almashinuvining buzilishi. 
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga oltsh 
shartdir. qaysiki bunda nutq tizimining u voki bu tarkibiv qismini birmuncha 
jadal rivojlanishi qachon sodir bo‗[adi, nutqiy Taoliyatning, nerv mexanizmi 
jarohatlanishi ning yuqori darajadagi xavlj iiima bilandir bog'liq ravishda paydo 
bo'lishini o'rganish osonroq kechadi. 
Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi: 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin