A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix03.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
NUTNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI FANIDAN MAJMUA (1)

Fonetik norma. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli va 25 ta undosh 
tovushning qo‘llanishi norma hisoblanadi. Og‘zaki nutqda unlilarning 
variantlari mavjud. Masalan, o’roq so‘zi bilan o’rdak so‘zini solishtirsak, 
adabiy tilda bir unli deb qabul qilingan o‘ unlisining ikki xil talaffuz 
qilinishini ajratishimiz mumkin. 
Talaffuz norma. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli bo‘lgani
mavjuddir. Talaffuz normalari til birliklarining og‘zaki nutq jarayonida 
adabiy til normasiga muvofiq kelishidir. Masalan, g‘isht, go‘sht kabi so‘zlarni 
talaffuz qilganimizda oxirgi undosh tushib qoladi. 
Imloviy norma. Imloviy norma, ya‘ni yozuv normasi adabiy tilning 
madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezondir. Imloviy norma talaffuz 



normasidan farqli o‘laroq stixiyali ravishda shakllanmasdan til vakillari 
tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yuzaga keltiriladi va uning amal 
qilinishi maxsus imlo qoidalari orqali yo‘lga qo‘yiladi. Ma‘lum norma 
sifatida tavsiya etilgan til unsurlaridan foydalanish millat vakillari uchun 
majburiy sanaladi. 
Lug‘aviy norma. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish 
qonuniyatlaridan kelib chiqib so‘z tanlash imkoniyatlari uning leksik 
normasini belgilaydi. Umumxalq tilidan o‘sib chiqqan adabiy til unda mavjud 
bo‘lgan so‘z variantlaridan lug‘aviy norma sifatida eng ma‘qulini, hamma 
uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rinishini tanlab oladi, qolgan variantlar esa sheva 
va lahjalarda yashayveradi. O‘zbek adabiy tilining lug‘aviy normasi imlo 
lug‘atida o‘z ifodasini topgan. 
Yozuv (grafik ) norma. Yozuv me‘yori deganda har bir harfni 
kollegrafiya bo‘yicha yozish tushuniladi. Bu me‘yorga, asosan, boshlan g‘ich 
sinf o‘qituvchilarining yozuvi to‘g‘ri keladi. Ko‘p va tez yozish xatni 
hunuklashtiradi, kollegrafiyani buzadi. Noto‘g‘ri yozilgan shakl esa o‘qishni 
qiyinlashtiradi. 
Me‘yor tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo‘lib, unga 
amal qilish shu tilda so‘zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O‘zbek 
tilining qanchalik me‘yorga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi 
umummilliy o‘zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi 
omillardan biridir 
Biz til birliklaridan fikr ifodalash, o‘z maqsadimiz, harakatimiz va his-
tuyg‘umizni tinglovchiga yetkazish uchun foydalanamiz. Shuning uchun ham 
til birliklari fikr ifodalash vositasi sanaladi. Til birliklari sifatida esa 
quyidagilarni ajratish mumkin: 
Fonema - tilning eng kichik birligi bo‘lib, aloqa quroli uchun muhim 
ahamiyatli bo‘lgan farqlovchi belgilarning barqaror yig‘indisi: 
a, o, b, p kabi. 
Morfema - tilning xususiy ma‘noga ega bo‘lgan, boshqa ma‘noli 
qismlarga bo‘linmaydigan birligi: bir, ellik kabi. 
Leksema - jamiyat a‘zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, 
shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, 
belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda 
grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan til birligi. 
Nutq birliklari quyidagilar: 
Tovush (nutq tovushi) - havo oqimining nutq a‘zolari orqali shakllanib, 
ma‘no ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligidir. 



Harf - tovushning yozuvdagi shartli belgisi. 
So‗z - leksemaning nutqda reallashgan shakli ( shuni ham ta‘kidlash
kerakki, so‘z o‘ta serqmrra tushuncha bo‘lib, uning har bir xususiylik qirrasi 
alohida bir ta‘rif uchun asos bo‘lishi mumkin). 
Gap - nutqning bir va undan ortiq so‘z vositasida ma‘lum fikr ifodalash 
maqsadida hosil qilangan birligi. 
Til va nutq 
Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy 
tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va 
murakkab muammolaridai biri bo`lib, ayni masala jahon tilshunos-ligining doimiy 
diqqat markazida turgan va hozirda ham shunday. 
XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va 
nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo`ldi. Ushbu 
muammo tarixiga nazar tashlasak, prof. H.Ne‘matovning ma‘lumot berishicha, til 
va nutq hodisalarini o`zaro farq-lash dastlab VII-IX asrlarda shakllangan arab 
tilshunos-ligining til o`rganish usullarida ko`rish mumkin. Prof.A.Nurmonovning 
tadqiqotida esa temuriylar davri o`zbek tilshunosligining sardori bo`lgan Alisher 
Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari farqlangani, alloma shu masalaga alohida 
e‘tibor bergani qayd etiladi.
3
Ta‘kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o`zining dastlabki haqiqiy, 
mukammal ilmiy-nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan 
buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. 
Til va nutq dialektikasida til o`ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega 
bo`lgan bir butun sistema sifatida faoiyat ko`rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaq 
to`g‘ri ta‘kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasi-ning bir-biri bilan uzviy 
bog‘langan tovush tomoni, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo`lib, ular 
birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. 
Demak, til sistemalar sistemasi – supersistema, mak-rosistema sifatida 
jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`ladi, ijtimoiy-amaliy vazifa 
bajaradi. 
Tilning ijtmoiy mohiyati jpaamiyatda aloqa-aralashuv quroli bo`lishida 
ko`rinadi.
Ijtimoiy-psixik jarayon bo`lgan til o`zining jamiyat-dagi kommunikativ - 
umuman har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq, ko`rinishida, nutq orqali 
amalga oshiradi. Nutq til sistemasining so`zlashuv, fikr almashuv jarayonidagi 
yoki yozuvdagi - matndagi muayyan ifodasidir, ko`rinishidir, holatidir. Shunga 
kura S.Usmonov "Til qachon ma‘lum funksiyani bajarishi mumkin? Til nugq 
sifatida namoyon bo`lgandagina ma‘lum funksiyani bajari-shi mumkin", deydi. 



Miyamizda (ongimizda) obyektiv olamning ta‘siri tufayli hosil bo`lgan 
tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan 
til (nutq) orqali voqyelashadi. Yana ham aniqrogi, har qanday fikrni ifodalash, 
boshqalar bilan aloqada bo`lish, faqat til materiali orqali amalga oshadigan real, 
jonli nutq jarayonida sodir bo`ladi. Til aloqa quroli, insonlar orasidagi munosabat 
vositasi deb baholanganida til materialiga asoslangan... nutq ko`zda tutiladi. 
Til va nutq o`rtasidagi bog‘liqlik, o`zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham 
ma‘lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir 
vaqt-ning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq 
shu materialdan fikr shakllan-tirishdir.
Bizningcha ham, nutq sistemadir, sistem xarakterga egadir. Ammo u tilga 
nisbagan ikkinchi darajali sistema bo`lib, til sistemasiga asoslanadi, undan 
imkoniyat sifa-tida foydalanadi. Til sistemasi asosida nutqiy sistema, nutq 
faoliyati, fikrniip ifodalash sistemasi yuzaga keladi.
Tilning yashashi, mavjudligi, taraqqiyoti nutq orqali bo‘ladi. Masalan, men o`z 
nutqimda o`zbek tilidan foyda-lanib gapiryapman, demak, bu o`zbek tilining 
mavjudligi, uning yashayotganligidir. Demak, tilning har bir aniq ko`rinishi real 
nutqdir, nutq faoliyatidir. 
Til inson xotirasida mavjud lisoniy (lingvistik) birliklardan va qoidalardan 
iborat xazinadir. Nutq esa ushbu birliklarning muayyan qoidalar asosidagi faol 
harakati, muayyan ijtimoiy vazifa bajarishi, ya‘ni nutq jarayondir, amaliyotdir. Til 
ham, iutq ham ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan til va nutq biri 
ikkinchisi orqali amalga oshadi, ya‘ni til nutq orqali, nutq esa til orqali 
voqyelashadi, namoyon bo‘ladi. 
Til va nutq o`zaro aloqador, bir-biri bilan bog‘liq, biri ikkinchisisiz mavjud 
bo`lmaydigan, ammo bir-biridan farqli bo`lgan ijtimoiy hodisalardir.
Til mavhumdir, nugq esa aniqdir, ya‘ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz 
va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va 
muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – 
fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.
Nutq - alohida shaxsga, individga bog‘liq, Til esa alohida shaxsga, individga 
bog‘liq emas.
Tilning ijodkori, yaratuvchisi xalq, A.A.Potebnya aytganidek, til xalqning 
mahsulidir. Nutqning esa ijodkori individdir, insondir. 
Nutq baland va past, tez yoki sekin, uzun yoki qisqa, mimikali yoki mimikasiz, 
qo`l harakati bilan (jest) yoki qo`l harakatisiz, aniq yoki noaniq bo`lishi mumkin, 
tilga bunday ta‘rif-tavsif to`g‘ri kelmaydi. 


10 
Nutq ham monologik, ham dialogik bo`la oladi. Til esa monologik ham, 
dialogik ham bo`la olmaydi. 
Til - aloqa quroli, nutq - aloqa usuli. 
Til - imkoniyat, nutq - voqyelik, ta‘sirchanlik. 
Til - umumiylik, nutq - xususiylik, alohidalik. 
Nutq kelib chiqishiga ko`ra birlamchi, ya‘ni oldin nutq - nutq tovushlari paydo 
bo`lgan, til esa ikkilamchi, nutq asosida shakllangan, tashkil topgan. 
Til tahlil qilish yo`li orqali, nutq esa qabul qilish va tushunish orqali bilinadi. 
Tilning hayoti uzoq, xalqning hayoti bilan bog‘liq, nutqning hayoti esa qisqa, 
ya‘ni aytilgan vaqtdagina mavjud. 
Tilning alohida vazifasi bo`lgan nutq psixologiya, tilshunoslik (uslubshunoslik, 
nutq madaniyati va b.), fiziologiya (nutq apparatining tuzilishini o`rganadi), 
informasiya nazariyasi va boshqa fanlar tomonidan tekshiriladi. 
Til - tilshunoslik, falsafa, mantiq, tarix, semiotika va boshqa fanlar tomonidan 
o`rganiladi. 
Til va nutq orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq faoliyati natijasida 
nutq shakllanadi. Nutq esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. 
Til birliklari yana nutq faoliyati - faolligi uchun xizmat qiladi
1
.
Ma‘lumki, «Til madaniyati, deganda, ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli 
aralashish natijasida, hamma tushunadigan va qo`llay oladigan darajaga keltirilgan-
ligi, ma‘lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun-qoidalari va me‘yorlarining qay 
darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. 
Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari (ajdodlar tomonidan 
ishlatishga to`la yaroqli holga keltirib qo`yilgan ifoda vositalari: tovushlar, so`zlar, 
qo`shimchalar, qoliplar kabilar) va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular 
o`rtasidagi o`zaro munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta‘minlovchi 
qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi». «Qaysi tilda bu qonun-qoidalar past 
darajada ishlangan bo`lsa, o`sha tilni madaniy til sifatida baholab bo`lmaydi. Til 
madaniyati-ning pastligi esa, oxir-oqibatda shu til vakillari nutq madaniyatining 
ham past bo`lishi uchun sabab bo`ladi»
2

Me‘yor tushunchasi
3
Me‘yor - jamiyat a‘zolari tomonidan qabul qilingan, ma‘qullangan va ularga 
tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va 
imkoniyatidir.
1
Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2006, 19-25-б. 
2
Тожиев Ё., Маллабоев М. Ўзбек нутқи маданияти ва услубияти асослари (оммабоп қўлланма). 1-
қисм. – Тошкент, 2006, 8-б. 
3
Мазкур мавзуни ѐритишда асосан қуйидаги дарслик материалларидан фойдаланилди: Каримов С., 
Маматов Х., Бўриев И. Юристнинг нутқ маданияти. Дарслик. – Тошкент, 2004. 


11 
Me‘yor - tilning yashash shaklidir. 
Til va nutq tizimida me‘yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq 
jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me‘yorlashtirish jamiyat 
ehtiyojiga aylangan va me‘yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.
Nutq madaniyati to`g‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli 
va o`rinsiz ishlatilishi to`g‘risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g‘ri 
yoki noto`g‘ri deyilganda, albatta, ma‘lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu 
o`lchov tilshunoslikda adabiy til me‘yori deb yuritiladi. 
Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me‘yorlari bo`lganidek, 
nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me‘yoriga ega. 
Xususiy me‘yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: 1. Dialektal me‘yor. 2. So`zlashuv 
nutqi me‘yori. 3. Argolar, jargonlar me‘yori. 4. Adabiy til me‘yori
4

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me‘yoriy holatlarni 
o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal 
qilishda xalqning maishiy, ma‘naviy-ma‘rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va 
estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e‘tiborga olingan. Til 
hodisa-larini, uning me‘yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy 
xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo`lmagan.
Demak, me‘yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, 
ming yillar davomida shakllangan an‘anaviylikka ega bo`ladi. Tildan 
foydalanishdagi an‘anaviy me‘yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib, 
yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. 
Til me‘yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til 
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham 
me‘yor masalalari-ning nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas.
Tildagi me‘yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal 
qilishning imkoni yo`q. 1989 yilda O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili 
haqida»gi љonuni љabul љilinishini katta voљyea bo`ldi. Ammo uning hamma 
moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo`lmadi. O`sha paytda 
qonuniy bo`lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o`zbek 
millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod 
chiqarganligi, farzandlarini ham bog‘chalar va maktablarda ana shu tilda ta‘lim-
tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to`siqlardan bo`lib turdi. 
Oqibatda ma‘lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog‘ozlarini 
yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o`tkazishda rus tilidan foydalanishdagi 
mavjud an‘analar o`z kuchini saqlab turdi.
4
Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Iqtisod-moliya, 2006, 15-б.


12 
Til elementlarining ma‘lum bir me‘yorga keltirili-shi, bir tomondan, til 
mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda 
ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma‘lum - tilning amalda bo`lish 
holatlariga tazyiq o`tkazib bo`lmaydi. Lekin tegishli yo`l-yo`riqlar, ko`rsatmalar, 
tavsiyalar berib borilishi zarur.
Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so`zlashni xalqimiz orasida 
ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada 
ham tildan foydalanish me‘yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan 
bo`lib qolmoqda. Xalqimizning nutq madaniyatini yanada yuksaltirish masalasi 
ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi talablarini to`la 
bajarish, yurtdoshlarimizni ma‘naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol 
ishtirok-chisiga aylantirish, yoshlarimizni erkin, yangicha fikr-lashga 
o`rgatishga til madaniyatisiz erishib bo`lmaydi.
Til birliklarini me‘yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo`lgan 
bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanaladi. Nutq 
madaniyati tilda ma‘lum me‘yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo`llanish 
shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu 
me‘yorga amal qilishni ma‘lum ma‘noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi 
yutuљ va kamchiliklar tahlil qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng ma‘qul 
yo`llari ko`rsatib turiladi. 
Til elementlarining me‘yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan 
yangilik o`rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so`z va 
iboralar ularning o`rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o`rnini bo`shatib 
bermaydi. Ma‘lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar 
o`tishi bilangina o`rnini bo`shatib berishi mumkin. 
O`zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o`sib chiqqan bo`lsa ham, 
unda mavjud bo`lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so`zlashuv 
tilidan, umuman, xalq tilidan ba‘zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq 
tili o`zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o`z ichiga oladi va 
ishlanmagan shaklda bo`ladi. Adabiy til esa undan o`zbek millati uchun 
tushunarli bo`lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi 
hamda ularni millat vakillari uchun me‘yor sifatida tavsiya etadi. 
Har qanday til me‘yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me‘yorlarga 
bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Me‘yorga nisbatan qo`llaniladigan umumiylik va xusu-siylik til 
me‘yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan 
olinganda anglashi-ladigan tushunchalardir. Shu ma‘noda o`zbek umumxalq 
tilidagi barcha me‘yorlar yig‘indisini umumiy me‘yor, adabiy, lahjaviy, turli 


13 
ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me‘yorlarni xususiy me‘yorlar sifatida qabul qilish 
mumkin. 
Shunday qilib, bir tomondan, o`zbek tiliga tegishli bo`lgan barcha me‘yorlar 
yig‘indisini umumiy me‘yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo`llanish 
doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste‘molchilari va tildagi barcha 
vazifaviy uslublar uchun baravar bo`lgan birliklar majmuini anglaymiz. 
«Umumiy norma tushuncha-si o`zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy 
ko`rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo`lgan vositalari tizimi 
ma‘nosini ham anglatadi»
5
.
«O`zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste‘moldagi so`zlarning 
barcha so`z turkumlarida uchrashi qayd qilib o`tilgan. Masalan otlarda – daryo, 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin