A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


  4– mavzu  So‘zni tovushli shaklini o‘zlashtirish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix03.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
NUTNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI FANIDAN MAJMUA (1)

 


37 
4– mavzu  So‘zni tovushli shaklini o‘zlashtirish 
Reja
1. Nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichi.
2. Nutqni tug‘ma asoslari: chaqaloqning qichqirishi va yig‘isi, ularni bolaning 
sub‘ektiv holati bilan aloqasi.
3. Gugulash davri hususiyatlari. Guvrashning fonetik boyligi va hilma-hilligi. 
4. Guvrash tuzilmalarinin abamivati va o‘zgarish hususiyatlari. Ona tilini 
hissiy-ifodaviy vokalizmini o‘zlashtirish. 
Adabiyotlar 
1. Mamedov K.K., SHoumarov E.B. Akli zaif bolalar psixologiyasi. Ukuv 
kullanma. T.: Ukituvchi, 1994. 
2. Petrova V.G., Belyakova I.V. Psixologiya umstvenno otstalыx 
shkolьnikov. -M.: ASAMEDIA, 2004. 
3. Mo‗minova L., Amirsaidova Sh. va boshqalar. Maxsus psixologiya. - T.: 
O‗zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2013. 
Nutqning anatomik-fiziologik mehanizmlarini, ya'ni nutq faoliyatining 
tuzilishi va ishlashi jihatidan tashkil etilishini bilish, birinchidan, nutqning 
murakkab mehanizmini normada tasavvurqilish, ikkinchidan, nutq patalogiyasi 
(buzilishi) tahliliga differentsial yondoshish; uchinchidan, tuzatuvchi ta'sir 
yo‘ullarini to‘g‘ri belqilashga imkon beradi. 
Nutq insonning murakkab oliy psihik funktsiyalaridan biridir. 
Nutq harakatlari murakkab a'zolar sistemasi orqkali amalga oshiriladiki, 
bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o‘ynaydi. 
XX asrning boshlaridayoq nutq funktsiyasini miyadagi mahsus «alohida nutq 
markazlari»ning mavjudligi bilan bog‘glagan nuqtai nazar keng yoyilgan edi. 
I.P.Pavlov bu qarashga yangi yo‘nalish berdi. U bosh miya qobig‘ining nutq 
funktsiyalari lokalizatsiyasi murakkab bo‘libgina qolmay, balki o‘zgaruvchan 
hususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik lokalizatsiya» deb 
atadi. 
Hozirgi vaqtda P.K.Anohin, A.N.Leonteva, A.R.Luriya va boshqa 
olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday psihik funktsiyalarning 
asosi alohida «markazlar» bo‘lmay, balki markaziy asab sistemasining turli 
joylarida joylashgan murakkab funktsiyalar tuzumi hisoblanadi. 
Nutq faqat inson uchun hos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa 
shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta'sir 
etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va 


38 
grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi o‘z fikrini bayon etish uchun zarur 
bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi 
va nutq a'zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. 
Odam nutqi tushunarli va ma'noli bo‘lishi uchun nutq a'zolarining harakatlari 
aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu harakatlarni mahsus ihtiyoriy 
kuch ishlatmasdan ro‘yobga chiqarish mumkin bo‘lgan avtomatik bo‘lishi lozim. 
Aslida ham huddi shunday boladi. Odatda, gapiruvchi faqat o‘z fikrini 
nazoratqiladi, nafas olganda uning tili og‘zida qanday holatda bo‘lishi va hokazolar 
haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Bu nutqni talaffuz etish mehanizmi faoliyati 
oqibatida sodir boladi. Nutq talaffuzi mehanizmi harakatini tushunish uchun nutq 
apparatining tuzilishini yahshi bilishi zarur. 
Nutq apparati o‘zaro chambarchas bog‘langan ikki qismdan: markaziy (yoki 
boshqaruvchi) nutq apparati va periferik (yoki bajaruvchi) qismdan tashkil topgan 
(1-rasm). 
Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig‘idan, 
qobiq osti tugunlaridan, o‘tkazuvchi yo‘llar, o‘zakdan (avvalo uzunchoq miyada), 
yadrolar va ovoz, nafas, artikulyatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil 
topadi. 
Markaziy nutq apparati va uning bo‘limlari vazifasi nimalardan iborat? 
Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlari singari, reflekslar asosida 
shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. 
Biroq bosh miya qobig‘ining ayrim bo‘limlari nutqning hosil bo‘lishida asosiy rol 
o‘ynaydi. Bolar chap (chapaqaylarda o‘ng) yarim sharning peshona, chakka va 
ensa qismlaridir. Bosh miya qobig‘ining bu qismlarida nutq faoliyatida aktiv 
ishtirok etuvchi: 
1. Nutq harakat analizatori. 
2. Nutq ko‘ruv analizatori. 
3. Nutq eshituv analizatori joylashgan. 


39 
1 - rasm. Nutq apparatining tuzilishi. 
1-bosh miya; 2-burun bo‘shlig‘i; 3-qattiq tanglay; 4-og‘iz bo‘shlig‘i; 5-lablar; 
6-tishlar; 7-til uchi; 8-til orqasi; 9-til ildizi; 10-kichik tilcha; 11-halqum; 12-
hiqildoq; 13-traheya; 14-o‘ng bronh; 15-o‘ng o‘pka; 16-diafragma; 17-
qizilo‘ngach; 18-umurtqa; 19-orqa miya; 20-yumshoq tanglay. 
Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap peshona qismida 
joylashgan bo‘lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og‘zaki nutqning paydo 
bo‘lishida qatnashadi. 
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida 
joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni 
qabo‘lqilish jarayoni ro‘y beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa 
bolagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning ko‘ruv markazi hisoblanib, yozma 
Nutqni o‘zlashtirish uchun hizmatqiladi. 
Qobiq osti yadrolari nutqning sur'ati va ifodaliligini boshqaradi. 
O‘tkazuvchi yo‘llar. Bosh miya qobig‘i pereferik nutq a'zolari bilan o‘zaro 
bog‘liqdir. Bunda nerv yo‘llarining ikki: markazdan qochuvchi va markazga 
intiluvchi turlari ishtirok etadi.Markazdan qochuvchi (harakatlanuvchi) nerv 
yo‘llari bosh miya qobig‘ining periferik nutq apparati faoliyatining boshqaruvchi 
muskullari bilan bog‘laydi. Markazdan qochuvchi yo‘l bosh miya qobig‘ining 
Broka markazidan boshlanadi. Pereferiyadan markazga, ya'ni nutq a'zolari 
qismidan bosh miya qobig‘iga, markazga intiluvchi yo‘llar utadi. 
Markazga intiluvchi yo‘l proprioretseptorlarda va baroretseptorlarda 
boshlanadi. 
Proprioretseptorlar 
muskullar harakat a'zolarining bo‘g‘inli 
qatlamlarida joylashgan boladi. Proprioretseptorlar muskullarning qisqarishi 
ta'sirida harakatga keladi. Proprioretseptorlarning vazifasi muskullarimiz 
faoliyatini nazoratqilishdir. Baroretseptorlar o‘zlariga nisbatan bo‘lgan bosimning 
o‘zgarishi natijasida harakatga keladi va ular halqumda joylashgan boladi. Biz 
gapirgan vaqtimizda markazga intiluvchi yo‘l orqali bosh miya qobig‘iga 
kelayotgan proprio va baroretseptorlar harakati ro‘y beradi. Markazga intiluvchi 
yo‘l butun nutq organlari faoliyatida umumiy regulyator (boshqaruvchi) lik rolini 
bajaradi. 
Stvol yadrosidan bosh miya nervlari boshlanadi. Pereferik nutq apparatining 
hamma a'zolari bosh miya nervlari bilan ta'minlanadi. Ulardan asosiylari: uch 
tarmoqli, yuz, til-halqum, sayyor, qo‘shimcha va til osti nervlaridir. 
Uch tarmoqli nerv pastki jag‘ni harakatga keltiruvchi muskullarni 
innervatsiyalaydi; yuz nervi mimik muskulaturani, shu bilan birga lablarni 
harakatga keltiruvchi, lunjlarni shishiruvchi va ichki tomonga tortuvchi 
muskullarni; til-halqum va sayyor nervlar – hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum 


40 
va yumshoq tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari til-halqum 
nervi tilning sezuvchi nervi bo‘lib hisoblanadi. Sayyor nerv esa nafas va yurak 
a'zolarining muskullarini innervatsiyalaydi. Qo‘shimcha nerv bo‘yin muskullarini 
innervatsiyalaydi, til osti nervi til muskullarini harakat nervlari bilan ta'minlaydi. 
Bu sistema bo‘yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulslari markaziy nutq 
apparatidan periferik nutq apparatiga yuboriladi. Nerv impulslari nutq a'zolarini 
harakatga keltiradi. 
Markaziy nutq apparatidan nutq apparatiga boruvchi bu yo‘l nutq 
mehanizmining faqat bir qismini tashkilqiladi. Uning boshqa qismi orqaga, ya'ni 
pereferiyadan markazga qaytuvchi aloqadan iborat. 
Endi periferik nutq apparatining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. 
Periferik nutq apparata uch bo‘limdan iborat: 1) nafas bo‘limi; 2) ovoz 
bo‘limi; 3) artikulyatsion bo‘lim. 
Nafas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronhlar va traheya kiradi. 
Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq nafas chiqarish 
fazasida hosil boladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida 
tovush hosilqiluvchi va artikulyatsion funktsiyani bajardi. (Shu bilan birga, asosiy 
funktsiyasi – havo almashinuvini ham bajaradi). Nafas olish nutq jarayonida, odam 
jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farqqiladi. Nafas chiqarish nafas olishdan bir oz 
uzoqroq boladi (Nutqdan tashqari vaqtda nafas olish va nafas chiqarishning 
davomiyligi deyarli bir hil boladi). Bundan tashqari nutq talaffuzqilinayotgan 
vaqtda nafas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) 
vaqtidagidan ikki marotaba kamdir. 
Uzoq nafas chiqarish uchun ko‘p havo zapasi kerak bo‘lishi tushunarlidir. 
Shuning uchun nutq jarayonida havo olish va chiqarishning hajmi ko‘payadi 
(tahminan 3 marta). Nutq vaqtida nafas olish nisbatan qisqa va chuqur boladi. Nutq 
vaqtidagi nafas olishning yana bir hususiyati shundaki, nutq jarayonidagi havo 
chiqarish havo chiqarish muskullarining aktiv harakati ostida sodir boladi. Bu esa 
uzoq va chuqur nafas chiqarishga imkon yaratadi va bundan tashkari, havo oqimi 
bosimini ko‘paytiradi (busiz jarangdor nutqning bo‘lishi mumkin emas). 
Ovoz bo‘limi hiqildoq va u bilan birga joylashgan ovoz paychalaridan tashkil 
topgan. Hiqildoq nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi. Hiqildoq 
havoning traheyaga o‘tishini ta'minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga 
to‘sqinlikqiladi. Hiqildoq bo‘yinning oldingi qismida joylashgandan hiqildoq 
do‘ngi ayniksa ozg‘in kishilarda ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Ana shu do‘nglik 
kekirdak olmosi deb ataladi. Hiqildoq gapirganda, yo‘talganda, ashula aytganda 
oson harakatlanadi. Hiqildoq tok uzuksimon, shohsimon va juft cho‘michsimon, 
shohsimon tog‘aylardan iborat. Hiqildoq asosi bir-biri bilan bo‘g‘imlar orqali 


41 
birikkan tog‘aylardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘g‘imlarda harakat mahsus 
muskullar apparati yordamida ro‘y beradi. 
Hiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki 
sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi. 
Erkaqlarda hiqildoq ayollarga nisbatan kattaroq, ovoz paychalari esa uzunroq 
va qalinroqdir. Ayollarda ovoz paychalarining uzunligi o‘rtacha 18-20 mm, 
erkaklarda 20-24 mm gacha boladi. 
O‘g‘il va qiz bolalarda balog‘atga etish davri boshlangunga qadar 
hiqildoqning kattaligi va tuzilishida farq bo‘lmaydi. Hiqildoqda o‘zgarish qizlarda 
12-13, o‘g‘il bolalarda 13-15 yoshda sodir boladi. Bu vaqtda hiqildoqning kattaligi 
qizlarda 1G`3, o‘g‘il bolalarda 2G`3 qismga o‘sadi va ovoz paychalari cho‘ziladi. 
Ilk yoshdagi bolalarda hiqildoqning shakli voronkasimon boladi. Bolaning 
o‘sishiga qarab hiqildoq asta-sekin silindrsimon shaklga yaqinlashadi. 
Ovoz paychalari o‘zining massasi bilan hiqildoqning ko‘p qismini egallab 
oladi va tor ovoz tuynugini qoldiradi. 
Odatdagi nafas olishda ovoz tuynugi keng ochiladi, tengyonli uchburchak 
shakliga keladi. Bunda nafas olayotgan va nafas chiqarayotgandagi havo keng 
ovoz tuynugidan bemalol o‘tib ketadi. 
Ovoz (yoki fonatsiya) qanday sodir boladi? Ovozning hosil bo‘lishida ovoz 
paychalari qisqargan holatda boladi. Chiqarilayotgan havo oqimi qisqargan ovoz 
paychalari orasidan o‘tayotib, ularni bir oz chetga suradi. Keyin yana 
chiqarilayotgan havo oqimi bosimi ostida o‘zining pishiqligi hamda hiqildoq 
muskullarining harakati bilan o‘z holiga qaytadi. Chiqarilayotgan havo oqimining 
bosimi tamom bo‘lgunga qadar ovoz paychalarining qisqarishi va cho‘zilishi 
davom etaveradi. 
Ovoz paychalarining tebranishi tufayli chiqarilayotgan havo oqimi ovoz 
paychalari ustida tebranish chastotasiga aylanadi. Bu tebranishlar tevarak-atrofga 
etkaziladi va biz uni ovoz tovushlari deb qabo‘lqilamiz. 
Shivirlab gapirganda ovoz paychalari butunlay qisqarmaydi: orqa qismida 
ular orasida chiqarilayotgan havo oqimi o‘tadigan kichkina teng tomonli 
uchburchaksimon tuynuk qoladi. Ovoz paychalari bu vaqtda tebranmaydi, lekin 
kichkina uchburchak tuynuk chetlariga tegib o‘tadigan havo oqimi shovqin keltirib 
chiqaradi va u biz tomondan shivirlash tariqasida qabo‘lqilinadi. 
Ovoz kuchga, balandlikka va tembrga ega. 
Ovozning kuchi asosan havo bosimining kattaligi bilan, ya'ni chiqarilayotgan 
havo kuchi bilan ovoz paychalarining tebranish amplitudasiga bog‘liq. 
Rezonator bo‘shlig‘ining kattaligi va shakli, shu bilan birga hiqildoq 
tuzilishining hususiyatlari ovozning individual sifatiga yoki tembriga ta'sir etadi. 


42 
Faqat tembrga ko‘ra biz odamlarni ovozidan farqqilishimiz mumkin. Ovozning 
balandligi ovoz paychalarining tebranish chastotasiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida 
ularning uzunligiga, qalinligiga va qisqarish darajasiga bog‘liq. Ovoz paychalari 
qanchalik uzun, qalin va kam qisqargan bo‘lsa, ovoz shunchalik sekin chiqadi. 
Bundan tashqari, ovozning balandligi havo oqimining ovoz paychalariga 
beradigan bosimiga va ularning cho‘zilish darajasiga bog‘liqdir. 
Muallitlar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko'rsatadilar, ularni har
xil nomlaydilar va har binning yosh chegaralarini turlicha ifodalavdilar. 
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 
1) tayyorlov davri (2 yoshgacha); 
2) nutqning mustaqil shakllanish davri. A. N. Leontev bola nutqining 
shakllanishini 4 davrga bo'lib ko‗rsatadi; 
1) tayvorgarlik davri — 1 yoshgacha; 
2) bog'chagacha bo'lgan davr — 3 yoshgacha; 
3) maktabgacha bo'lgan davr —7 yoshgacha; 
4) maktab davri. 
Bu davrlaming to'Iiq tavsill ustida to'xtalib o'tamiz. Shunday qilib, birinchi
davr — tayyorgarlik davri (bola tug'ilgandan bir yoshgacha). 
Bola tug‗ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‗idan
iborat bo‗ladi. To‗g‗ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq
va vig'i nutq apparatining 3 bo'Iimini (nafas olish, ovoz hosil bo'lish,
artikulatsion) rivojianishida katta rol o'ynaydi. 
Ikki hafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga c'tibor bcra boshlaydi.
Unga gapirayotganda quloq soladi, yig'lashdan to'xtaydi. Bir oyligining oxiriga
borib, uni mayin qo'shiq (alia) ostida tinchlantirish mumkin boMib qoladi. 
Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko'ziari
bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e‘tibor bera boshlaydi: mayin 
gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yig'laydi. 
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo'g'inlarning talaffuzi paydo
bo'ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq
artikulatsiya qilinmaydi. 
Bolalarning chug'urlashi haqida biz ko'pgina lug'atlardan va bolalar nutqining
rivojlanishi bilan bog'liq masalalar voritilgan istalgan adabiyotdan umumiy
ma‘lumotlarni olishimiz mumkin. Aniq ma‘lumotlarga kelsak, bizning bu
masalada nochorligimiz seziladi.
Chug'urlash bosqichining rivojlanishi haqidagi aniq va sistemali kuzatilgan
ma‘lumotlardan tuzilgan yagona maqola vaqini vaqtlargaeha G. Goer
(Deryagina) va A.E. Goer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta bola 


43 
kuzatilgan edi. Shuning uchun namoyon bo'lgan faktlaming barchasi chug'urlash
bosqichining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga qanchalik ko'p yoki
kainroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu faktlarda shu bolaning 
individual xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik kerak. 
A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 la bolada
chug'urlash bosqichining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan
materiallarga egamiz. 
Chug'urlash bosqichining namoyon bo'lish muddatiga kelsak, bu yerda turli
llkrlar mavjud: bir guruh mualliflar bu bosqich bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 
3-oyning boshlarida namoyon bo'ladi deb hisoblavdilar.
Chug'urlash bosqichining namoyon bo'lish muddatini aniqlashda bunday katta
farq haqiqiy chegaralami topishda qivinchilik tug'diryapti. Bu esa o'z 
navbatida ilgari keluvchi gu-gulash davri bilan chug'urlash bosqichini
chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi birqarashda A. A. Leontev (1965)
tomonidan gu-gulash va chug'urlash bosqichlari orasidagi ma'lum farqlar to'g'ri
ifodalangan bo'lsada, bu 2 nutqgacha bo'lgan davrlar o'tish stadiyasida 
Shunday qo'shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib qoladi. Darvoqe,
chegaralarning bunday noaniq ko'rinishini chug'urlashdan haqiqiy nutqga
o'tishda ham kuzatish mumkin: bolada hosil bo'lgan so'zlar bilan bir qatorda
ma'lum vaqt mobaynida atrof olamdagi predmet va hodisalarga aloqasi
bo'hnagan chug'urlovchi tovushlar uyg'unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari
gu-gulash va chug'urlash bosqichlari orasidagi chegara singari, chug'urlash bilan 
nutq orasidagi chegara ham individualdir. Bir vaqtda har bir bolada chegara
o'ziga qarab u yoki bu tomonda bo'lishi mumkin. 
A.D. Salaxovaning kuzatishlari bo'yicha chug'urlash bosqichi namoyon 
bo'lishining haqiqiy muddati taxminan 4 - va 5- oylar o'rtasiga to'g'ri keladi. 
Aynan shunday fikrni A.A. Leontevning yuqorida keltirilgan ishida ham 
ko'rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, bola hayotining 4-oyi chug'urlash
davrining boshlanishi bo'lib sanaladi. 
Bizda bir savol tug'iladi: bola chug'urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday
munosabatda bo'ladi, ya‘ni boshqacha aytganda, chug'urlash bevosita nutqiy
muhit ta‘siri ostida yoki unga bog'liq bo'lmagan holda riv'ojlanadimi? Bu
savol behudnga berilgan emas. Chunki maxsus adabiyotlarda bu masala ko'p
ma‘noda tushuntiriladi. Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy
(1915) chug'urlashni tovushlar hosil bo'lishi jarayonidagi bolaning "ermagi"
sifatida izohlaydi. Bunda u chug'urlashni nutq organlari bilan o'ynaladigan
oyoq-qo'lini bemaqsad harakatlantirishiga o'xshash deb tushuntiradi. Boshqa 


44 
mualliflar, masalan, M. A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov ( ISS3) 
chug'urlashni atrofdagilar nutqiga taqlid "meva"si sifatida baholaydi. 
Berilgan savolni yechish usullaridan biri bo'lib, chug'urlash bosqichining 
tovush tarkibini aynan o'sha nutqiy tovushlar (lonemalar) sistemasi bilan 
solishtirish va taqqoslanishi hisoblanadi. 
Agar chug'urlash bosqichining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga bog'liqligini 
taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi, eng
avvalo, unii tovushlarda namoyon bo'lishi kerak. Chunki unli tovushlar akustik 
munosabatda birmuncha "yorqinroq" va undoshlarga qaraganda bir-biriga
birmuncha zidroq. 
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chug'urlash bosqichida o'zining artikulatsiyasi 
jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan o'xshaydigan faqat unli tovushlar 
aniqlanavermaydi, balki muayyan tilga xos bo'lmagan tovushlar ham aniqlandi.
Masalan: unli (ci), artikulatsiyasi jihatidan ingliz tiliga vaqin (Ц); tovushlar
orasida o'rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan, ya‘ni
nazalizatsiyalangan tovushlar (a), (o) — fransuz tiliga xos. Shuni ta‘kidlash
joizki, atrofidagi tilga aynan o'xshamaydigan, chug'urlash bosqichidagi unli 
tovushlar miqdori, aynan o'xshash tovushlarga nisbatan ko'proq. 
Til oldi tovushlari xuddi portlovcliilar va shovqinlilar singari ingliz tiliga xos
chiqadi. Chug'urlash bosqichining oxirlariga kelib bolada tishlar pavdo bo'lgani
bilan, til oldi tovushlar chug'urlash bosqichida umuman ko'rinmaydi. Ayrim 
bolalarda bu vaqtga kclib lab-tisli undoshlari paydo bo'ladi. Demak, chug'urlash 
bosqichida portlovchi va shovqinlilar pavdo bo'lmaydi. 
Chug‗urlash bosqichi rivojlanishining umumiy sxcmasini taxminnn shunday 
tarzda berish mumkin. 
Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiv taraqqiyoti natijasida bolaga ma‘lum
miqdorda artikulatsion rivojlanish dasturi o'tadi. Gu-gulash davrida va
chug'urlash bosqichining dastlabki bosqichlarida bu dastur bolalarning eshitishi
holatiga bog‗liq bo'lmagan holda amalga oshadi: biz bu haqda yuqorida aytib 
o'tgan edik, ya'ni gu-gulash va chug'urlash bosqichi kar bolalarda ham bo'ladi. 
Cluig'urlash bosqichi rivojlanishining keyingi bosqichlarida autoexolaliya 
mexanizmi qo'shiladi. Bu rivqjlanishda autoexolaliya mexanizmi faqat umumiy
stimullovchi rol o‗ynaydi.
Chug'urlash bosqichida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning
o'zida paydo bo'ladi. Bu ycrda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklaiga 
egadir. Biroq bu yerda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda
alohida jarangsiz undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bo'ladi. 
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: 


45 
chug'urlashning tovush tarkibi ma‘lum miqdordn atrofdagilar nutqining tovush
sistemasidan farq qiladi. Chug'urlash bosqichida ona tiliga adekvat tovushlardan 
ko'ra noadekvat tovushlar ko'proq. Iteratsiyani o'z ichiga olgan bo'g'in
strukturasi ruscha so'zlarning bo'g'in strukturasidan juda farq qiladi va bu
holat, chug'urlash atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mcvasi emasligiga
asos bo'ladi. Atrofdagilar nutqiga taqlid qilish uchun bolada bu davrda sensor va
motor markazlar hali to'la yetilmagan bo'ladi. 
Autoexolaliya, chug'urlash bosqichini tovushlar zaxirasi bilan bovitmaydi, chunki 
oz-o'ziga taql id jarayonida bola faqat talaffuz qilganini o‗zinigina eshitadi. 
Chug'urlash bosqichining keyingi rivojida, ayniqsa bu bosqichning tugashi
bosqichida exolaliya mexanizmi qo'yiladi. Bu mexanizm, chug'urlash bosqichi
rivojlanishini umumiy rag'batlantirish bilan birga, ma‘lum miqdorda bu
bosqichni tovushlar zaxirasi bilan boyitadi. 
Artikulyatsion bo‘lim. Artikulyatsion bo‘limning asosiy a'zolari: til, lablar, 
jag‘ (yuqori va pastki), qattiq va yumshoq tanglay, alveolalardir. Ulardan til, lab, 
yumshoq tanglay va pastki jag‘ aktiv, qolganlari passiv organlar bo‘lib hisoblanadi. 
Artikulyatsion bo‘limning asosiy a'zosi tildir. Til – salmoqli muskul a'zosidir. 
Yig‘ilgan jag‘da (jag‘lar bir-biriga tegib turganda) u deyarli butun og‘iz 
bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Tilning oldingi qismi harakatchan, orqa qismi harakatsiz 
bo‘lib, til ildizi nomini olgan. Tilning harakatchan qismining uchi, old, yon va orqa 
tomonlari farq kilinadi. Tilning murakkab muskullar sistemasi, ularning katta 
kenglikda shaklini o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu juda katta ahamiyatga 
ega, chunki u hamma unli va deyarli hamma undosh tovushlarni (lab tovushlaridan 
tashqari) hosil bo‘lishida qatnashadi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida pastki 
jag‘, lablar, tish, yumshoq va qattiq tanglay, alveolalar ham ishtirok etadi. 
Nutq tovushlarining balandligi va aniqligi rezonatorlar tufayli hosilqilinadi. 
Rezonatorlar nadstav nayida joylashgan. 
Nadstav nayi – bu hiqildoqdan yuqorida joylashgan: halqum, og‘iz bo‘shlig‘i 
va burun bo‘shlig‘i hisoblanadi. 
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo 
boladi. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida,- deb yozgan edi I.P.Pavlov,- 
odam fazasiga kelib nerv faoliyati mehanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha 
qo‘shildi». Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal sistemasi 
vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida 
muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga hos bo‘lgan ikkinchi signal 
sistemasi qaror topdi. 
«Bo‘lg‘usi odamda,- deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar, 
birinchi signallarning signallari – talaffuz etiladigan, eshitiladigan va ko‘riladigan 


46 
so‘zlar ko‘rinishida paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga 
etdi». 
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal sistemasining birinchi signal 
sistemasi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qo‘llab-quvvatlangandagina 
to‘g‘ri shakllanadi. Birinchi signal sistemasi sezgi hosilqiluvchi signallarga ega. 
Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi 
muhimdir. 
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi, hayotining 
ikkinchi haftasiga kelib, bolaning ovoziga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, 
bu eshituv analizatorining funktsional jihatdan etarlicha etukligi hamda markaziy 
nerv sistemasida eshituv dominantasi paydo bola olishini ko‘rsatadi. Hayotining 2-
oyiga kelib bola sifat jihatdan har hil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab 
ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo boladi. Bola 3-4 oylik bo‘lib qolganda 
tovushlarning tonini ajrata boshlaydi. 
Bolalarda nutqning eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 
6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga 
qaraganda yuqori boladi. 
Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, 
suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab kolish qobiliyati 
va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi. 
Shundayqilib, bola o‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv 
analizatoridan kelayotgan signallarga bo‘ysundirish malakasini egallab boradi. 
Eshituv yordamida bola atrofdaqilarning Nutqini idrok etadi, unga taqlidqiladi va 
o‘z talaffuzini nazoratqiladi. 
L.V.Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan tekshirishlarining 
ko‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Db dan ko‘p bo‘lmagan) 
ayrim tovushlarni idrokqilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday 
pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa, 
odatda nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida 
buzilishlar bolar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tuzim ham etarli darajada 
rivojlanmaydi. 
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdaqilar nutqiga taqlidqilish 
rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bo‘lgan tengdoshlaridagidek 
paydo boladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli 
asta-sekin so‘nib boradi. Bu holatlarda mahsus pedagogik ta'sirsiz bolalarda nutq 
rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdaqilarning 
so‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani 
ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, Nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p 


47 
hollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat 
tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan 
bartarafqilinadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin