NUTNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI FANIDAN MAJMUA (1)
suv, osmon, yer, tosh, tog’, bog’, daraxt, uy, devor, ko`cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda – bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fe‘llarda –
bor, kel, ket, yur, tur, o`tir, uxla, yot, ayt, qo`y, o`t kabi; ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko`p kabi; bog‘lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi
6
.
Keltirilgan so`zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili
doirasida qaraladigan lahja va so`zlashuv nutqida ham qo`llanilaveradi. Bu esa
ana shu til vositalarini bir tilning umumiy me‘yorlari qurshovida qarashga asos
bo`ladi.
Xususiy me‘yor ma‘lum til umumiy me‘yorlarining yashash shaklidir.
Shunday ekan, yuqorida sanab o`tilgan o`zbek adabiy tili, lahja va shevalari
hamda ijtimoiy tarmoqlarining me‘yori xususiy me‘yor sanaladi. Xususiy
me‘yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo`lsak, har bir shaxsning tildan
foydalanish me‘yorini ham, o`zbek tilida mavjud bo`lgan beshta – rasmiy, ilmiy,
publisistik, badiiy, so`zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me‘yorlarni
ham xususiy me‘yorlar deb tushunishimizga to`g‘ri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo`lib, uning
boshqa ko`rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov
doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir
millatga oliy darajada xizmat qilishga mo`ljallangan. Shuning uchun chegara
bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
5
Бегматов Э., Маматов А. Адабий норма назарияси, II қисм. – Тошкент, 1998, 78-б.
6
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент, 1981, 11-12-б.
14
Millat manfaati va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy
tilning o`ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati ko`p
bo`lib, ular orasida me‘yoriylik markaziy o`rinda turadi. O`zbek adabiy tilining
o`zbek
xalqi
uchun
umummajburiyligi,
ko`pvazifaliligi
va
uslubiy
tarmoqlanganligi kabi xusu-siyatlarning birontasi me‘yoriyliksiz amalga
oshmaydi.
Adabiy tilning me‘yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me‘yorlaridan
tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifati-da
quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kodifikasiyalangan-lik – ongli aralashuv yo`li
bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o`zlashganlik va anglanganlik,
egal-langanlik va tushunilganlik, qat‘iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda
mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo`llanuvchanlik, umummajburiylik
va namunaviy-lik, turg‘unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik,
an‘anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan
o`suvchanlik, variantli-lik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obe‘ktivlik
kabilar.
Me‘yorlar haqida gap ketganda, ko`pincha, «ongli tanlash» tushunchasi esga
olinadi. Tildagi elementlarning me‘yorlashuvida tanlashning ahamiyati katta,
albatta. Jamiyat a‘zolari orasida bu jarayon xuddi tabiiy tanlanish singari amalga
oshiriladi, lekin u ong yordamida boshqariladi. Kishilar nutq jarayonida o`zlari
uchun tushunarli, muddaosini, fikr-mulohazalarini ma‘qul tarzda ifodalay
oladigan, hatto talaffuzda ham qulay bo`lgan variantlarni tanlab ishlata
boshlaydilar va bu variant asta-sekinlik bilan me‘yoriy ko`rinish sifatida e‘tirof
etiladi.
Tanlanish uchun variantlar bo`lishi lozim. Ammo variantlarning paydo
bo`lishi til taraqqiyotida ma‘lum vaqtning o`tishini taqozo qiladi. Demak,
ungacha, haqiqiy ma‘noda me‘yorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana
qandaydir
bosqichlarni
bosib
o`tadi
va
tanlanish
jarayoni
tilning
me‘yorlashuvida keyingi bosqichlardan biri sanaladi.
Nutq jarayonidagi odat va ko`nikmalarni ana shunday bosqichlar deb
tushunsak to`g‘ri bo`ladi. Chunki ma‘lum predmet yoki tushunchaning ifodasi,
atamasi bo`lgan birlik tilda paydo bo`lar ekan, undan foydalanishga til vakillari
dastlab o`rganishi, odatlanishi lozim. Bu birliklarni qanday talaffuz qilishdan
tortib, u anglatgan ma‘noni fahmlash, anglab yetishgacha bo`lgan jarayon yuz
berishi kerak. Shunday ekan, kishi ongi va amaliyotida til birligi
me‘yorlashishining birinchi bosqichi odatlanish bo`lib hisoblanadi. Bu
elementlar tinimsiz, takror-takror ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida
ko`nikma hosil bo`ladi. Ko`nikmalar esa me‘yorlashishni bir qadar
15
mustahkamlaydi, deb bemalol aytish mumkin. Ana shuning uchun ham tanlash
imkoniyati tilning amalda bo`lishining keyingi davrlariga – til ham shaklan, ham
mazmunan boyigan, adabiylik darajasiga ko`tarilgan paytlarga to`g‘ri keladi.
Ungacha esa til, olimlar ta‘biri bilan aytganda, «sodda til», «xom til»,
«ishlanmagan til» ko`rinishlarida bo`ladi. Tilning sheva va lahjaviy shakllarini
ana shu ko`rinishlar sifatida baholash mumkin.
Garchi umumxalq tilining hamma ko`rinishlarida, barcha til jamoalarida
o`ziga xos tarzda amal qiladigan me‘yorlar mavjud bo`lsa ham
kodifikasiyalashtirilgan, ya‘ni ma‘lum qoidalarga kiritilgan me‘yorlar faqat
adabiy tilga xos xususiyatdir. Faqat adabiy tildagina, - deydi V.A. Iskovich, -
qanday gapirish va qanday gapir-maslik; me‘yoriy grammatikalarda, lug‘atlarda,
ma‘lumot-nomalarda qayd etilgan; maktablarda o`rganiladigan qoida va
ko`rsatmalar amal qiladi. Shuning uchun ham adabiy tilning umumxalq tilidan
farq qiluvchi tomoni unda yagona me‘yorning qat‘iy amal qilishi hisoblanadi.
Patologiya (yun. pathos — kasallik va..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot
sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va
oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari
umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada
oʻrganiladi. Patologiya. patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi.
Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi,
paleo-patologiya,
shuningdek,
kimyoviy
va fizikkimyoviy,
professional,
molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar
(xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan
paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va
hayvonlarda
uchraydigan
kasalliklarning
kechishi
va
rivojlanishidagi
xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning
funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab,
biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar
joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi
zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.
19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar
patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va
aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatinioʻrganishda
oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.