A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Irqlarning paydo bo‘lish vaqti va joyi



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Irqlarning paydo bo‘lish vaqti va joyi
Keyingi davrda irqlarning o‘zaro yaqinligini isbotlashda 
biokimyoviy metoddan foydalanilmoqda. Boshqacha aytganda turli 
irqlar oqsili va fermentlarida aminokislotalar takrorlanish darajasi 
aniqlandi. Bu tadqiqotl.ami.ng koVrsatishicha, barcha irqlarning 
uinumiy ajdodi bundan 90-92 ming yil muqaddam yashagan,
C)‘shanda umumiy ajdod ikki tarmoqga ajralgan 
Mongoloid 
(bunga amerikaliklar ham kiradi) va yevropeoid — negroid (bunga 
avstraloidlar ham kiradi.) Avstraloidlar o‘z qit’alariga bundan 50 
ming yil muqaddam kirib borganlar. Ular taxmin qilinishicha, 
irqlarning dastlabki ajdod belgilarini o‘zlarida saqlaganlar. 
Yevropeoid va negroid irqlarini bir-biridan ajratish bundan 40 ming 
yil muqaddam ro‘y bergan. Ular uzoq vaqt Voronej shahriga yaqin 
Markio tog‘i atroflarida birga yashashgan. Bu yerda kromanyon 
kalla suyagi bilan avstraloidga o’xshash kalla suyagining topilishi 
bundan dalolat beradi. Avstraloidlar Avstraliyaga migratsiya qilishi 
bilan birga ular Janubiy Hindiston, Shri-Lanka, Seylon, Indoniziya 
va Hind okeanining boshqa orollarida o‘zlaridan “iz” qoldirganlar 
(vedrlar, veddoidlar populyatsiyasi).
Mongoloid irqi ham uzoq vaqt shakllangan. Hali mongoloid 
irq belgilariga toTiq ega boMmagan qadimgi ovchilar Osiyodan 
Shimoliy va Janubiy Amerikaga o‘tganlar. Taxmin qilinishicha
migratsiya Bundan 40-16 ming yillar oldin uch marotaba sodir 
bo‘lgan. Oqibatda qadimgi indeyslar paydo boTgan. Bu hodisa 70 
ming yil oldin ro‘y bergan degan taxminlar ham bor. “Dene” degan 
qabila tili bilan 12-14 ming yil oldin yashagan Sibir aholisining 
tilidagi ayrim so‘zlaming o’xshashligi buning dalilidir. Ular 
eskimos va aleutlarning ajdodi hisoblanib, 9 ming yil oldin yasha­
gan Eskoleutlar bilan o ‘xsbashligidir. Faqat paleotsenda migratsiya 
tufayli Janubiy Amerikaga tarqalgan deb taxmin qilinadi.
Ko‘p yillardan beri antropologlar o‘rtasida turli irqlarning ke­
lib chiqishini tushunturuvchi yagona fikr yo‘q. Ularning ayrimlari
136


barcha irqlar yagona ajdoddan kelib chiqqan desa, boshqalar har xil 
joyda turli ajdoddan kelib ehiqqan degan filcmi himoya qiladilar.
Odam evolyutsiyasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar 
antrapogenezda tabiiy tanlanish o'z-cf zidan chetga chiqqanligini 
qayd etadilar. Lekin hozirgi odamlaming paydo bo Tish vaqtida 
tabiiy tanlanish o‘z ta’sirini yo'qolrnagan. Paleolit (tosh davrining) 
keyingi bosqichida Homo sapiens yer sharining turli hududlariga 
tarqalishi bilan ularda irqiy belgilar tabiiy tanlanish natijasida 
paydo boTa boshlagan.
Qadimgi negroid va avstraloid populyatsiyalarining 
irq belgilari Afrika va Janubiy Osiyoda shakllangan. Bu yerlar 
o‘ta issiq, shu bilan birga nam va quyosh nurlari kuchli bo‘1gan. 
Shunga binoan ekvatorda yashagan irqlarda paydo bo‘lgan ko‘p 
belgilar muhitga moslashish natijasida paydo bo‘lgan, Negroid 
va avstraloidlaming terisida melanin pigmenti ko‘p boiadi. Soch, 
ko‘zlari qora rangli, sochning jingalakligi, burun kataklari keng 
labining qalin boTishi shular jumlasidandir.
Tabiiy tanlanish natijasida yevropeoidlarda paydo bo‘lgan 
irqiy belgilarga teridagi pigmentlar boTmasligini olish mumkin. 
Yevropaning shimolida retsessiv genlarga ega irqlar yashab kelib, 
ko‘paya boshlaganlar. Bunga muzlik davridan keyingi shimoliy 
sovuq, nam havo, quyosh nurlarining kamayishi sabab boTgan. 
Shimoliy oTkalarda tarqalgan mongoloid irq vakillarida soch, ko‘z, 
ayniqsa, terida melanin pegmenti kamayishi nomoyon boTadi.
Avstraloid irqi Osiyoning Janubiy-Sharqiy qismida shakl­
langan. Negroidlar Afrikaning shu hududda, yevropeoidlar esa 
Yevropaning 0 ‘rta Yer dengizi, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Osiyo­
ning mo‘tadil zonalarida, mongoloid irqi esa, Markaziy Osiyoning 
yarim sahro va choTlarida shakllangan. Bu davrda muzliklarning 
shimoldan janub tomonga ko‘chishining oxirgi davri boTib, bunda 
harorat, kuchli shamollar, chang-bo‘ronlar, dovuilar. kun va fasl 
davomida quruq iqlim o‘zgarib turgan. Bu chang-to‘zonlar, qumlar 
ko‘chishi ko‘zni doimo yoshlanib turishiga qovoqlari ko‘z ustiga 
tushib, ko'zlarini qiyiq boTishiga sababchi boTgan.
137


Tabiiy tanlanish ta’sirining kamayishi, taxmin qilinishicha, 
ibtidoiy jamoa tuzuinini paleolitdan mezolitga o‘tish davrda (bun­
dan 16—12 ming yil muqaddam) ro‘y bergan.

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin