Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 47,24 Kb.
səhifə4/8
tarix14.06.2023
ölçüsü47,24 Kb.
#130375
1   2   3   4   5   6   7   8
Shahnoza Ashirova

Undo’v so’zlar.
His–hayajon, buyruq – xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar:
1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilardan;
2) buyruq – xitob: qurey – qurey, tu -tu, pish – pish, kisht kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan lug‘aviy ma’noga ega emasligi bilan farqlanadi.
1. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) so‘roq: Men ham boraman, a?
2) ajablanish: Buni qarang, a!
3) kamsitish: E, shu ham ish bo‘ldi-yu.
4) qo‘rqinch: I-i, yiqilib ketaman;
5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!?
6) ishonchsizlik: Be, qo‘ysang-chi bu gapingni;
7) achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng;
8) norozilik: E, qo‘ying-ye;
9) mamnunlik: Ehe, ishlar joyida-ku! kabilar shular jumlasidandir.
2. Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi huv, hu kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi so‘zlar ham undovlardir.
Nutqda ba’zi mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik.
Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, voy-voy+la, salom+lash. Undovlar tuzilishiga ko‘ra juft va takror shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi.
Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi:
1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!?
2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe…he… degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe…he… deb chaqirdi;
3) so‘z-gap vazifasida: – Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom;
4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifalarini bajaradi.
Masalan:
a) ega: Shu payt uning qulog‘iga kimningdir ohi chalindi;
b) kesim: Orqada qolganning holiga voy;
v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni.
(G‘.G‘.) So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini, his-hayajon, haydash-chaqirishni, tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar alohida so‘z turkumlaridir.
Ular modal, undov, taqlid so‘zlar deyiladi. Mazkur so‘z turkumlari alohida lug‘aviy ma’no bildirmaydi, ammo ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajarishi mumkin.
Undov so‘zlar haqida ma’lumot berish usullari
Nutqimizda tuyg‘u, his-hayajon, ma’qullash, maqtash, haydash-chaqrishni bevosita ifodalaydigan, Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar undovlardir. Undovlar ma’lum bir ohang bilan aytilmasa, u his- tuyg‘uni ifodalay olmaydi. Ohangning turlicha bo‘lishiga ko‘ra undovlar turli his-tuyg‘ularni bildiradi.

Undovlar yakka hamda juft holda va takrorlanib qo‘llanadi: a, ah, eh, ohho, oh-voh, balli, dod-voy, bay-bay, hay-hay…


Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.Ma’nosiga ko‘ra undovlar ikki turli bo‘ladi.
1. His-hayajon undovlari: o, oh, voy, ura, xayr, obbo, hayf, a, ah, i, ie, v.h. M: O, quyosh parchasi, berib xushxabar,
Hayot rubobini yangratuvchisan (A. Umariy)
Eh! SHahrimiz naqadar go‘zal. Obbo, juda oshirib yubording. Bay-bay, tiling juda achchiq. Be, shunga ham xafa bo‘ldingmi?..
Mazkur undovlar kishilarning diqqatini tortish, qushlar, hayvonlar va boshqa jonivorlarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: hoy, allo, ey, ma, jim, marsh; kisht, chuh, chu, tu-tu, cho‘k, tek, beh-beh, mah-mah. M: Otliqlar gaplashmas, har zamon-har zamon otga bir qamchi bosib, chu deb qo‘yilardi. Atrofdan beh-beh, tu-tu degan tovushlar eshtilardi.
Bunday undovlar nutqda ko‘proq deb, degan so‘zlari bilan qo‘llanadi va gapda aniqlovchi, hol vazifasida keladi.
Undov so‘zlarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishda tinish belgilarining roli katta. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda ham undov so‘zlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Undov so‘zlarning uslubiy roli, undov so‘zli gap ohangi, gapni qiroat bilan o‘qishga o‘rganish bo‘yicha quyidagi amaliy ishlarni bajarish foydali:

— undov so‘zlar ishtirokida gap tuzish va undagi undov so‘zlarni izohlash;


— undov so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi (bemorlarning oh-vohlari), Mustaqil so‘zlarning undov so‘z o‘rnida ishlatilishi — (kel, bir gaplashaylik)ga misollar tanlash, matnni ifodali o‘qish, undov so‘zli gaplardagi tinish belgilarini izohlash dars samaradorligini oshiradi.
Insonning bilim faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanib, asta – sekin tafakkurga yetadi. Tafakkur atrof – muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik ( ruhiy ) jarayon, sotsial sababli bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning mazmundorligi ko‘p jihatdan emotsional kechinmalarga – hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog‘liqdir. Tafakkurning moddiy asosi – so‘z.
Undovlar maxsus turkum sifatida o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa so’zlar guruhlaridan farqlanadi. Ular leksik jihatdan nominativlikni ko’rsatmaydigan so’zlar guruhida bo’lsa, grammatik jihatdan o’zgarmaydigan so’zlar qatoriga kiradi.
Undovlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular faqat umumiy gap mazmuni bilan ma’lum darajada bog’lanib, ba’zan u asosiy gapning ekvivalenti, ba’zan esa shu gapning umumiy sifatida qo’llanadi. Ular gap sastavida kelganda shu gapdan ifodalangan umumiy ma’noga so’zlovchining munosabatini bildiradi, unga emotsional bo’yoq beradi.
Undovlarning yana eng muhum xususiyatlaridan biri ularning undov gap sifatida, ya’ni so’z-gap sifatida qo’llanishidir. Ular yolg’iz ishlatilganda turli xil his – tuyg’u, buyruq-xitob, rasm-odatlarni bildiruvchi so’z-gaplar sanaladi. Ammo yolg’iz undov orqali ifodalangan gap mazmuni eshituvchi uchun ham, so’zlovchi uchun ham noma’lum bo’ladi. Undov gaplar strukturasiga ko’ra birgina yoki bir necha undovlardan tashkil topgan bo’lishi mumkun. Hatto ba’zan birgina tovushdan tashkil topgan undovlar ham gap 43 bo’lib kela oladi. Undov gaplar alohida gap sifatida ham, qo’shimcha gap sostavida ham boshqa gaplar bilan mazmunan aloqador bo’ladi. Ba’zan undovlar otlashish xarakteriga ega bo’ladi.
Undovlar anglatgan ma’nolariga ko’ra ikki katta guruhga bo’linadi: ematsional undovlar, imperativ undovlar. Bulardan tashqari, bu ikki guruhga ham kiritish mumkin bo’lmagan va alohida guruhni tashkil qiluvchi undovlar ham bor. Bundan tashqari bir undovturli o’rinda turli xil his-tuyg’u bildirishi ham mumkun
Undovlar mustaqil ma’noli so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasidagi bir kategoriya bo’lib, ular leksik ma’no grammatik ma’no bilan diolektik birlikni tashkil qiladi. Undov nutqda ko’pincha modal ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi
Undovlar og’zaki so’zlashuv, badiiy, qisman publisistik uslubda keng qo’llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda keng qo’llanish doirasi cheklangan. Nutq jarayonida so’zlashuvchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydanalish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o’zidan katta yoshdagilarga murojaat qilganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslarga uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslar xoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi.
Undov deb avvalo kishining his-hayojonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, ye, he, hah, ehho, ohho, voydod kabi.
1.Undov bilan qanday his-hayajon ifodalayotgani ko’pincha aniq bo’lmaydi; undovdan keyin (ba’zan oldin) keladigan jumlaning mazmuni undov qanday his-hayojonni ifodalashni, qanday ohangda talaffuz qilishini ko’rsatib turadi. Ba’zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalanishga hoslangan bo’ladi. Masalan, be-undovi rozi bo’lmaslik, qo’shilmaslik kabi his-hayajonni iya undovi “ataylanish” kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ham aniq bir ma’noni ifodalaydi. Ko’pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi.
2. Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb xitob birliklariga aytiladi. Bular his-hayojon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish-qilmaslikka ko’rsatma beradi. Shunga ko’ra ikkiga guruhlanadi: a) harakatni bajarishga chaquruvchi undovlar; b) harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar.
His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.
Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.

His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (O'.U.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)


Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman! (O'. U.)
Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku. (S.A.)
Taqlid so’zlar
Tabiatda insondan tashqari juda ko’plab tirik jonzodlar yashaydi. Ularda ham o’ziga xos nutq aparati mavjud. Manashu nutq aparati yordamida ular turli tuman ovoz chiqaradi. Masalan, itlarning vovullashi, Bundan tashqari tevarak atrofimizda beadat voqia va hodisalar sodir bo’lib turadi: narsalar bir biriga tegadi, uruladi. Natijada har xil ovozlar xosil bo’ladi. Inson o’z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid so’zlar atamasi bilan yuritiladimushuklarning miyovlashi, tovuqning qoqoqlashi, qo’y-echkining marashi, otning kishnashi, eshakning hangirashi hech birimizga yod emas.
Prof. Sh.Rahmatullayev taqlid so’zlarni undovlarning bir turi deb ularni ikki guruhga ajratadi.
1. Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar: chu, tis, hih, mok-mok, tu-tutu!
2. Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar: digg, tok, ish, ho’sh, hish.
O’z navbatida taqlidiy so’zlar semantik jihatdan, bir tomondan tovushga taqlidni, ikkinchi tomondan harakatga taqlidni yoki miqdor obrazni bildiradi. Yuqorida takidlanganidek, ular 2 xil guruhga ajratiladi. 1. Tovushga taqlid so’zlar. 2. Obrazga taqlid so’zlar.
1. Tovushga taqlid so’zlar kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning chiqargan tovushlariga shartli ravishda taqlid qilish natijasida paydo bo’ladi: qars,tars-tars, tuk-tuk, qars-qurs, kirt-kirt, shilp-shilp kabi ularning bir qismi jonli (inson, hayvon va boshqa janvorlar), ikkinchisi esa jonsiz predmetlarning tovushlariga taqlid natijasida paydo bo’lgandir.
a) jonli predmetlar tovushlarga taqlid so’zlar: kishilarning harakatlaridan paydo bo’lgan tovushlarga taqlid so’zlar: -qah-qah etib kuldi. Kallang ishlaydimi, aka! To’chni adresga balo bormi?
b) turli xayvon va janvorlar tovushiga taqlid so’zlar. Shunda xalqning yonginasiga boshi katta eshak tikan uchiga qanotlari qizil, ko’ksi sariq tog’ bulbuli kelib qo’ndi va “chu-chu! Chu-lu-lu!!!” deb sayradi…
Xoliq bo’ynini cho’zib, yana uni sayrashini eshitdida:
- Chu-lu-lu-lu! dedi beihtiyor
2. Tovushga taqlid so’zlar eshitish bilan bog’liq bu hodisalarni ifodalasa, obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan bog’langan xodisalarni ifodalaydi. Predmetlarning holat, harakat, tashqi ko’rinishining hamda yorug’liq ta’sirining obrazi ifodasi sifatida maydonga kelib, tilda keng qo’llanuvchi lip-lip, yalt-yalt, pildir-pildir, hang-mang tipdagi so’zlar obrazga taqlid so’zlar hisoblanadi. Turmushda harakat va holat formalari qanchalik ko’p bo’lsa, til ham ularni ifodalovchi so’zlarga shuncha boydir.

TAQLID SO’ZLAR


Taqlid soʻzlar - maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra taqlid soʻzlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar (shuningdek onomatopeya deb ham ataladi); obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qars-qurs, taq, duk-duk, gʻiyq, miyov kabi); obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivir-jivir, lip-lip, yalt-yult, hang-mang kabi).
Turkologiyada taqlidiy12 so’zlarni o’rganishga bag’ishlangan maxsus ishlar o’tgan asrning yigirmanchi yillaridan keyin yuzaga kelgan va turkiy tillarning ko’pchiligida taqlidiy so’zlar kategoriyasi u yoki bu darajada ishlangan. O’zbek tilshunosligida esa bu masala 60-yillargacha alohida tadqiqot obyekti sifatida o’rganilgan emas. O’sha paytgacha o’zbek tili bo’yicha yozilgan grammatikalarda va qo’llanmalarda taqlidiy so’zlarga juda kam o’rin berilgan va ularning ko’pchiligida taqlidiy so’zlar undov so’zlarning ajralmas qismi sifatida ko’rsatilar edi.
O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab taqlidiy so’zlar masalasi olimlarimiz e’tiborini o’ziga tortdi. Ular mavzu ustida ma’lum darajada kuzatishlar olib borib, u yoki bu holatdagi o’z fikrlarini o’rtaga tashladilar. Jumladan, A.N.Kononov «O’zbek tili grammatikasi»13 asarida taqlidiy so’zlarni undovlarning bir ko’rinishi deb ko’rsatsa, 1956-yili nashr qilingan «Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi»14 asarida ularni alohida so’z turkumi qilib ajratadi. Demak, A.N.Kononov oldingi asarlarida tasviriy so’zlarni undovlarning bir turi sifatida ko’rsatsa ham, 1956-yili ularni mustaqil so’z turkumi qilib ajratish kerak, degan xulosaga keladi va «Hozirgi o’zbek adabiy tili grammatikasi» asarida bu xulosasini qat’iy bayon qiladi.
A.G’ulomov o’zining maktablar uchun tuzgan darsliklarida, «O’zbek tili morfologiyasiga kirish» asarida taqlidiy so’zlarni undovlarning bir turi sifatida ko’rsatsa-da, 1957-yil avgustida maktablarda o’zbek tilini o’qitishni yaxshilash masalalari bo’yicha o’tkazilgan respublika konferensiyasida qilgan ma’ruzasida taqlidiy so’zlarni ayrim tur qilib ajratish lozimligini alohida qayd qiladi16. U.Tursunov va J.Muxtorov17, S.Mutallibov18, S.Usmonovlar19 o’z asarlarida tasviriy so’zlarni undovlardan ajratib, alohida so’z turkumi sifatida qaraydilar. S.Mutallibov 1956-yili «O’qituvchilar gazetasi»da taqlid so’zlar to’g’risida maqola e’lon qildi. Bu maqolada tovushga taqlid so’zlar ham, obrazli so’zlar ham tovushga taqlid so’zlar termini bilan ataladi. Ishda ancha chalkash fikrlar ham aytilgan. Ammo S.Mutallibov keyinroq nashr qilgan ocherklarida20 bu masalaga aniqliklar kiritdi. Lekin har ikkala ishda ham tasviriy so’zlarga oid ayrim misollarni izohlashda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilgan. Masalan, ko’proq tovushga taqlid so’zlarni harakat va holat tasvirini bildiruvchi so’zlar bilan aralashtirib yuborish hollari uchraydi. Uning maqolasida yaltiroq, yalt-yult, lim-lim, g’imir-g’imir so’zlarini, ocherklarida esa dikillamoq21 kabi so’zlarni tovushga taqlid deb atashi fikrimizning isbotidir. Keltirilgan so’zlarni tovushga taqlid so’z emas, holatga taqlid (obrazli) so’zlar deb hisoblash kerak.
S.Mutallibov tovushga va holatga taqlid so’zlarni birlashtirib, ularga quyidagicha ta’rif beradi: «Hayvonlar, jonivorlar, qush-qurtlar va odamlar, narsalar harakatidan paydo bo’lgan tovushlarga shartlicha taqlid qilib yasalgan so’zlar tovushga taqlidiy so’zlar deb ataladi»22.
Bu ta’rif taqlidiy so’zlarning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtira olmaydi. Bu ta’rifda holatga taqlid so’zlarga fikr bildirilmagan.
Muallifning taqlidiy so’zlar yasalishi to’g’risidagi fikri ham e’tirozdan xoli emas. Eng avvalo taqlidiy so’zlarning yasalishi bilan ulardan boshqa so’z turkumlarining yasalishlarini farqlash kerak, ya’ni ularga bir hodisa sifatida qarash yaramaydi.
Tadqiqotchi tovushga taqlid so’zlar morfologik yasalish xususiyatiga ega deb ta’kidlaydi-yu, lekin ko’proq ishda taqlidiy so’zlardan fe’l, ot, sifat kabi boshqa so’z turkumlarining yasalishi to’g’risida gapiradi.
S.Mutallibov taqlidiy so’zlarning turlari haqida gapirib shunday yozadi: «Tovushga taqlidiy so’zlar tuzilishi asosiga ko’ra ham ikkiga ayriladi:
a) eshitgan tovushga shartlicha taqlid qilib yasalgan so’zlar: pish-pish uxlamoq, taq-taq yurmoq;
b) narsalar va hodisalar ko’rinishiga shartlicha taqlid qilib yasalgan so’zlar: yalt-yult, lim-lim.23
Tasnifdan obrazli so’zlar tovushga taqlid so’zlarning bir turi, uning bir ko’rinishi ekan, degan xulosaga kelish mumkin. Bu yerda termin qo’llashdagi yanglishlik sezilib turibdi.
So’ngra muallif taqlidiy so’zlarning semantik guruhlarini nima uchundir tuzilishiga ko’ra deb hisoblaydi. Turkologlardan N.A.Kononov, N.A.Baskakov, L.N.Xaritonovlar taqlidiy so’zlarni anglatgan ma’nolariga qarabgina yuqoridagi kabi ikki guruhga ajratadilar.
S.Mutallibov taqlidiy so’zlarning takrorlanishini, juftlashgan shakllarini «qo’shma taqlidiy so’zlar» sifatida talqin qiladi. Bu o’rinda ham yanglishlik mavjud. Aslida takror, juft so’zlar bilan qo’shma so’zlar orasidagi farq bularni bir terminga birlashtira olmaydi.
«Hozirgi zamon o’zbek tili»24 asarida taqlidiy so’zlar «mimemalar» termini ostida, qisqa bo’lsa-da, alohida kategoriya sifatida ajratilib ko’rsatiladi. Ammo asarning ba’zi boblarida u undovlar sifatida qarayverilgan.
U.Tursunov, J.Muxtorovlarning «Hozirgi zamon o’zbek tili. Morfologiya»25 qo’llanmasida taqlidiy so’zlar qisqa bo’lsa-da, alohida kategoriya sifatida o’rganilgan. Mualliflar taqlidiy so’zlarga quyidagicha ta’rif beradilar: «Taqlidiy so’zlar shaxs, predmet va turli jonivorlar tovushining, harakat va holat obrazining tashqi olamdan olgan taqlidi-kopiyasidir. Taqlidiy so’zlar turli xildagi ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tovush va qichqiriqlarni, harakat va holat obrazini bildiradi» 26.
Mualliflar taqlidiy so’zlarni ikkiga: tovushga taqlidiy so’zlar va obrazli so’zlarga bo’lib, ularga ta’rif beradilar va misollar bilan izohlaydilar.
Taqlidiy so’zlarni tuzilishi jihatidan esa yakka va juft taqlidiy so’zlarga bo’ladilar. Bu o’rinda taqlidiy so’zlarning takroriy shakli ham juft shakli ichida ko’rib o’tilgan, ya’ni juft va takroriy taqlidiy so’zlar aralash holda izohlangan.
Shuningdek, ishda taqlidiy so’zlarning undovlardan farqi haqida qisqa o’rinda bo’lsa-da, munosabat bildirilgan. Shu bilan birga, taqlidiy so’zlardan boshqa so’z turkumlari yasalishi va ularning sintaktik vazifalari haqida ham fikr bildirilgan.
U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlar tomonidan nashr etilgan «Hozirgi o’zbek adabiy tili»27 asarida ham taqlidiy so’zlar haqida yuqoridagi kabi fikrlar bildirilgan.
G’.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida chop etilgan, E.Begmatov tomonidan yozilgan «Hozirgi o’zbek adabiy tili»28 asarida taqlidiy so’zlar «Tasviriy so’zlar» termini ostida berilib, nisbatan kengroq ma’lumotlar berilgan. Unda tasviriy so’zlarga quyidagicha ta’rif beriladi: «Obyektiv olamdagi xilma-xil tovushlar hamda narsa va hodisalar harakatining obrazli holatlariga taqlid qilish orqali paydo bo’lgan so’zlar tasviriy so’zlar deb ataladi»
shda tasviriy so’zlar ma’no jihatidan ikkiga: taqlidiy so’zlar va obrazli so’zlar; tuzilishiga ko’ra uchga: sodda, takroriy va juft tasviriy so’zlarga bo’lib o’rganilgan. Shuningdek, tasviriy so’zlarning ba’zi fonetik xususiyatlari, tasviriy so’zlarning so’z yasash tizimidagi o’rni, ulardagi otlashish (shov-shuv+i kabi) hodisasi va ularning muhim sintaktik vazifalari haqida fikr yuritilgan.
Ishda tasviriy so’zlar boshqa so’z turkumlari hisobiga boyimasligi, yangi tasviriy so’zlar ularning o’zidan ma’lum grammatik shakllar vositasida hosil qilinishini (shir-t-shirt, shir-q-shirq, shiq-ir-shiqir, shar-t-shart kabi) tasviriy so’zlarning morfologik belgisi sifatida talqin qilingan.
O’zbek tilshunosligida tasviriy (taqlidiy) so’zlarni o’rganish borasida R.Qo’ng’urovning xizmatlari katta.
R.Qo’ng’urovning tasviriy so’zlar borasidagi ilmiy kuzatishlari natijasida «O’zbek tilida taqlidiy so’zlar haqida ba’zi mulohazalar»30, «O’zbek adabiy tilida tasviriy so’zlarning fonetik xususiyatlari haqida»31, «O’zbek tilida taqlidiy so’zlarning o’rganilishi haqida»32, «Tasviriy so’zlarning leksik xususiyatlari haqida»33, «Hozirgi zamon o’zbek tilida tasviriy so’zlarning semantik klassifikatsiyasi»34 kabi qator maqolalari yuzaga keldi. U bu boradagi, ya’ni, o’zbek tilshunosligida tasviriy so’zlarning umumiy tavsifi, qurilish, so’z yasash tizimidagi o’rni, fonetik, leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini umumlashtirib, 1962-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1966-yilda «O’zbek tilida tasviriy so’zlar»35 nomli monografiyasi nashr etildi. Bu ish so’nggida tasviriy so’zlarning qisqacha lug’ati ham berilgan.
R.Qo’ng’urov monografiyaning «Tasviriy so’zlarning o’rganilish tarixidan» deb nomlangan qismida turkologiyada tasviriy so’zlarning o’rganilishi haqida to’xtalib, turkolog olimlarning tasviriy so’zlar borasidagi qarashlariga u yoki bu darajada fikr bildiradi.


Yüklə 47,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin