Savol va topshiriqlar: 1. «O’zbek adabiy tili tarixi» fani nimani o’rganadi?.
2. Adabiy til shakllari nimalardan iborat?
3. O’zbek tili tarixiga oid qanday adabiy manbalarni bilasiz?^
4. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyotining ahamiyati nimadan iborat?
5. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari deganda nimani tushunasiz?
Tayanch tushunchalar: O’zbek tili tarixi - o’zbek tilining turkiy tillardan ajralib mustaqil taraqqiy etishini yoritadigan fan.
Kadimgi turkiy til - barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va morfologik va sintaktik xususiyatlarini o’rganuvchi fan.
O’zbek tilining tarixiy grammatikasi - o’zbek tilining fonetik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik tizimining o’rganuvchi o’zbek tili tarixining uzviy kismi.
O’zbek adabiy tili tarixi - o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini, normalari tarixini o’rganadigan o’zbek tili tarixining uzviy qismi.
O’zbek adabiy tili tarixi fanining manbalari - buyuk so’z ustalari tomonidan yaratilgan adabiy yodgorliklardir.
2-mavzu Eski turkiy tilning tayanch dialekti Reja: 1. Eski turkiy adabiy tilning tayanch dialektimasalasi. 2. «Devoni lug’atut turk» asari tili xususiyatlari. 3. «Hibatul haqoyiq» asarida adabiy til me’yor masalasi. 4. «Qutadg’u bilig» asarida adabiy til me’yor masalasi. Turkiy kabila-urug’larning yegakchiligida barpo bo’lgan qoraxoniylar davlati zamonida adabiy til tradisiyasiga bo’lgan munosabat kuchaydi. Shu davrgacha O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar adabiy tili masalasini forsiy til bajarib kelar edi. Lekin bu tradisiya qoraxoniylar siyosatiga zid kelar edi.
Lekin XIV asrga kelib O’rta Osiyodagi vaziyat bir muncha o’zgardi. Mo’g’ullar davlatining inqirozga yuz tutishi munosabati bilan O’rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda, Kichik Osiyoda har xil turkiy davlatlar yuzaga keldi. Davlat chegaralarining aniqlanishi borgan sari shu territoriyadagi qabila-urug’lar asosida muayyan xalqlarning tarkib topish ishlari uchun zarur sharoit tug’dirib borgan. Mo’g’ullarning O’rta Osiyodagi siyosiy yetakchiligi zaiflashib borgan sari adabiy tildagi koraxoniylar tradisiyasi ham o’zining avvalgi ahamiyatini yo’qotib bordi. Adabiy tilga mahalliy shevalar kuchli ta’sir etdi. Shuning natijasida XIV asr davomida adabiy tilning tayanch dialekti Sirdaryo bo’yidagi y-lashgan dialektni tashkil qildi. XIV asrning o’rtalaridan boshlab yuzaga kelgan yodgorliklar turkiy tilning y-dialekti zaminida yozilgandir. Bu dialektning dastlabki yodgorligi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir.