Abdulla qodiriy


ADABIY TIL VA UNING SHAKLLARI



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

ADABIY TIL VA UNING SHAKLLARI
Adabiy til deb leksik sostavi barqaror, fonetik va grammatik qurilishi sillišlashgan umumxalš tilining oliy formasiga aytiladi. Adabiy tilning yuzaga kelishi shu tilning xalq va milliy til bosqichlari bilan bog’likdir. Ma’lum bo’ladiki, adabiy til xalq yoki maishiy til zaminida yaratiladi. Shuning uchun ham o’zbek adabiy tilining shakllanishini XIII asr oxiri va XIV asr boshlari bilan, eski turkiy adabiy tilning (qoraxoniylar davlati adabiy tili) shakllanishini XI – XIII asrlar bilan bog’laydilar.
Adabiy til asosiy e’tibori bilan umumxalq tilidir, lekin u so’z ustalari tomonidan ijodiy boyitilgan va qayta ishlangandir.
Adabiy tilning yozma va oђzaki formalari bor. Ma’lumki, yozuvsiz adabiy til bo’lishi mumkin emas. O’zbek adabiy tilining shakllanishi va sillišlanishi O’rta Osiyoda yozuvning paydo bo’lishi bilan yozuvdan oldingi xalq og’zaki poetik ijodini og’zaki adabiy tilning ko’rinishi deb qarash mumkin. Demak adabiy tilning og’zaki formasi yozma adabiy tilning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Bu esa so’z adabiy til yozuvdan oldin yuzaga keldi degan xulosani bermaydi. Yozma adabiy til og’zaki adabiy tilning ma’lum normada saqlanib turishi uchun xizmat qiladi, chunki adabiy til yozuv bilan shakllangandagina o’zining normalariga qatiy ega bo’ladi. Adabiy tilning normalashtirilgan til deyilishining boisi ham shundadir. Adabiy til dialekt va jargonlardan o’zining normaga solinganligi bilan farq qiladi. Adabiy til uslubda, so’z qo’llashda, morfologik va sintaktik modellarga rioya qilishda har bir tilning o’z ichki qonunlari doirasidan chiqmaydi. Og’zaki adabiy til esa, til taraqqiyotining ma’lum davrida bir xil talaffuz normalariga amal qi,lishni talab qiladi.
ADABIY TILNI TARIXIY-STILISTIK TOMONIDAN O’RGANISH MASALASI.
O’zbek adabiy tili tarixining vazifasi badiiy, publisistik, ilmiy- ommabop, dokumental asar va ishlarning tilini, ularda adabiy tilning aks etishini, taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o’rganishdan iborat. Umuman, adabiiy til taraqqiyoti ikki aspektda o’rganiladi; tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog’liq holda o’rganiladi. Adabiy til stillar sistemasidan iborat bo’lib, u turli davrlarda jamiyatning rivoji bilan turli xil bo’lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida xar bir asar nutš tuzilishining o’ziga xosligi bilan farqlanadi.
Adabiy til stili taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajralgan qolda qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo’llanishi normalari asar janri bilan mustahkam aloqadadir. Shuning uchun ham adabiy tilning stillarini klassifikasiya qilganda,uning janr xususiyati hisobiga olinadi. Janrlarga qarab adabiy tilning stillarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.
1. Adabiy-badiiy stil. Bu ikki gruppaga bo’linadi: poetik uslub va prozaik uslub.
2. Ijtimoiy-publisistik stil. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi.
3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi.
4. Professional texnik stil. Bu turli kasb-hunar soќasida ish yurituvchilar uchun xizmat qiladi.
5. Rasmiy hujjatlar stili.
6. Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo’lgan stil.
Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida adabiy stillarning qo’llanishi doirasi o’zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o’zbek adabiy tilida poeziya stili keng qo’llangan bo’lsa, hozir proza stiliga o’z o’rnini bo’shatib bermošda.
Stillar quyidagi xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi;
1. So’z tanlash xususiyatiga ko’ra. Rasmiy šog’ozlarda stilistik neytral so’zlar ko’p qo’llansa, she’riyatda obrazli so’zlar ko’p qo’llanadi.
2. Terminologik ma’nolariga ko’ra. Masalan, morfologiya tilshunoslikda so’z formasi haqidagi ta’limotni bildirsa, medisinada hujayralar haqida fikr yuritiladigan sohani bildiradi va x.k.
1. O’zbek tilidagi so’zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo’ladi: bil, til, kel, ko’z va h.o.
2. O’zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko’p bo’g’inli so’zlar juda kam. Asosan bir bo’g’inli: ot, ov, oy; ikki bo’g’inli bo’ladi: ikki, olti, yetti va h.o.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin