Adabiy tanqid nazariyasi



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə13/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

MIYON BUZRUK SOLIHOV(1891-1 9 3 8 ) . Yangi tipdagi XX asr o ‘zbek
adabiyotshunosligi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan, bu yo‘nalishlarda jiddiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri Miyon Buzruk Solihovdir. U o‘tgan asming 20-yillari oxiri va 30-yillar birinchi yarmida san’atshunoslik, folklorshunoslik yo‘nalishlarida sermahsul ijodi bilan o ‘zbek ziyolilari safida mustahkam o ‘rin
egallaydi. U 1891-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. Miyon Buzruk, awal, eski
maktabda, 1910— 1915-yillarda esa Degrez ko'chasida joylashgan madrasada tahsil ko‘rdi. Ko'pchilik o ‘zbek jadid ziyolilarida kuzatilgani kabi 1917-yil voqealari Miyon Buzruk ongida ham o‘zgarish yasadi. Shu davrdan e ’tiboran u Turkiston milliy ozodlik harakatining faol a’zolaridan biriga aylanadi. Matbuotda ilk bor 1918-yildanko‘rinaboshladi. «lzhor ul-haq» jurnalining bir necha sonlarida ijtimoiy-siyosiy ruhdagi turkum maqolalari bilan ishtirok etadi. 1920-yil kuzidan boshlab Afg‘oniston, Hindiston, bir qator Arab mamlakatlarida safarda bo'ldi. Qardosh yurtlarning hayoti bilan tanishdi. Istanbul dorulfununida tahsil olib, 1927-yildatugaldi.
Xorijda ta’lim olgan yangi zamon o ‘zbek farzandlarining dastlabkilaridan biri Miyon Buzruk 0 ‘rta Osiyo Davlat universitetida dars beradi. Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institut! (NllKS)da katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Toshkent Davlat pedagogika institutida o ‘qituvchilik ham qiladi. 1936—1937-yillarda Samarqand universiteti, Buxoro Davlat pedagogika institutida mehnat qildi. Miyon Buzruk pedagogik ishni ilmiy-ijodiy ish bilan qo'shib olib bordi. 20-30-yillardan uning adabiyot, tarix, teatr san’ati, folklor va o ‘zbek tili muammolariga bag‘ishlangan 0‘zbek tarixiga oid to rt muhim kitob» (1927), «Bedil» (1928), « 0 ‘zbek» (1928), «Adabiy til va istiioh» (1929), «Mehrobdan chayon» (1929), « 0 ‘rta Osiyo va o ‘zbek adabiyotiga umumiy qarash» (1930), «SoTizoda va uning ijodi haqida» (1934), «Ijcdiy y olimiz haqida» (1934), « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materialiar» (1935) kabi qator maqola va kiioblari e ’lon qilinadi. Uning bu asarlari keyingi bosqichlarda bu masalalar xususida ilmiy tadqiqot olib boruvchilar uchun muhim manba vazifasini o ‘taydi. M.B.Solihov ijodida davr siyosati va mafkurasi ta’sirining chuqur izlari mavjud ckanini ham unutmaslik lozim.
Uning o ‘zbek adabiyotida millatchilik ko‘rInish!ari «fosh» etilgan (1933), dinningjamiyatdagi o ‘rni xato va biryoqlama talqin qilingan (1934) ishlari ana shunday xarakterda edi. Buxoro pedagogika institutidan Miyon Bu?ruk mehnat ta’tiliga chiqib, oilasi yashayotgan Toshkentga qaytgan choqda 1937-yil 5- avgustda hibsga olinadi. Nohaq millatchilikda ayblanib, otishga hukm qilinadi. Hukm 1938-yil 10-oktabrda ijro etiladi. Qatag‘on qurboni bolgan aksar o ‘zbek ziyolilari qatorida Miyon Buzruk ham 1957- yilda oqlanadi.
Miyon Buzruk - dramaturgiya va teatr tadqiqotchisi. Miyon Buzruk ilmiy merosi uning adabiyotshunoslik, san'atshunoslik, folklorshunoslik kabi y o ‘naIishlarda tadqiqotlar olib borganini ko'rsatadi. Ular ichida o ‘zbek mumtoz adabiyotga doir tadqiqotlari muhim o ‘rinni egallaydi. Olimning «O‘na Osiyo va o ‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash» nomli kitobini ma’lum ma’noda bu bordagi dastlabki muxtasar qo'llanma, deyish mumkin. Unda o ‘zbek yozma adabiyotining XII asrdan XX asrgacha kechgan davri muhim muammolar asosida o ‘rganiIganki, bu masalada u Fitrat maslakdoshi darajasiga ko‘tariladi. Masalan, deyarli ming yillik o ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini «xavos» («elita») va «avom» («ommaviy») qismlarga ajratadi va shu nuqtayi nazardan o ‘ziga xos tahlil qiladi. Miyon Buzruk Solihov o‘zbek jadid adabiyotini o ‘igangan dastlabki olimlarimizdan biridir. U « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materiallar kitobida jadid dramaturgiyasi va teatri bilan bogliq masalalarni tadqiq etdi. To‘g‘ri, unda davr bilan izohlanuvchi xato va kamchiliklar yo‘q emas.
Lekin kitobdagi i!g‘or qarashlar jadidchilik, uning adabiyoti, teatri kabilarga qiziqish tobora ortayotgan hozirgi kunlarda ilmiynazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Miyon Buzruk « 0 ‘zbck teatri tarixi uchun materiallar» asarida zamonaviy o ‘zbek teatrining maydonga kelishida ichki omillarni birmuncha nazardan chetda qoldirsa-da, tashqi ta’siming roli masalasiga alohida e ’tibor beradi. Miyon Buzruk tatar, ozarboyjon teatrlarining o ‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ta’siri xususida yozar ekan, uning avvalo, ikki mamlakat o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar biian bog‘liqligiga alohida urg‘u beradi. Shuningdek, Miyon Buzruk mazkur asarda «Padarkush» pyesasining sahnaga qo‘yilishi masalasiga ham atroflicha to‘xtalgan. 0 ‘zbekistonda birinchi marta mahalliy kuchlar tarafidan sahnalashtirilgan «Padarkush» pyesasiga Aliasqar Asqarov rejissorlik qilganini aytadi. Padarkush»ni ilk bor ozarboyjon rejissyori sahnalashtirgani tasodifiy bo‘lmagan. 0 ‘zbek teatri asoschilarining tatar teatridan ko‘ra, ozarboyjon teatriga ko‘proq intilgani bejiz emas.
Miyon Buzruk asarida Behbudiyning «Samarqandda teatr» nomli maqolasidan bir parcha keltiradi. Unda «Padarkush» pyesasining yozilishi va sahnalashtirilishi zamonaviy o ‘zbek dramaturgiyasiga kata bir turtki berganini ta’kidlaydi.
Miyon Buzruk « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materiallar» asarida Hamza Hakimzoda hayoti va ijodi, xususan, uning dramaturgiyasi bilan bog‘liq masalalarini ham yoritadi. shunisi e ’tiborliki, olim Hamzaning 1917-yil Oktabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan ijodi va faoliyati haqida mulohaza yuritganida, aksar hamzashunoslardan farqli o‘laroq, uning jadid shoiri bo‘lganligini, shoir 1918-yilga kelib sho‘rolar pozitsiyasiga o ‘ta boshlaganini aytadi. U Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va «Boy ila xizmatchi» dramalarini keng tahlil qiigan. Olim «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pycsasi haqida, ushbu drama jadidchilik g‘oyalari asosida yozilgan, deya mulohaza yuritgan bo ‘lsa, «Boy ila xizmatchi» tahlilida esa, bu asar yozilgan 1918-yilga kelib, Hamzaning sovetlar pozitsiyasiga o ‘ta borganligini aytadi. Miyon Buzruk « 0 ‘zbek adabiyotida millatchilik ko‘rinishlari» deb nomlangan asarini zamonaviy o ‘zbek adabiyolini o ‘rganishga bag‘ishladi.
Turkiston muxtoriyati yo‘q qilingan o 'lkadagi ijtimoiy-siyosiy ahvol yana ham murakkablashdi. Bu esa turli mushkulliklar ichida yashayotgan jadid ziyolilari dunyoqarashini yanada chigallashtirib yubordi. Kelajak haqida o ‘ylagan orzu-umidlari kun sayin sarobga aylandi. Bu tushkun kayfiyat 20-yillardagi ko'plab asarlarda o ‘z aksini topdi. Miyon Buzruk Solihov kitobida o'sha yillarda yaratilgan asarlami ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qildi. Biroq tahlil, davr talabiga ko'ra, vulgar-sotsiologik yo‘sinda bo‘lib, mafkuraviy yo‘nalish oldi.



Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin