SHUHRAT RIZAYEV (Shuhrat Rizo) 1958-yili Toshkent shahrida tuglildi. ToshDU (hozirgi Miliiy universitet)ning o‘zbek filoiogiyasi fakultetida (1975-1980) o‘qidi, so‘ng sirtdan aspiranturada talisil olgach, tna’lum muddat talabalarga dars berdi. Oybek uymuzeyida katta ilmiy xodim ( 1980-1989) bo‘lib ishladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va sport ishiari Vazirligi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab,
tashkilotchilik ishlarida katta tajriba orttirdi, respublikadagi qator muhim ma’rifiy, ilmiy dolzarb tadbirlarning amalga oshirilishida faol ishtirok eidi.Bu lavozimlar Sh.Rizayevning talabalik yillaridayoq boshlangan ilmiy qiziqishlarini susaytirgani yo‘q, aksincha, unga izchil va tiziroli yo'nalish berdi. Yosh shoirlar ijodi tahlil etilgan «She’riyat bo‘sag‘asida ezgu tilak bilan» (1980) nomli dastlabki maqolasi e’lon qilinganda Shuhrat 22 yoshda edi. Shundan buyon uning o‘nga yaqin monografiya, risola, maqolalar to'plami, hammualliflikda ko‘plab adabiyot darsliklari va qo‘llanmalari, yuz ellikka yaqin maqolalan e ’lon qilindi.
Sh.Rizayev o ‘zbek adabiyotshunosligining tarix, nazariya va adabiy tanqid yo‘nalishlarida hamda teatr, kino tanqidchiligi sohalarida tadqiqotlar yaratib kelmoqda. Bular ichida B.Qosimov, Sh.Yusupov, U.DoIimov, S.Ahmedoviar bilan hamkorlikda oliy o ‘quv yurtlari uchun yozilgan fundamental «Milliy uyg‘onish davri o ‘zbek adabiyoti» (2004) darsligi muhim o‘rin tufadi. Sh.Rizayev deyarli o ttiz yildan buyon jadid dramaturgiyasi muammolarini o'rganib keladi. Bu yo‘nalishda u o'nlab ilmiy maqolaiar yozdi. «0*7,bck jadid dramaturgiyasining shakllanish manbalari* mavzuida nomzodiik dissertatsiyasini yoqladi. «Jadid diamasi» (1997) monografiyasini e’lon qildi. Olim, shuningdek, jadid dramaturgiyasi namunalaridan dastlabki sakkiztasiiii arab alifbosidagi nashr matni asosida tabdii qilib nashr ettirdi.
M.Behbudiy, A.Avloniy, Siddiqiy Ajziy, Hamza ijodi bilan bog‘)iq qator yangi fikriar o‘rtaga tashlangan maqolalari, jadid adabiyoti xususida ilgari surgan qarashlari uning «Sahna ma’naviyati* (2000) nomli maqolaiar to'plamida aks etgan edi. Sh.Rizayevning 5-. 6-, 9- sinflar uchun hammualliflikda yaratilgan «Adabiyot» darslik majmualari, o'qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalari (2003, 2011) hamda «Boshqaruvning ma’naviy asoslari* (2007, 2009), «Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish strategiyasi* (2010) nomii dastur va qoMlamnalari yoshlarga istiqlol ruhini singdirish hamda jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash ishida muhim ahamiyatga ega. Sh.Rizayevning ijodiy portret va esse janrlaridagi o czbek adabiyoti va san’ati arboblari O.Sharafiddinov, B.Yo‘ldoshev, R.lbrohimova, R.Ahmedova, M .Yolchiyevaga bag(ishlangan ishlari «Surat va siyratchizgilari» (2010) kitobida o ‘z ifodasini topdi.
Bulardan tashqari u Oybek, Shuhrat, A.Muxtor, OMJmarbekov, X.Do'stmuhammad, E.A’zam, Usmon Azim kabi adiblar ijodiy porfretlariga chizgilar, taqrizlar e’lon qilib, adabiy jarayonda faol ishtirok eiib kelmoqda. * Olim badiiy ijod, tarjima sohalarida ham qalam tebratmoqda, «Iskandar», «Diskoteka», «Ona», «Etakchi» kabi sahna asarlari, Kobo Abening «Qumdagi ayoU, Fotima Galeming «Malika*, Nil Savmoning *97- xona* pycsalari, taijimalari fikrimizga misol bo‘ladi, ular respublikamizning turli teatrlarida qo‘yilgan. Ssenariylari asosida yigirrnaga >aqin hujjatli filmlar suratga olingan. Pyesalari. adabiyot, teatr, kinoga bag‘ishlangan maqolalari «VTa’naviyat manzillarU (2008) kitobida chop etilgan.