Adabiy tanqid nazariyasi


Adabiy tanqidda badiiy konflikt



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə23/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

Adabiy tanqidda badiiy konflikt, qahramon, tipiklik muammolari. Ma’lumki, haqiqiy san’at va adabiyotda qanday bo‘lishidan q a t’I nazar qahramon obrazini yaratishning tayyor qolipi yo‘q, bolishi ham mi'mkin cmas. Har bir ijodkor o ‘z istc’dod yo'nalishi va darajasi, boruqni. hayotni, insonni idrok etishdagi individual qarashlari, maqsad va ideali asosida qahramon obrazini yaratadi va ana shu yo'ldagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa ijodkordan farq qiladi. Shu ma’noda bu davrda asar qahramoni, xususan, ijobiy qahramon obrazi unday yoki bunday bolishi kerak, asarda, albatta, ijobiy yoki salbiy qahramon boladi, sho‘ro jamiyati kishisi fazilatlarining o‘zida umumlashtirgan tipik qahramonsiz sho‘ro adabiyoti bolishi mumkin emas, asar markazida, albatta, kommunisi yoki ishchi obrazi turishi, rus kishisi obrazi b o ‘lishi, ular, albatta, o‘zbekka aql o‘rgatishi yoxud yo‘l ko'rsatishi kerak qabilidagi fikrlar aytilgan va shunday yo‘l tutgan adabiy tanqid jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini bugun anglab yetayapmiz, ammo o ‘sha davrda bunday fikrlarni aytish zamon tanqidchiligining yetakchi tamoyillaridan biri edi. Shu ma’noda davr tanqidchiligida qator roman, qissa va dostonlardagi qahramonni jo ‘n, yuzaki, bir tomonlama talqin qilishiar: ayrim sxematik xaraktcrlarga; sujet va kompozitsiyadagi ba’zi qoliplarga; hayotiy ziddiyatlar xaspo'shlanib, o‘siqlaming osongina yengib o‘tilishiga; hatto qahramonlar xatti-harakatlari ishonarli emasligidan qat’i nazar ulami va pirovardida umuman asarni ijobiy baholash tanqidchilikda muayyan muddat oddiy bir hol sifatida kechdi. Bu kamchiliklardan qutula borish asnosidagina tanqidchilik o ‘zining jamiyat va adabiyot oldidagi mavqeini mustahkamlashi mumkin edi.
Qahramonlami yaxshi-yomonga yoxud ijobiy va salbiyga ajratish, badiiy asarda qahramon timsolidagi shu xususiyatlarni tasvirlash, binobarin, tanqidchilikning ham masaiaga shu nuqtayi nazardan yondashuvi uzoq yillar davomida hukm surib keldi. Masalan, tanqidchi A.Aliniuhammedov «Usta G ‘iyos» haqida ba’zi mulohazalar» maqolasida qahramonda tipik odamga xos «yaxshilik* va «yomonIik»lami topa bilish Mirmuhsinning asosiy yutug‘idir», - deb yozgan edi. Bu yo‘nalishdagi xatolar sekin-asta bartaraf etila bordi. Xususan, tanqidchilik adiblardan qahramonlami butun murakkablikda, ichki olamidagi ziddiyatlami xaspo‘shlamay ko‘rsatish zarurligini talab qila boshladi. Ijobiy qahramon haqidagi bahslarda «ideal qahramon» masalasi ham ko'tariladi. «Oyda ham dog‘ bor» deganlaridek, har bir eng ijobiy, eng ideal bo‘lib ko‘zga tashlanadigan odamda ham qandaydir juziy kamchiliklar uchrashi tabiiy. Demak, kamehiliksiz odam yo‘q. Gap o ‘sha kamchiliklarni ko‘rsatish zarurligi yoki nozarurligida, ulaming qahramon ifodasidagi tabiiy va hayotiyligida, hayotiy haqiqatni badiiy haqiqat darajasiga o‘tarila bilishida.
Tanqid bu tushunchalarga birmuncha keyinroq — jiddiy izlanishiar natijasida yetib keldi. Adabiy tanqid yaratilayotgan ijobiy qahramon obrazining bo‘rttirib ko'rsatilishini talab etishi natijasida, mumtoz adabiyotdagi ijobiy qahramonlami kamsitish kayfiyatiga ham uchradi. Davming adabiy-badiiy va tanqidiy tafakkuri ittifoq miqyosida, umuman, qahramon, xususan, ijobiy qahramon haqida bahs zarurligini anglab yeta boshladi. Ba’zilar ideal qahramon yaratish talabiga salbiy munosabalda bo'Idilar, buning sababi, u hayot haqiqatini oldindan belgilab berilgan sxemalar bo‘yicha aks ettirishga undaydi deb talain etildi. Badiiy ijod tajribasida birgina ijobiy qahramon ishtirok etmaydigan asarlar ham uchraydi. Bu xildagi asarlar ko'pincha turli e ’tirozlarga, tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Gogolning «Revizor» komediyasi shunday asarlardan biri.
Unda ijobiy qahramon yo‘q, demak, yozuvchi idealini kim o‘zida tashiydi, degan savolga Gogol: «Asarda olijanob bir qahramon bor, bu-kulgidir», deb javob berishi bilan kulgi asardayozuvchi pozitsiyasini aniq belgilab turadigan ijobiy qahramon vazifasini ado etishini ta’kidlagan edi. A.Qahhoming «Sarob» romanida ijobiy obrazlar bo‘lsa-da, ular ikkinchi darajalidir deya asardagi bu muammoni noto‘g‘ri talqin qilish hollari ham bo‘ldi. Keyinchalik bu fikrlar asossizligini adabiy jamoatchilik angiab yetdi.Urushdan keyingi o‘zbek tanqidida har bir asar markazida ijobiy qahramon bo‘lishini shart deyilgan talab ancha kuchu edi. Aslida, — bu biryoqlama, noto‘g‘ri talab edi.
Chunki hayot ham, inson ham murakkab. U faqat yaxshi yoki faqat yomondan iborat bo‘lmasligimumkin. Inson hayotd a qanday bo‘lsa, shunday, bor murakkabiigi bilan adabiyotda aks etishi kerak. Shu o‘rinda adabiy tanqidning lirik qahramonga, ya'ni she’riyatda harakat qiladigan va juda ko‘p hollarda lirik qahramon bilan bir vaqtda shoir aytmoqchi bo‘lgan fikmi o ‘zida tashiydigan obrazlarga munosabatini eslatib o ‘tishga 0‘rinIidir. «Bir qator taqriz va maqolalarda lirik asarlar, she’riy to ‘plamlar u yoki bu darajada tahlil qi indi, shu munosabat bilan ijobiy lirik qahramon xususida gap ochiidi, turli-tuman mulohazalar bayon etildi. Bu borada lanjlik, ruhiy bo shanglik, fikriy sayozuk va mavhumlik, quruq ritorika va madhiyabozlik kabi nuqsonlarni keskin, shafqatsiz tanqid qilish kuchayib bordi. Bu hol lirik qahramon yaratishning obyektiv va subyektiv jihatlariga nazar tashlashga olib keldi*1, - deb yozganida M.Qo'shjonov haq edi. Turmushning ilg‘or tamoyillarini, hayot uchun zarur bo'lgan Tom onlarini o‘zida aks ettirgan, kclajak uchun to ‘siq bo‘ladigan illatlarga qarshi shafqatsiz kurashuvchi qahramonlar obrazini yaratish bu masalaning obyektiv jihali. Lekin bu qonun emas.
Hayotdagi qahramon faqat shu nuqtayi nazaridangina tasvirlanishi shart emas. 10 ‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi. Bu masala ijodkor maqolalariga bog‘liq. Zero, hayotda yuqoridagi yo‘nalishga teskari ruhdagi qahramon boMishi ham mumkin. Uni ham tasvirlashga muallif haqli. Bu olrinda ham yetakchi muddao yozuvchi maqsadi va uning badiiy namoyon bo‘iish darajasi va yo‘nalishidir. Demak, masalaning subyektiv jihati ham bor. U shoirning o‘zi, ya’ni uning qahramon haqidagi nuqtayi nazari, yaratgan obrazi. Demak, lirik obraz mohiyat e’tibori bilan shoir tafakkurining keng va teranligini, yo'nalishi, qalbining, ruhiy olamining boyligini ko'rsatuvchi bir ko‘zgudir.
Qahramonga munosabatda tanqidchilikda ideal, nuqsonsiz qahramon obrazini yaratishni shart qilib qo'yish hollari ham uchradi. Shu tariqa, ijobiy qahramon masalasi bu davr tanqidi diqqat markazida turdi, munozaralar adabiyotda yangi-yangi izlanishlarga uchradi. Bu davrda «konfliktsizlik nazariyasi»ning mohiyati ochib tashlandi, hayotga qarama-qarshilik qahramonlarni ziddiyatlari turmushni kurashsiz tasvirlash, zamonamiz qahramoniarining bir tomonluma va ruhiy olamini yuzaki, «ura-uralar» fonidagina ko‘rsatish tamoyillari keskin tanqid qilindi. Sho‘ro jamiyati bo‘lsa ham, uni batamom kamchiliklarsiz ko‘rsatish, mutlaq titrog‘i yo‘q jamiyat sifatida talqin etish xatodir - degan fikrga kelishning o‘zi hayotda o!g‘a tashlangan qadamlardan bin, tanqidchilikda bu fikrning adabiy jarayonga tadbiq etila boshlanishi esa, tanqidiy tafakkurning bir bahya olg‘a siljishi edi. K.Yashin o ‘zining «Ulug( kanal» operasi librettosida xalq turmushini kurashsiz, ziddiyatlarsiz ko'rsatib, jiddiy g‘oyaviy-badiiy xatolikka yo'l qo‘yganini o‘zi e’tirof etdi. l.Sulton, H.Yoqubov, B.lmomov, H.Abdusamatov, S.Azimov kabi olimlaming ishlarida konfliktsizlik nazariyasi keskin tanqid qiiinadi. H.Yoqubov so‘zlari bilan aytganda, «konfliktsizlik nazariya»sini ilgari surgan ayrim tanqidchilar yozuvchi kamchiligining chuqurlashuviga ta ’sir ko‘rsatdilar, turmush haqiqatini bo'yab, silliqlab ko‘rsatish tegirmoniga suv quydilar.
U V.Zohidovning qator maqolalarida «konfliktsizlik nazariyasi» himoya qilinganligini tanqid qiladi. Bu nazariya tanqid qilingan ishlardan yana biri H.Abdusamatovning dramaturgiyada konflikt masalalariga bag‘ishlangan (1954) kitobidir. Unda urushdan keyin yaratilgan dramalar konflikt muammosi nuqtayi nazaridan tahlil qiiinadi, aniq misollar asosida «konfliktsizlik nazariyasi «ning zararli oqibatlari ko'rsatiladi. «Konfliktsizlik»ning yana bir ko‘rinishi «yuzaki ziddiyatlar»ni to‘qib chiqarishda namoyon bo'ldi. .Rahimning «Hayot buloqlari» manida konfliktni bo'shashtirish oqibatida sxematizm kelib chiqqanini tanqidchijar to‘g‘ri ko‘rsatib berdilar. Badiiy konilikt asar o‘zagida yotar ekan, u g‘oyaviylikka chambarchas bogliq va ko‘pincha, ular bir-birlarini belgilaydilar. Zotan, hayotni ziddiyatsiz, kurashsiz aks ettirish haqiqatdan ko‘z yumish, san’at asarini haqiqiy g‘oyaviylikdan mahrum etish hisoblanadi. Yuzaki, faqat xo‘jakolrsin uchungina, omma ko‘zini shamg4alat qiiish uchun asarga kiritilgan koniliktlar tanqidchilar e ’tiboridan cherda qolmadi. Bunday konflikt soxta, mayda-chuyda, ko‘pinchaanglashilmovchilik asostgagina qurildi. Hayotiyukdan mahrum, o'ylab chiqarilgan bunday ziddiyatlar va faqat konflikt emas, umuman, asami butunisicha chippakka chiqarishi tanqidchilar tomonidan asoslab ko'rsatildi. Konfliktsizlik muammosi faqat epik yoki dramatik asarlargina emas,barcha tur va janrlarga ham xos ekanini, soxta koHarinkilik, ma’nosiz optimizm, binobarin, voqealarni yuzaki tasvirlash, hodisa va faktlami quruq bayon qilish bilan cheklanish she’riyatda ham ko‘zga tashlanishini M.Qo‘shjonov to‘g‘ri ta ’kidladi. Konfliktsizlik muammosi, dastlab, dramaturgiya, so‘ng nasriy asariar tahlilida jiddiy qo‘yildi.
Ma’lum vaqtgacha lirika bu umumiy harakatdan chetda qoldi. Sababi lirikada konfliktning o ‘ziga xosligi, hatto, lirikada konilikt boMishi — bo‘lmasligi ko‘pchilik munaqqidlarniikkilantirib turdi. «Hatto ayrim shoirlar adabiyotning konfliktli bo'lishi haqidagi talab faqat drama yoki epik asariargagina taalluqlidir, «lirikada konfliktning boiishi shart emas», dcb chiqdilar. Bunday qarashlar adabiy ijodga ham ta’sir ko‘rsatmoqda va natijada lirikada voqelikni bo‘yab, yaltiratib tasvirlovchi ko‘pgina she’rlar vujudga kelmoqda»', deb yozdi O.Sharafiddinov. Bu davr adabiy tanqidi tipiklik masalasiga ayricha e ’libor berdi. Bahslurda turli-tuman fikrlar aytildi, har xil nuqtayi nazarlar bayon qilindi. Bu borada, ayniqsa, L.Qayumov salmoqli tadqiqotlar yaratdi. «Badiiy adabiyotda tipiklik problemasi», «Tipiklik va badiiy mahorat* maqolalari shular jumlasidan bo'lib, ayrim hollarda ularda tipiklik bilan individuallik orasidagi bog‘lanish zaif asoslanganligi sezilib turadi. Tipiklik — keng va ko‘p qirrali nazariy muammo. Bu borada adabiyotshunoslik va tanqidchilikda ko‘p bahslar bo‘Idi. Ba’zi birovlar uni noto‘g‘n talqin etdi, ayrimlari yuzaki tushundi, boshqa birlari esa uning ba’zi tomonlariga kuchli urg‘u berib, boshqa jihatlarini e ’tiborda tutmadi. Bu xildagi turli-tumanlik ko‘pgina maqolalarda ko'rindi, aynjqsa, B.Rahmonovning «Yurak sirlari» asan atrofidagi bahslar jarayonida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Tipiklik haqidagi qator ilmiy-nazariy qarashlar, ulaming nozik estetik jihatlari o‘z qimmatini saqlab qoladi, albatta. Biroq marksistik ta’limotning bilish nazariyasiga chambarchas bog‘lab qo‘yilgan hamda sho‘ro zamonidagi mafkuraviy-siyosiy manfaatlarga bo‘ysundirilib ilgari surilgan qator nuqtayi nazar va prinsiplar o‘z ahamiyatini yo'qotganini eslatish o‘rinli bo'lur edi. She’riyatda konflikt kabi tipiklik ham o'ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Lirikaning epos va drama turlaridagi asarlariga nisbatan jonli jarayon va tipik sharoitni ko‘rsatish imkoniyatlari xiyla cheklangan. Shu boisdan lirik qahramon tipik sharoitni o‘zida mujassam etgan holda voqe bo‘ladi, u orqali biz aniq tarixiy voqelik va hodisa anglaymiz, qonuniy mohiyatini tasawur etamiz. 0 ‘sha yillarda konflikt kabi tipiklikni noto‘g‘ri talqin etish qator lirik asarlarga munosabatda yaqqol ko‘rindi. «Konfliktsizlik nazariyasi» ta’sirida hayotiy ziddiyatlardan xoli «bezakli qahramonlar» paydo bo‘ldi. Tipiklikni bir tomonlama, yuzaki tushunish natijasida «lirik qahramon* hamisha baxtli, saodatli bo‘Iishi lozim, uning uchun qayg‘u, o‘kinch, zorlanish, mashaqqat «tipik emas», deguvchilar ham bo‘ldi. Oqibatda dardsiz, haroratsiz, ehtiroslardan mahrum. siyqa, yaltiroq, soxta ko‘tarinki she’rlar va lirik qahramonlar ko‘payishiga yo‘1 ochib berildi. Tipiklikni o‘sha davr maikurasi qobig‘ida tushungan tanqidchilaming maqolalari bugun eskirdi. o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidi yuqorida e ’tirof etilgan nuqsonlari bo‘lsa-da, bu davrda o ‘z tarixiy taraqqiyoti yoMining yangi bosqichiga o ‘tdi. Uning tadqiqot obyekti kengaydi, hayotiy masalalarga yaqinlashuvi chuqurlashdi. 0 ‘zbek adabiyoti tarixini tadqiq etishga e ’tibor kuchaydi, koHarib chiqayotgan muammolari rang-baranglashdi.
Adabiyotshunoslik Alisher Navoiy va undan keyingi davrdagi san’atkorlar hayoti va ijodini monografik yo‘sinda tadqiq qilishda jiddiy yutuqlarga erishdi. XX asr o‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini ayrim muammolar, adabiyot taraqqiyotining bosqichlari monografik yo‘sinda o'rganilgan va tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Bu yo'nalishda o‘ndan ortiq tanqidiy- biograflk ocherk vujudga kcldi. Badiiy ijodning fundamental muammosi — rcalizm xususidagi ilmiy izlanishlaming natijalari e’lon qilindi.
Adabiyotshunos va tanqidchilar sail yangi ku ch lar hisobiga kengaydi. Adabiy tanqidning adabiy jarayon bitan aioqasi sezilarli ravishda kuchaydi. Tanqidchilik she’riyat, nasr va dramaturgiyada yaratilgan deyarli har bir muhim asarga munosabat bildirishga intildi. She’riy to'plamlar, pocmalar, ochcrk, hikoya, qissa, roman, drama, komediyalar haqida ancha taqriz va maqolalar bosildi, tanqidda adolaidan qochish emas, haqiqat sari yuz burish mayllari kuzatildi. Tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi roli va ta’siri ortdi, saviyasi ko‘tarila boshlandi. Zamonaviylik, g‘oyaviylik, badiiylik, konflikt, tipiklik. lirika va boshqa qator muammolarni tushunish va talqin qilishda muayyan yutuqlarga erishdi. Avvalgi bosqichda dunyoqarash, sinfiylik, ijtimoiy mansubiyat masalalarini anglash va talqin etishda y o i qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar barham topdi. Davr va ijtimoiy hayotdagi murakkabliklar adabiyotshunoslik va tanqidchilikda ham namoyon boMdi. Tanqidchilik vulgar solsiologizrn, dogmatizm, nigilizmdan iborat zararli yo'nalishlar mashaqqatlarini chekdi va ulardan qutula borgani sari jiddiy yutuqlar tomon intilishda davom etdi.

Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin