Adabiy tanqid nazariyasi


Mavzuni mustatakamlash uchun savollar



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə26/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

Mavzuni mustatakamlash uchun savollar:
1. O. Sharafiddinov adabiy-tanqidiy qarashlarining o'rganilishi haqida
nimalarni bilasiz?
2. Tanqidchining o ‘ziga xos uslubi nimada namoyon bo'lgan?
3. Munaqqidning cho'lponshunoslikka qo'shgan hissasi haqida gapiring.
4. «Zamon.Qalb.Poeziya» kitobining ahamiyati nimada ko'rinadi?
5. O.Sharafiddinov yaratgan adabiy portretlar va ulaming o ‘ziga xosligi
mmalarda ko'rinadi?


IBROHIM HAQQULOV (1949 ). 0 ‘zbek adabiyotshunosligi va taj^qidi rivojiga munosib ulush qolshib, sermahsul ijod etib, ko'plab monografik tadqiqotlar, ilmiy-tanqidiy asarlar, kitoblar, maqolalar yaratayotgan ibrohim Haqqulov filoiogiya fanlari doktori, professor sifatida samarali ijod etib kelmoqda. Ibrohim Choriyevich Haqqulov 1949-yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Talija qishlog‘ida, ziyoli xonadonda tug‘ilgan. Lining adabiyotga qiziqishi oila muhitidan boshlangan. Buvisidan Navoiy, So‘fi Olioyor g‘azallari, Yassaviy hikmatlarini eshitib ulg‘aygan olim o ‘rta maktabda a ’lo baholar bilan o'qidi.
1970-yilda Buxoro Davlat pcdagogika instiluti filoiogiya fakultetini tugatgan olim hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nojnidagi Til va Adabiyot institutida bo'lim boshlig‘I bo'iib ishlab kelmoqda. Olimning « 0 ‘zbek adabiyotida ruboiy», «Uvaysiy she’riyati», < oadiiy so‘z shukuhi», «Zanjirband !>her qoshida*, «She’riyat — ruhiy munosabat», «Tasavvuf va she’riyat», «Abadiyat farzandlan», «Irfon va idrok*, «Tasawuf saboqlari», «Ahmad Ya^saviy», «Kim nimaga tayanadi?» «E'tiqod va ijod», «Navoiyga qaytish», «Taqdir valafakkur», «Meros va mohiyat» kabi yigirmaga yaqin kitoblari chop etilgan. 1997-yilda olim Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti bilan taqdiriangan. Olim mumtoz adabiyot tarixi, tasavvuf she’riyati, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan iadqiqotlari orqali yirlk va zukko adabiyotshunos sifatida tanildi.
Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik faoliyatiniiig eng muhim fazilatlaridan bin - uning tadqiqotlarida mumtoz adabiyot vakillari ijodi va hozirgi zamonaviy adabiyotnmg ma’naviyatimiz taraqqiyoiidagi o 'rni o ‘rganiladi, umumlashtiri lib,ilmiy xulosalar chiqarilishidir. Olimning, ayniqsa, o‘zbek she rivati taraqqiyoti haqidagi, uning yetakchi tamoyillari xususidagi umumlashtiruvchi ilmiy-nazariy flkrlari adabiyot ilmi taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Adabiy tanqid har bir tanqidchining o‘zi qiziqadigan sohasi bo‘lishi bilan ajralib turdi. Masalan, H.Yoqubov Oybek ijodi, L. Qayumov Hamza havoii va ijodi, Izzat Sulton realizm masalalari, M.Qo‘shjonov nasr, H. Abdusamatov hajviyot, Komi! Yashin ijodining umumiy masalalari va dramaturgiya muammoiari, S. Mamajonov she’riyat,G lafur G‘ulom ijodi, U. Normatov hikoya va roman, O.Sharafiddinov va !.G‘afurov she’riyatda mahorat masalalari bilan ko‘proq shug‘ullandilar va hokazo. Har bir yirik tanqidchi o‘zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib qoldi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, I.Haqqulov mumtoz adabiyot tarixining, iasavvuf ilmining bilimdoni, yassaviyshunosdir.
Oliinning aksariyat tadqiqotlari shu mavzuda, Shu bilan birga u hozirgi adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, C h o ipon, Oybek va A.Qahhor haqida cho'lponshunos, oybekshunos vaqahhorshunos olimlar ora sida o‘z so‘zini ayta oladigan tanqidchilardanhisoblanadi.I.Haqqulov C h o lp o n ijodi bilan alohida shug‘ullanmagan bo `lsada, mustaqillik yillarida o'zbek oiimiaridan birinchilardan bo‘lib, shoiming she’rlarini to'plab, «Bahomi sog‘indim» (1988) nomi bilan chop ettirdi. C h o lp o n ijodi haqidagi bahsu munozaralarga faol ishtirok etib, ayrim maqolalari bilan cho‘lponshunoslikni boyitishga xizmat qildi- Uning maqolalari o‘zining salmogi, mazmun-mohiyati, qo‘yilgan muammoning yechilishi va ahamiyati bilan kitobxon diqqatini tortadi. «Qutulish yulduzi yo‘qlikka kirmas» deb nomlangan maqola Cholponning «Baljivon» she’ri tahlili va talqiniga bagishlangan. Bu yirik maqolaga Cho‘lponning «Ket, yo'qol, ko‘zimdan haqiqat, yo‘qol...» misralari epigraf qilib olingan. «Cho‘!ponning din va millar hurriyali yo'lida jihodga kirishgan vatanparvariar harakaliga katia umid bogMaganligini isbotlovchi eng xarakierli dalillaridar. Biri «Baljivon** nomli she’ri hisoblanadi», — deb yozgan munaqqid bu she’r shoirning hech qaysi to‘plamiga kirmaganugi, bizning matbuotimizda ham hech qachon chop etilmaganligi, o'zbek adabiyotshunosligida deyarli tilga olinmav keliriganligini ta’kidlaydi. Buning ustiga tanqidchi C h o ‘lponning «Go*zal Turkiston», «Go‘zal Farg ona « kabi she’rlari singari yaratilgan kunidanoq qo‘ldan qoMga o ‘tib, «turku kabi» sevib o ‘qilgan, o‘zbek she’riyati tarixida mazmun-mohiyati, maslak murosasizligi jihatidan «Baljivon»ga o‘xshash yoki yaqin keladigan ikkinchi bir shc’ryozilmagan. Shuning uchun ham «Baljivon» Anvar Poshoning jasur siymosini gavdalantiruvchi so‘zdan yaralgan she’ri y bir haykal desa aslo mubolag‘a bolmaydi, deb hisoblaydi. Tanqidchi «Eng so'nggi umidin qonga bolyagan. Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan!» deb o‘z shc’rida faryod qilgan Cho Iponning intiqom va og‘ir harorat tuyg‘usini anglagan holda qalam tebratadi shu bois mazkur maqola cho‘lponshunoslikda avricha sahifa ocha oigan, Cho'lpon ijodining muhim qirrasini yoritib bergan tadqiqot sifatida katta ahamiyatga ega va adabiy suhbat va obzor maqola janrlarining vetuk namunalarini yaratib, badiiy asar, ayniqsa, she’riy asarlaming nozik tahliichisiga aylangarini taniqli adabiyots'nunos, 0 ‘zbekiston Qahramoni Ozoa Sharafiddinovning unga yo‘liagan ochiq maktubidagi quyidagi e'tirof ham yaqqol tasdiqlaydi.»Awalo, shuni aytniog‘im kerakki, men birinchi qadamlaringizdanoqijodingizni juda katta qiziqish bilan kuzatib kclaman. Meniinaqolalaringiz va kitoblaringizdagi teranlik, mulohazalar hamdaxulosalaming chuqur bilimga asoslanganligi, har bir sahifadan barqurib turadigan samimiyat o ‘ziga jalb qilardi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlaringiz, uning bir qator g‘azallariga bergan tahlillaringiz, tasavvuf borasidagi izlanishlaringiz sizni adabiyotshunusligimiz sohasida oidingi o'rinlardan biriga olib chiqdi. Siz xalqimiz o'rtasida mumtoz adabiyotimizning yctuk va barkamol tadqiqolchisi hamdalarg‘ibotehisi sifatida tanildingiz*1.Haqiqatan ham bugungi kunda o ‘zbek adabiyotshunosligi vaadabiy tanqidi Ibrohim Haqqul siymosida u yoxud bu adabiy hodisani umuminsoniy qadriyat sifatida umumjahoniy falsafiy-estetik mezonlarda tahlil qila oladigan yorqin iste'dod voyaga yetganligidan faxrJana oladi. Shu munosabat bilan yana O.Sharafiddinovning Ibrohim Haqqulga yo‘Uagan xatida ta ’kidlangan ikki nuqtaga e'tiborni qaratishga to‘g‘ri keladi: Birinchisi — «mutaxassislarimizning intellektual darajasini k»‘tarish* va ikkinchisi - «istiqlol adabiyotshunosligini yaratish va rivojlantirish uchun...ijod crkinligi, tafakkur erkinligi»ga erishmoq shart. Shu mantiqdan Ibrohim Haqqul ijodiy qiyofasiga nazar solinsa, har ikkala shart ham o ‘zaro uyg‘unlashgan holda uning ijodkorlik istc'dodi va salohiyati asoslarini belgilab kelayotganligiga qanoat hosil qilish mumkin. Bunda i.Haqqulning ilmiyjasoratiga asoslangan erkin fikrlay olish iste’dodi jilolanib turibdi. Ayni choqda, uning Jamol Kamol fors-tojik tilidan muvaflaqiyat bilan o'zbekchaga o'giigan Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma*naviy»siga yozgan so‘ng so‘zi, bir qancha so'zboshilari, mumtoz Adabiyot tarixiga bag‘ishlangan maqolalari, shuningdek, «Navoiyga qaytish», «Taqdtr va tafakkur», «E’tiqod va ijod», «Abdulla Qahhor jasorali» kabi qator kitoblari baland did va teran tafakkur bilan yozilgan.
Bu silsilaga uning «Ahmad kalia», «Ustod». «Oybek shaxsiyati va she'riyatiga doir* singari o‘niab maqolalarini ham kiritmoq lozim, u la r betakror mushohadalarga boyligi bilan nainki o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidida, ayni zamonda xorijdagi adabiyotshunosukdagi estetik qarashlardan qolishmaydigan mulohaza va muhokamalarga to ‘yintirilganligi bilan ham diqqatni tortib turadi. Uiarda I.Haqqulning fikrlash tarzi va bayon etish uslubi ham o‘zgacha, erkin mantiqiy tafakkurga asoslangan, mushohadalami aniq va tiniq ifodalashga bo‘ysundirilgan. I.Haqqulning adabiyotshunos va tanqidchi sifatidagi ijodiga xos bu xususiyatlami ustoz O.Sharafiddinov o‘z vaqtidayoq teran anglaganidan uni «ham mumtoz adabiyotimizni, ham zamonaviy adabiyotimizni, ham g‘arb, ham sharq adabiyotini puxia» bilgani tufayli «fikrlari tor mahalliy hududlami yorib chiqib, yorug‘ jahon bo‘y!ab» taralishga yuz burayotganidan bashorat etgan edi. Aslida-chi, bu bashoratning bugungi kunda haqiqatga aylanganini mamnuniyat bilan tan olmoq- hozirgi o'zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidi erishayotgan darajalami xolisona e ’tirof etishga yo‘l ochgan bo‘lar edi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida tanqidchining umtoz adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlar bilan suhbati ko‘p uchraydi. Uning yorqin namunaiarini taniqli adabiyotshunos olim I.Haqqulov ijodida ham o'rish mumkin. «G‘azal gulshani» deb nomlangan kitob janrini muallifning o ‘zi ham «adabiy suhbatlar» deb belgilagan. Kitobning «risola adabiy suhbat, tahul-mushohada shaklida» yozilganligi alohida ta ’kidlab o ‘tilgan. Suhbatiar o'zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodi haqidagi kuzatish va yangicha qarashlarga boyligi bilane’tibomi tortadi. Ulaming o'ziga xosligi shundaki, suhbatni tashkil etuvchi bilan suhb atdosh erkin fikr yuritishadi. Adabiy suhbat orqaii suhbatdoshlaming qiyofasi, suhbat obyekti bo‘lgan ijodkorga simpatiyasi, ular ijodidagi muhim bclgilar ochiladi.
Ayniqsa, ijodi adabiyotshunoslikda kam o ‘rganilgan shoirlar haqidagi suhbatning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati katta. Bunga mumtoz shoirlar ijodiga bag‘ishhngan suhbatlar yorqin misol bo‘la oladi. Bu suhbatlar ular ijodiga mehri, hurmat tuygusini uyg‘otib, suhbatga qandaydir o'zgacha ohang bag‘ishlab turadi, bu iuyg‘u kitobxonga harn yuqadi. Suhbatdag‘ qalb so‘zlari kishini toiqinlantirmay qo‘ymaydi, ikkinchidan. suhbatda g‘azallarning go‘zal lahlili. o‘zbek adabiyotiga ta’sin haqidagi mulohazalar o'quvchining shoirlar ijodiga qiziqishini oshiradi. Umuman olganda, suhbatdoshlaniing o'ziga xos uslubi, tilining soddaligi uni o'qimishli qilgan, garchandular mutaxassislar- adabiyotshunos va munaqqidlar tomonidan olib borilsa-da. keng kitobxonlar uchun tushunarli bo‘lib, ulami shoir she’riyatiga oshno qila oladi. Suhbatdoshlar qaysi shoir hayoti, ijodi haqida fikr yuritmasiiuar, mavzuga ko‘pincha jahon adabiyoti mezonlari asosida yondashishga harakat qiladilar. Mubimi, ijtimoiy-g‘oyaviy talqinga ko‘p diqqat quinmaydi, ularda g‘az al mohiyatini chuqur, dildan anglash vaangiatish ruhi ustuvor. Olimning «Kim nimaga tayanadi» deb nomlangan kitobi ham adabiv suhbatlardan ashki) topgan.
«G‘azal gulshani»da suhbatni tashkil etgan suhbatdosh tanqidchining o ‘zi edi, adabiy suhbatni olib borib, suhbatdoshga savollar berib, adabiyoi haqidagi mulohazalarni bir markazga yig‘ib, muammolarni o'rtaga tashlagan. Bu kitobda esa I.Haqqulov jumalist va yosh olimlar tashkil etgan suhbatl.aming asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. Bu suhbatlar tkki yo‘naiishda: mumioz adabiyot tarixi va hozirgi adabiy jarayonga bag‘ishlangan holda olib boriJgan. Kitobda 18 ta suhbat berilgan. Shundan ko‘pchiligi mumtoz adabiyot, tasawuf masalalariga bag‘ishlangan, beshtasi hozirgi adabiy jarayon bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, adabiy suhbatlaming to‘rttasi Oybek ijodi, she riyati haqida. «Oybek haqida suhbatlar» 4 qismdan iborat. Birinchi suhbat «Bir o ‘lkaki, sal ko‘rmasa quyosb sog‘inar» deb nomlangan. Munaqqid «ko‘ngil yo‘u bilan Oybekka yaqinlashgan odam o‘zini yangidan tug‘ilganday yoki his-tuyg‘ulari tozarib, yangilanganday tasawur qiladi. Ko‘ngli qattiq, hislari kirlanib, mog‘orlanib yotgan kimsa Oybek dunyosiga oshno bo‘lgandan so‘ng ham ichichidan bir pushaymonlik sezmasa, undan odamiylik kutmaslik lozim», deb hisoblaydi. Tanqidchi agar bugun birov mendan: «Sen qiyomatda nima bilan faxr etgaysan?», — deb so‘rasa, ishoning, «Oybekday sodiqlaming ko‘ngli bilan», - deb javob bergan bo'lardim, deydi. Oybekning ko'ngli — chin go‘zallik va sevgi chashmasi, mehr va shafqat gulshani,ijod va ilhom ummoni. Lekin u haqda qancha gapirmang, baribir ta’rifu tavsifga sig‘dirib bo'lmaydi uni. Okzini «So‘nggi darvesh» sanagan Oybek hali to ‘la kashf etilmagan Sir ekanligini, «Oybek quyosh va oy sog‘inchiga sohib muazzam bir 0 ‘lka» ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Oybek ijodiga bag‘ishlangan bu suhbatlarni o‘qir ekan, kitobxon XX asr o ‘zbek adabiyotining chinorlaridan biri bo'lgan shoir va adib haqida yangicha qarashlarga, lalqiniarga ega boladi, Oybckni o czi uchun qayta kashf etadi.



Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin