Adabiy tanqid nazariyasi


XX asrning 60—90-yillari tanqidchiiigining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə24/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

XX asrning 60—90-yillari tanqidchiiigining o‘ziga xos xususiyatlari. Istiqlol shabadalari va adabiy tanqid 0 ‘zbek adabiyoti XX asrning 90-yiilarigacha mustamlaka sharoitlarini boshdan kechirdi. Istibdod faqat ijtimoiy-siyosiy hayotdagina emas, madaniy-adabiy muhitda ham hukm surdi. Shunga qaramay, mavjud ayrim sharoitlaming hayoliy ta’siri, badiiy adabiyotning ichki qonuniyatlarini to‘g‘ri va barakali idrok etish hamda adiblar iste’- dodining siyosat iskanjasida, zug‘um va zo'ravonlik doirasida qolib ketmay, milliy va umumbashariy yo‘nalishlardagi tinimsiz izlanishlari deyarli barcha janrdagi asarlar misolida o‘zining ijobiy samaralarini berdi.
Adabiy tanqid ham shu jarayonlarni boshdan o ‘tkazdi. Sho‘ro to ‘ntaruvidan so‘ng Istiqlolgacha kechgan katta bir tarixiy davr mobaynida kommunistik mafkuraning doimiy va tinimsiz iskanjasida bo‘ldi. Badiiy adabiyot va adabiy tanqid yetmish besh yil sho‘rolar hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlaming o ‘ziga xos badiiy in’ikosiga aylanib, asosan, mafkuraviy qurol vazifasini o'tadi.Hukmronlik va zo'ravonlik ostida maydonga kelgan ijtimoiy-siyosiy o(zgarishlar badiiy adabiyot va adabiy tanqidning ham yo‘nalishini belgilashga intildi: yozuvchilarni hayotni pardozlab tasvirlashga, tanqidchilarni esa, adabiy asarni kundalik siyosat nuqtayi nazaridan tahlil qilib, xulosalar chiqarishga undadi. Lekin sho‘rolar davrida badiiy adabiyot va adabiy tanqid qanchalik siyosiy-mafkuraviy qurollantirilmasin, partiyaviylik, sinfiylik va g‘oyaviylik singari mezonlami ilgari suruvchi sotsrealizm metodi qanchalik hokimlik qilmasin, badiiy ijodda adolatga intilish, realizm uchun kurash bir nafas ham to ‘xtab qoimadi. Bu davrlarda adabiyotning barcha janrlarida yetuk asarlar yozildi, badiiy mahoratning yuksak namunalari yaratildi. Yangi kitobxon ham doim o‘sib, o‘zgarib, shakllanib bordi. Goh oshkor, goh pinhon jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish to'xtamadi, yozuvchilar kabi tanqidchilarning uslub va mahorati, nazariy saviyasi ham o ‘sish, o‘zgarishda bo'ldi.
Kitobxon estetik didini yangilaydigan pishiq badiiy asarlar va itmiy-tadqiqotlar yaratildiki, bu ijobiy hodisalarga adabiy tanqid o‘z munosabatini faol va izchil tarzda bildirib keldi1.Badiiy adabiyotdagi yutuqlami o ‘rganish va tahlil etish natijasida adabiy tanqidning o‘zida ham o'zgarishlar ro‘y berganidek, tanqid erishgan yutuqlar, natijalar badiiy adabiyot rivojiga ta’sir ko'rsatdi.Xalqimizda estetik did va madaniy saviyaning o‘sib borishi hamadabiy tanqid uchun ijobiy ta’sirga ega bo‘ldi. Ayniqsa, shaxsgasig‘inish oqibatlarini tugatish jabhasida olib borilgan ishlar natijasidaXX asming 60—90-yillarida adabiy tanqid o'zining yangi bir ko;tarilish jarayoniga kirishdi. 0 ‘zbek romani, qissachiligi, she’riyati, dramaturgiya, dostonchilikva hikoyachilik kabi tur va janrlaming taraqqiyot yo‘llarini alohidaalohidatahlil etuvchi tadqiqotlar, adabiy va ijodiy portretlar yaratildi. Tarixiylik va zamonaviylik, an’ana va mahorat masalalari tanqidchilik diqqat markaziga o‘ta bordi, bu yo‘nalishda qator ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi.
Ammo adabiy tanqid mafkura tazyiqida bo‘ldi. Buni « 0 ‘tkan kunlar» romani ijodiy metodi atrofida uyushtirilgan bahslar yaqqol tasdiqlaydi. Awalambor, 50-yillaming o'rtalaridan Abdulla Qodiriyning xalqqa qaytarilishi, « 0 ‘tkan kunlar* romani bosilib chiqishi va u haqda Izzat Sultonning ijobiy qarashlari o‘zbek adabiyoti tarixi va tanqidchiligidagi muhim voqealar bo‘ldi. Lekin adib dunyoqarashi, ijodiy metodi xususidagi past-baland bahslar davom etdi. Kimdir uni baribir, 1 Yo ‘Idoshev B. Adabiy jarayon: tanqidchi uslubi va mahorat muammolari. sotsrealizm asari emas, deb baholadi, kimlardir tanqidiy realizm, yo ma’rifatparvarlik realizmi, romantizm namunasi deb atadi, yana allakim undan sotsrealizm unsurlarini axtardi. Bu yillar haqida gapirganda ana shu murakkab jihatni nazardan qochirmaslik kerak. 60-yiliarda yangi tamoyillaming o‘sishiga yo‘l ochgan xususiyatlardan bin adabiy tanqid rivojiga xalaqit berib kelayotgan ayrim nazariy chalkashliklarga jahon adabiy tanqidi lajribalarini o ‘rganish asosida barham berila boshlanganligi edi. Shu tufayli badiiy asa mi yuzaki baholash, asossiz quruq xulosalami ilgari surish, yozuvchi shaxsiga nisbatan subyektiv munosabat bildirish kabi salbiy holatlar barham topa bordi. Bu davr tanqidchiligida, turli yo‘nalishdagi ilmiy-estetik tahlil kuchaya boshlagani, bu maqola va tadqiqotlar o‘zbek tanqidiy tafakkurida yangi bosqich paydo bo‘layotganini ko‘rsatdi. Badiiy adabiyotdagi, she’riyatdagi faqat jamiyat emas, faqat ishlab chiqarish emas, inson tabiatidagi, qalbi va ruhidagi o ‘zgarishlami tasvirlash tomon siljishlami tirika va lirik qahramon muammolariga bag‘ishlangan qizg‘in bahs va ilmiy-nazariy munozaialarda ko‘rish mumkin, bu esa adabiy tanqid saviyasining yuksalishi, she’riyatning rivojlanishiga ta ’sir etdi. Bu davr adabiy tanqidi va adabiyotshunosiigi rivojida ham shu yillar va undan birmuncha ilgari yaratiigan V.Zohidov, V.Abdullayev, 1. Sultonov, H.Yoqubov, A.Qayumov, G‘.Karimov, A.Hayitmetov singari taniqii olimlarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. V.Zohidov, I.Sultonov singari mashhur olimlarning tanlangan asarian naslir etildi. Bu yillardagi tanqid va adabiyotshunoslik ilgarigi bosqichlar uchun xos bo‘lgan mayda mavzuchilik hamda san’atkor ijodiga ko'pincha mavzu nuqtayi nazaridangina yondashishdan qutulib, adabiy jarayon va yozuvchi ijodini muhim va dolzarb muammolar bo‘yicha tadqiq etish bosqichiga ko‘tarila bordi. Adabiy tanqid talabchan va prinsipial bolishida xalq manfaatlaridan kelib chiqishi kerak. Tanqid mehribon va sezgir bo‘lishi, ijodkor yo‘lida tug‘iladigan qiyinchiliklarni tushunishi, u yaratgan narsalami ko‘ra bilishi lozim. Tanqidchi asami faqat aqli bilan tushunib qolmasdan, chin dildan his qila olishi, badiiy obrazlardan oigan taassurotini, his-tuyg‘ularini tanqidiy mantiq vositasida mahorat bilan ifodalab bera bilishi kerakligiga o‘sha davr matubotida katta e ’tibor qaratildi. Adabiy tanqiddagi estetik taiablaming oshib borishi adabiyotshunoslaming ham mas’uliyatini kuchaytirdi.
A.Hayitmetovning «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari* (1959) monografiyasi o‘zbek tanqidchiligi tarixini o ‘rganish borasidagi birinchi yirik va dadil qadam sifatida alohida ahamiyatga egadir. Bu davrda yozuvchilarning adabiy tanqid taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari, ayniqsa, adabiyotning estetik qimmatini belgilash borasida juda katta roi o'ynaydi. Oybekning «Navoiy» romanini qanday yozdim «, A.Qahhoming «Kitob shavq bilan o‘qilishi kerak» maqolalari fikrimizga misol bo‘la oladi. Adabiy tanqid zamonaviylikni tadqiq etishga e’tibomi kuchaytirib, adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsatishga intildi. Bu sohada ma’lum bir yutuqlar qo'lga kiritildi deyish mumkin. L.Qayumovning «Asr va nasr», «Zamondoshlar», M.Qo‘shjonovning «Ijod saboqlari*, «Ma’no va mezon», S.Mamajonovning «Uslub jilolari», «Shoir dunyosi», A.Akbarovning G ‘.G‘ulom, Uyg‘un, Zulflya haqidagi ishlari, M.Yunusovning «Saxiy qalamlar», U.Normatovning «Nasrimiz ufqlari», N.Xudoyberganovning «Kashfiyotlaryoiida», l.G‘afurovning «Yonar so‘z», P.Shermuhammedovning «Jjod dardi», A.Quljonovning «Zamonaviylik va badiiylik» kabi tadqiqotlari adabiyotshunoslik va tanqidchilikning ham son, ham sif at jihatidan o(sganini yaqqol ko‘rsa ta oladi Buiarning aksariyati hun mushtarak bolgan ijobiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: a) oldingi davriarda ko'proq ko‘zga tashlanuvchi badiiy asarlami asosan, mavzu nuqtayi nazaridan o‘rganishdan endi davr taqozo etgan yirik muammolar bo‘yicha tadqiq etish; b) asarlarga g‘oyaviy- iyosiy qimmati jihatidangina emas, ayni choqda badiiy saviyasiga qarab baho berish tamoyilining o‘sisht; d) san’atkoming mahorati masalasini o ‘rganishga e ’tiboming kuchayishi; e) sotsiologik tahlil bilan estetik tahlilni q o ‘shib olib borishdagi ayrim yutuqlar; 0 adabiyotshunos va tanqidchilarning o‘z mahoratlari ustida jiddiy qayg‘urishi.Adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsatishning ibratli namunalari sifatida M.Qo‘shjonovning Xayol boshqa, hayot boshqa», l.G‘afurovning «Ikki shoir bilan suhbat» qolalarini ko‘rsatib o‘tish o ‘rinlidir. Ular asarian jiddiy va haqqoniy tanqid qilingan ijodkorlar uchungina emas, barcha yozuvchi va shoirlarga hamda umuman hozirgi adabiy jarayonga o*zining sezilarli ta’sirini ko'rsatdi. Adabiy tanqidga shu davrda kirib kelgan S.Mamajonov, U Normatov, I.G ‘afurov, N.Xudoyberganovlar tanqidchilikda kam ishlangan mavzularga qo‘l urib, yangi muammolarni ko‘tarib chiqishga intildilar.



Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin