Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Adabiy tanqidni mafkuraviylashtirish deganda nimani tushunamiz? 2. Konflikt muammosining hal etilishi haqida gapiring. 3. «Konfiiktsizlik nazariyasi» haqida nimalar deya olasiz?2. 50-yillarda qaytadan xuruj qilgan nigilizm va *Alpomish» dostoni 4.atrofidagi munozaralar haqida so ‘zlang. bildirdi? 5. 60-yHlar adabiy tanqidining o ‘ziga xoa xususiyatlari nimalarda ko ‘rinadi? 6. 70-yillarda adabiyatshunoslik va adabiy tanqid ko'proq qanday muammolarga e ’tibor berdi? 7. 60-80-yillar adabiy tanqidida qaysi yo ‘nalishlar ustuvorlik qildi? 8. Bu davrdagi yozuvchi-tanqidchilur faoliyati haqida so'zlang. 9. Ayrim janrlar tadrijiga oid monograftk tadqiqotlar qanday xususiyatlarga ega?
XX ASRNING IKKINCHI YARMIDAGI O`ZBEK TANQIDI, MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK TANQIDCHILIGINING XUSUSIYATLARI, ESTETIK PRINTSIPLARI.
REJA: 1.Ozod Sharafiddinov 2.Ibrohim Haqqulov 3.Baxtiyor Nazarov OZOD SHARAFIDDINOV hayoti va ijodining o‘rganilishi haqida. XX asr o‘ rtalaridan o`zbek tanqidchiligiga M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov, L.Qayumov, N .S h u k u ro v , N .Karimov, LJ.Normatovlar avlodi kirib keldi. Ozod Sharatiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan biri ekanini ko‘rsatdi. Bu yangi avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali avlod namoyandalari bilan yelkama-yelka turib, davr adabiytanqidiy muammolarini yechish jarayonida ulg‘ayib bordi. Munaqqidning adabiy-tanqidiy qarashlari, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘mi atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovmng «Ozod Sharafiddinov* nomli (1980) adabiy portreti bo‘ldi. 2000- yilda u ustozi haqida «Iste’dod va e’tiqod» nomli yangi adabiy portretini e ’lon qildi. Unda jonkuyar tanqidchi, hassos she’rshunos ijodiy qiyofasi umumlashtirib berilgan. Bundan tashqari 0 .Sharafiddinov haqida P.Qodirov, U.Normatov, O.Tog‘ayev, B.Nazarov, T.G‘aiurov, M.Sharafiddinova, T.Yo‘!doshev kabi tanqidchilarning mazmundor maqolalarini eslatib o tish o rinli. O.Sharafiddinov 1929-yili Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynarda xizmatchi oilasida tug‘ildi. Bolaligidan Toshkentda yashadi. Ziyrak va qobiliyatli Ozod 14-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 0 ‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o qidi (1946 -1951). Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida tahsil oldi (1954).
0‘zbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib horib, «Hozirgi o'zbek sovet poemalari» degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini (1955) himoya qildi. XX asming 90-yillarigacha o‘zi tahsil olgan-Toshkent davlat universitcti (hozirgi 0 ‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi. So‘ng «Sharq» matbaa konserni hamda «Tafakkur» jurnalining tashkilotchi va yetakchilaridan bin sifatida faoliyat ko'rsatdi. So‘ngra 1997-yilda tashkil etiigan «Jahon adabiyoti» jurnalining bosh muharriri lavozimiga tayinlandi. 1970-yili «istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturi* nomli yirik asar uchun bir guruh adabiyotshunos olimlar qatori O. Sharafiddinov ham Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoiiga sazovor bo‘Idi.Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizg‘in faoliyati munosib taqdirlandi. Hukumatimizning qator orden va medallariga loyiq topildi. 2002-yilda esa 0 ‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo'ldi.
O.Sharaftddinovni adabiy jamoatchiiikka tanitgan jiddiy va salmoqli ishi «Lirika haqida mulohazalar» maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillaming ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillaming boshlarida avj oigan «konfliktsizlik nazariyasi» keltirgan oqibatlami lirik she'rlar misolida ishonarli va ta ’sirli tahlil etgan O.Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o ‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotgani ko‘rindi. Tanqidchilikdagi ayrim biryoqlamaliklar tufayli M.Shayxzoda va Mirtemirdck ulkan shoirlar ijodi chuqur, haqqoniy bahosini olmay kelayotgan edi. Munaqqid navbatdagi ishlarini shu ikki ulkan shoir ijodiga bag‘ishladi. M.Shayxzoda va Mirtemiming O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janming o'zbek tanqidchiligidagi go‘zal namunalari qatorida turadi. Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi.
U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy p>ortretIari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat ijodi haqida o qtin-o qtin ijobiy (ikrlar aytishga urindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh ko'targanda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash ohb bordi. O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya «yo‘!akcha»sidan kirib keldi, adabiy jarayonda yctuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil yoritib beruvchi olim hamda mohir tarjimon sifatida tanildi. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi-poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida, bu muammolarni yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon boMdi. U san’atkor har qancha ijodiy muammolarni ko‘tarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bo‘lsa, u ta’sir kuchiga cga bo‘lolmaydi degan qarashda muqim lurdi. She’riyatning zukko tanqidchisi. Shaxsga sig‘inish iskanjasidan ozod bo‘la boshlagan o ‘zbek she’riyati, nasri va dramaturgiyasida 50-yiltar oxiri va 60-yillar awalida jiddiy siljishlar, o'zgarishlar ro‘y berdi.Tanqid ham ana shu jarayonni tahlil qilishga o‘tdi. Ljodkorlar oldiga yangi-yangi talablar qo'ydi.
Ayniqsa, she’riyatda hayotga qizg‘in munosabat bildirilib, zamonaviy ruh chuqurlasha bordi. 0 ‘zbek nazmida yuz berayotgan bunday ijodiy o‘zgarishlar Ozod Sharafiddinovning «Zamon. Qalb. Poeziya» ( 1962) deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, o ‘zbek she’riyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi’. Kitobdagi maqolalarida hatto G ‘afur G‘ulomdek avtoritetlarni asoslab tanqid qilishga, H.G‘ulom, A.Muxtor, Mirmuhsin ijodida Lenin, partiyani madh etish masalalarida nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganini aytishga ju ra t qildi. Bu — davr tanqidchiligi uchun katta gap, muhim hodisa edi. Shu ma’noda bu tadqiqot faqat muallif ijodidagina emas, shu davr o ‘zbek tanqidchiligining ham prinsipial yutuqlaridan bin bo‘lib 1 Ayrim bir rmqola, tadqiqot , yoxud monografiya xususida darslikning ham obzor xarakterdagi qismda ham munaqqid adabiy portretiga doir qismlarda mulohaza yuritilishi takror yoki qaytariq belgisi emas. Darslik mualliflari tomonidan atayin shunday yo‘l tanlangani sababi: 1) tahlilga tortilayotgan ishning adabiy-tanqidiy jarayondagi o‘mini belgilash; 2) uning munaqqid ijodiy faoliyatidagi ahamiyatini ko‘rsatish; 3) muallif va talabalar tomonidan bu ishlarning o‘zlashtirilishida mustaqil mushohadalami uyg‘otish hamda ulami qayta qayta nazardan o‘tkazish orqali tasawur vatafakkurdagi o‘mini mustahkamlash nazarda tutiladi qoldi Tanqidchi davr o‘zbek she’riyatining xarakterli tamoyillarini teran ko rsatdi, ulami aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi. Zamonaviylik faqatmavzu yoki muammogina emas, ana shulami yontuvchi badiiylikdadir, shu m a ’noda zamonaviylik asosi badiiylikda yotadi, dcgan qarash O.Sharafiddinovninggina emas, umuman, o ‘zbek tanqidchihgining jiddiy yutuqlaridan b in edi. Kitobdagi maqolalarda, shuningdck, pocziyamizdagi lirik qahramon ma naviy olami teranlashib borayotgani davming muhim muammolarmi kuchli emosional shaklda aks ettirish chuqurlashayotganhgi, bayonchilikka nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani ko rsatildi. 6 Olimning navbatdagi «Adabiy etudlar* (1968) nomli kitobidan joy oigan maqolalarda
A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarian tahlil qilmdi. «Qalbimizga yaqin shoira* maqolasida Zulfiyamng go zal va nails ijodiy portreti yaratildi. «Shoiming yo‘li* maqolasida M Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgan. Bu kamtar va zahmatkash qalam sohibi haqida, umuman, o ‘zbek tanqidchiligida shu vaqtgacha yaratilgan e’tiborli ishlardan bin bo‘Iib kelmoqda. O Sharafiddinoy ijodida nafaqat she’riyat, balki nasr va adabiy tanqid muammolariga ham e’tibor qaratadiki, buni uning «Go‘zallik izlab* kitobida ko‘nsh mumkin. Munaqqid maqolalari zavq-shavq bilan o qiladi, doim tanqidchining «men»i va uslubi ko‘zga yaqqol tashlamb turadi. Nasr va adabiy tanqid muammolari birdek ham mazkur kitobda yorqin namoyon bo'lgan. Unda, ayniqsa, 70- yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi qator yosh shoirlar ljodinmg atroflicha tahlil etilishi jihatidan ham qimmatlidir. Usmon Azim avlodlariga mansub qator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda o ‘z isbotini topdi. O Sharafiddinov adabiy tanqid va uning muammolari haqida astoydil qayg‘urgan olimlardan biridir. Xususan, uning «Talant xalq mulki» (1979) deb nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari, she’riyat rivojiga bag ishlangan tadqiqotlari o‘rin oigan. «Tanqidchiuk kasbi haqida»maqolasida munaqqid uchun zarur bo‘lgan uch xislatga alohida e ’tibor beradi. Bulaming birinchisi - adabiyotdagi go‘zallikni, g‘oyaviy va badiiy boylikm his qila bihshdir. Boshqacha qilib aytganda, tanqidchi bo‘Iishni tstagan odamda. birinchi navbatda, estetik tuyg‘u benihoya o ‘tkir bo'lishi lozim, u san’at go‘zalligini nozik his qila bilishi, badiiy adabiyotdan chinakamiga zavqlana olishi shart»1. Ikkinchi fazilat sifatida olim fikrlash qobiliyati va undagi uzviylikni ko'rsatadi. Tanqidchi o‘qigan narsalarini chuqur idrok etishi va tahiil qila bilishi, asardagi voqea va hodisalami, xarakterlami hayot hodisalari, hayotdagi jonli odamlar bilan taqqoslay bilishi, bu taqqoslardan ham adabiyot, ham jamiyat uchun zarur, foydali xulosalar, umumlashmalar chiqara olishi kerak.
Tanqidchilik talantining uchinchi zarur fazilati so‘z san’atiga ehtirosli, otashin muhabbatdir, deydi u. Uning fikricha, adabiyotni butun vujudi bilan sevgan, unga sidqidildan fidoiy kishigina haqiqiy tanqidchi hisoblanadi. O.Sharafiddinov o ‘zi qo‘ygan ana shu talablarga butun umri davomida amal qilishga intildi. Ozod Sharafiddinov maqola va taqrizlari, o'zining, ayniqsa, talabchanligi, prinsipialligi bilan ajralib turadi. Uning I.Rahim qalamiga mansub Sobir Rahimov haqidagi roman, 0 ‘.Umarbekovning «Damir Usmonovning ikki bahori» qissasi to(g‘risidagi, shuningdek, B.Boyqobilovning « 0 ‘zbcknoma» asariga bag‘ishlangan «Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qoch* nomli taqrizlari badiiylik masalasida mualliflar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ayamay, keskin fosh etildi. Bu taqrizlar adabiy jarayonga, yozuvchilar va tanqidchilarga faol ta sir ko‘rsatish kuchi bilan XX asr so‘nggi choragidagi o‘zbek tanqidida prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldi. Adabiy portret janri rivojida munaqqidning o‘rni. Tanqidchi ko‘p yillik ijodi mobaynida G ‘.G ‘ulom, Oybek, K.Yashin, S.Ayniy, A.Qahhor, A. Muxtor, O.Yoqubov, 0 ‘.Hoshimov, A.Oripovlarning ijodiy portretlarini yaratdi. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlar «Iste’dod jilolari* (1976) kitobida o ‘z ifodasini topdi.O.Sharafiddinov o ‘z fikriga qat’iy ishonuvchi munaqqid hisoblanadi. Shu bois kezi kelganda, u katta shuhrat egasi bo‘lgan ijodkorlarning u yoki bu asari, fikriga o'zining tanqidiy munosabatim bildirishdan cho‘chimaydi. Masalan, G‘.Glulomning «Egalari egallaganda « dostoni badiiy jihatdan bo'sh ekanini dadil aytadi. Yoki S.Aynij-ning dastlabki ijod namunalarini tahiil qilarkan, uning nazmdagi kamchiliklarini ro‘yi-rost ko‘rsatib, ularning omillarini aniqlaydi. Shu bilan birga O.Sharafiddinovning S.Ayniy haqidagi adabiy portretida ayrim kamchiliklar ham ko'zga tashianadi. laning «Ulkan hayotningilk sahifalari» dcb nomlanishidayoq ko‘rinib turganidek, S.Ayniy ijodining dastlabki namunalarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Adibning keyingi bosqich ijodini o ‘rganish maqsad qilib qo‘yilmagan. Bunday maqsadni ko‘zlasa, munaqqid boshqacha yoki boshqa maqola yozgan b o la r edi, albatta. Lckin shunga qaramay, maqola adabiy portret xususiyatini kasb etishi uchun, u muxtasar ravishda b o isa ham, siqiq obzor xaraktcrida boisa hain, adibning yaxlit ijodiyoti haqida tasavvur bergani nazarimizda o‘rinii b o ‘lar edi. Hozirgi holatda ham, o'quvchida adabiy portret nihoyasiga yetkazilmagandek taassurot qoldiradi.
Oybek haqidagi adabiy portretda esa uning poetik mahorati va adabiy-tanqidiy mahorati tahlil qilingani holda adibning nasriy mahorati birmuncha e ’tibordan chetda qoladi. Holbuki, adabiy portret janri ijodkor m a’naviy, ijodiy, ruhiy qiyofasini birbutunlikda yaratishui talab qiladi. Buni munaqqid bilmaydi emas, lekin maqolada bu muammolarntng u yoki bu qirrasini yoritish bilangina cheklanadi. O.Sharafiddinov tanqidchilikning tarixiy-biografik yo'nalishi rivojiga ham munosib ulush qo'shdi. Bu xislat, uning. ayniqsa, «Yalovbardorlar « kitobiga kirgan maqolalarida bo‘nib ko'rinadi. Kitobdagi mashhur yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalarda ba’zan davrining siyosiy va mafkuraviy ruhi sezilib tursa-da, adiblaming umumjahon madaniy-adabiy taraqqiyotiga q o ‘shgan hissalarini yoritilishi jihatidan qimmatlidir. Munaqqid kitobda turli millatga mansub yozuvchilar ijodini tadqiq ctar ekan, ulaming, eng awalo, milliy qiyofasini hamda milliy xaraktcr yaratish mahoratiga alohida e’tibor beradi. «Yalovbardorlar* kitobidegi sotsialistik rcalizm bilan aloqadorlikda aytilgan ayrim mulohazalar eskirgan bolishiga qaramay, badiiy asarning go'zallik va ma’naviyat bilan aloqador fazilatlarini chuqur his qilishi jihatidan o ‘zbck tanqidchisining yuksak iqtidori va boy ma’naviy olamini ko'rsata bilishi, shuningdck, o‘quvchilarga mahorat sirlarini tushuntirib bera olishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.
Cholpoo ijodi tadqiqotchisi va jonkuyar targlbotchisi. O.Sharafiddinov 60—70-yillardayoq Cholpon va Fitrat ijodi haqida goh pinhon, goh oshkor o ‘z fikrlarini ayta boshlagan munaqqiddir. Bu yo‘nalishda u matbutotda fikrlarini ochiq aytish imkoniyatiga ega bolmadi, lekin talabalarga o ‘qigan ma’ruzalarida fikrini ochiq aytishdan o ‘zini tiyolmadi. Buning uchun rasmiy doiralardan ko‘p bor dakki ham eshitdi. Yoshlar dunyoqarashida Cho‘lpon haqida tasavvur shakllanishiga va rivoj topishida jonbozlik ko‘rsatib, bu borada zimdan ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorgarlik ko‘rib bordi. Cho'lpon singari qatag‘on bo‘lgan shoirlar ijodidagi qaior namunalardan tashkil topgan «Tirik satrlar» to‘piami tayyorlanishiga O.Sharafiddinov bosh-qosh bo‘ldi. Xuddi shu davrda o'zbek adabiyotining fidoyilar» E.A.Karimov va N.KarimovIar « 0 ‘zbek tili va adabiyoti masalalari» jumalida Choiponning ayrim she’rlari va maqolalaridan namunalami yoritishga ju r’at etadilar. Har qalay, bu urinishlar 90- yillar ostonasidagi qarashlaming uyg‘onishiga zamin bo‘ldi. XX asming 80-yillari oxirida matbuotda Choipon haqida qator maqolalar e’ion qilindi. O.Sharafiddinovning «Cho‘lpon» nomli (1991) asari ulug‘ san’atkor haqidagi birinchi, xayrixohlik bilan yozilgan ilmiy-tahJiliy, ayni vaqtda ommaviy tadqiqot asar edi. Kitob lo‘nda-lo‘nda besh bobdan — hayoti va ijod yo‘li, she’riyati tahlili, nasrining talqini, adabiy-tanqidiy faoliyatiga munosabat, taijimonlik mahoratiga bir nazardan iborat. Kitobning birinchi bobi asosida keyinroq tanqidchi «Cho‘1ponni anglash» nomli teran va mazmunli asar yaratdi. Muallif Cho‘lpon haqida 20-yillardan shu kungacha kim, qayerda nima deganini yaxshi biladi, hatto xorijiy cho‘lponshunoslik tarixi haqida ham ma’lumot beradi. Elining asl o‘g‘loni, buyuk farzandi Cho‘lponni asrab-avaylay olmagan, muhimi, uning sha’ni-qadri uchun kurashmagan zamondoshlaridan xafa bolib ketishini ham yashirmaydi. U Cho‘lponni qancha o ‘qisa, anglasa, inson erki, nihning ozodligini shuncha aniq his qiladi, aksincha, sholro hukumati mohiyatini uqishga qancha intilsa, erksizlik, tutqunlik qonun-qoidalarini aniq-ravshan idrok etadi. Demak, Ch o ‘lpon ijodining mohiyati sho‘ro tuzumi asoslariga zid edi. Insonning erkin ruhini tasvirlovchi asarga totalitar tuzumda o‘rin bo'lishi qiyin. «ChoMponni anglash» risolasining tub -mohiyati mana shunda. «Kecha va kunduz» romani O.Sharaflddinov so‘zboshisi bilan chop etildi. Uning rahbarligida Cho‘lponning awal bir jildlik, so‘ng uch jildlik asarlari nashrga tayyorlandi. «Adabiyot nadur* to‘plami bosilib chiqdi. C h o ip o n adabiy merosiga oid o‘nlab maqolalar, ikkita risola yaratildi.
Cho‘lponga intilish, hatto, aytish mumkinki, O.Sharafiddinovning shaxs sifatida kamol topishiga ta’sir ko'rsatdi, iste'dodini tarbiyaladi. aniq maqsadgayo‘naltirdi. Uning «She’rko‘p, shoir-chi?», «Hayotiylik jozibasi, sxe matizm inersiyasi», «Haqiqatga sadoqat» maqolalari Cho`lpon ruhida yozilgan. Olimning qator shogirdlari cho'lponshunoslikni rivojlantirib kelmoqdalarki, bunda ustozning xizmatlari ulkan. Munaqqidning Cho‘Ipon tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasi katta zalida qilgan ma’ruzasi asosida «Xalq so'zi* gazetasida «Cho`lpon harakatga chorlaydi* maqolasi chop etildi. Unda Cho`lpon bizni erk, ozodlik, mustaqillikni e ’zozlashga o ‘rgatishiga uig‘u berildi. Cho'Ipon ijodini targ‘ib qilish, uning asarlarini mehr va katta muhabbat bilan tahlil va talqin etish munaqqid ijodining yetakchi yo'nalishlaridan biri sanaladi.