Adabiy tanqid nazariyasi


II. Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə29/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

II. Fanning maqsadi va vazifalari

Magistr talabalarga adabiy tanqid nazariyasining nazariy muammolarini o`rgatish, milliy adabiyot tarixini nazariy aspektda o`rganish va uning ma’daniy va ma’naviy ildiziga oid muhim muammolarni tahlil qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Badiiy asarlarni va adabiy namunalarni tarixiy-nazariy aspektda o`rganish orqali talabalarning dunyoqarashi va ilmiy tafakkurini kengaytirish nazarda tutilgan. Adabiy tanqid nazariyasi tarixidan chuqur bilim berish, ularda tanqidchilik tarixi bo‘yicha yaxlit tasavvur uyg‘otish, adabiy tanqidning o‘zi bir alohida olam ekanini uqtirish bu fanning maqsadi sanaladi. Fanni o‘qitishning vazifalari:



  • o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi yuzasidan ma’lumot berish;

  • o‘zbek tanqidchiligini jahon adabiy tanqidchiligining tarkibiy qismi ekanligi;

  • adabiy tanqidning o‘ziga xos soha ekanini tushuntirish;

  • adabiy tanqid janrlari bo‘yicha bilim berish;

  • munaqqidlar faoliyatini o‘rganish kabi bir qator vazifalardan iboratdir.

Mazkur fanni o`qitishning asosiy maqsadi – adabiy tanqid nazariyasi bo‘yicha chuqur nazariy bilimga ega bo‘lish, badiiy asarni tanqidiy jihatdan xolis tahlil qilish, badiiy asarga estetik baho berish, adabiy jarayonni ilmiylik asosida baholash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Mazkur fan adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va boshqa fanlar bilan aloqador. O‘zbek tanqidchiligi tarixida ilmi naqd, ilmi badia singarilarning o‘rni adabiy tanqidning vazifasi tanqid qilish emas, go‘zallikni kashf etish ekanligi sifatida qaralgan. XX asr o‘zbek tanqidchiligida asosan tanqid, vulgar tanqidchilikning avj olgan. Mustaqillik davri tanqidchiligida ilmiylik, mantiqiylikning kuchaygan. Adabiy tanqidiy asarlarda poetika, semiotika, matn masalasiga e’tibor qaratilmagan. Bayoz, namuna, xotiralar, o‘zbek adabiy tanqidchiligida biografik metod: hasbi hol, manoqib, tanqidiy ocherk, adabiy portret, badiiy lavhalar uning janrlari sanaladi. Adabiy tanqid, nasr, nazm singari o‘z mustaqil janrlariga ega. Tanqidning maqola, portret, ocherk singari janrlarida ko‘plab asarlar yaratilganligida XX1 asr o‘zbek tanqidchiligida badia, xotira singari janrlarning avj olgan. Taqriz poetikasidagi o‘zgarishlar, taqriz-o‘y, taqriz-bahs, taqriz-dialog singarilar uchrashi tabiiy hol. O‘zbek jadid tanqidchiligining taraqqiyoti bosqichlari: xususiyati, vazifasi, mafkura tazyiqidagi tanqid: komfirqaning adabiyot, tanqid haqidagi qarorlari; sotsrealizm metodi, tanqiddagi parokandalik, estetika, tanqidchilikdagi yangi tamoyillar, milliy istiqlol davri o‘zbek tanqidchiligi: tamoyillar, mezonlar, namoyandalari Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud, S.Husayn, Oybek, I.Sulton, H.Yoqubov, M. Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, U.Normatov, N. Karimov, A.Rasulov, Q.Yo‘ldoshev, N.Rahimjonov ijodi o‘rganilish, mustaqillik davri tanqidchiligining D.Quronov, A.Ulug‘ov, M.Qarshiboy, B.Karim, N.Jabborov, U.Jo‘raqulov, U.Hamdam singari namoyandalarining nazariy qarashlari o‘rganiladi. Tanqidchilarning mukammal, etuk asarlari haqida fikr yuritiladi. Kursda mumtoz o‘zbek tanqidchiligining sharh, talqin, tafsir, tazkira, hasbi hol singari, hozirgi o‘zbek tanqidchiligining davrlari, sotsiologizm, metod, tahlil, yondashuv yo‘nalishlari haqida ma’lumot beriladi. XX1 asr tanqidchiligida sinergetika, globallashuv, milliylik singari masalalarga e’tibor qaratiladi.
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari magistr talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi.


Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin