Mavzuni mustahkaralash uchun savollar: 1. Adabiy matn deganda nimani tushunasi ? 2. Tahlilning asosini nima tashkil eiadi? 3. O‘zbek tanqidchiligida qaysi tahlil asosiy 0‘rinni egallagan edi? 4. Ontologiya qanday yo'nalish? 5. Mangu asar belgilari nimalarda ko ‘rinadi? 6. Semiotik tahlil deganda nimani tushunasiz? 7. Tanqidchining uslubi nimalarda namoyon bo 'ladi? 8. latiqlol duvri tanqidchilarining ijodi haqida gapiring. 9 S.Sodiq ijodining o ‘ziga xos tomonlarini yoriting. 10. X. Do ‘stmuhammad ijodi haqida gapiring. 11. V.Hamdamning she’riyatga bag‘ishlangan qaysi asarlarini bilasiz?
JADID TANQIDCHILIGINING ETAKCHI XUSUSIYATLARI. TEATR TANQIDI. YANGI JANRLAR; TAQRIZ SHARH REJA: 1.ABDURAUF FITRATNING XUSUSIYATLARI 2.CHO`LPONNING JADID TANQIDCHILIGIDA YETAKCHI XUSUSIYATLARI
Abdurauf Fitrat adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi. Abdurauf Fitrat o‘zbek adabiyoti tarixida shoir, dramaturg, yozuvchi,publitsist, davlat arbobi, tilshunos, adabiyotshunos,tanqidchi sifatida qomusiy bilimlaribilan shuhrat qozondi. Ozod harafiddinovning «Fitrat o'zbek adabiyotshunosligining otasi» degan fikri ayni haqiqatdir. Fitrat turkey til, xususan, o‘zbck tili va adabiyotining shakllanish bosqichlari, hodisalari talqini masalasida o‘z davrining eng so‘nggi va ilg‘or qarashlariga tayandi. 0 ‘zi ham ulami eng ilg‘or fikr va xulosalar bilan boyitdi. Uning ulkan turkshunoslar Muhammad Fuod Ko‘prilizoda, Najib Osimbek, Yevropa sharqshunoslari H. Vamberi, Tomsen. Radlov, Samoylovich kabi olimlar qarashlari bilan ilmiy mubohasalar olib borgani hamda jadidchilikning asoschisi LG‘aspirali bilan bir safda turishi ma’Ium1.
Adabiyotshunoslikka doir Fitrat ilmiy merosining asosiy qismi 1923-1935-yillarda yaratilgan. Bu qisqa davrda u 50 dan ortiq ilmi>- tadqiqot va maqola yozdi. Ular yamonaviy adabiyotshunoslikning rang-barang yo‘nalishlarini qamrab oigan bo‘lib, sosan, Sharq va turkiy adabiyot namoyandalari ijodi, tarbci, nazariyasi va adabiy tanqidiga oid tadqiqotlar edi.Abdurauf Fitrat 20-yillardayoq Sharq xatqlari madaniy merosi va adabiyotini o'rganishga katta hissa qo'shdi. Chindan ham «Fitrat Bartoid, Samoylovich, Krachkovskiy, Bertelslar singari akademik 1 Qosimov B. Maslakdoshlar. yo‘nalishdagi yirik qomusiy olim edi.» (H.Boliaboyev).
U Sharqbadiiy merosiga lmiy nuqtayi nazardan yondashib, Abulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Umar Xayyom, Lutfiy, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Abdulqodir Bedil, Boborahim Mashrab, Turdi, Nodira, Muqimiy, Furqat singan ljodkorlar merosini yig‘ish, tartibga solish, tadqiq etish ishlarida alohida g‘ayrat ko'rsatdi. Qolaversa, u « 0 ‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (1927), «Eng qadimiy turk adabiyoti» (1927),» 0 ‘zbek klassik adabiyoti namunalari» (1928), «Aruz» (1936) kabi o‘nlab tadqiqotlar yaratib, jahon sharqshunosligi va turkshunosligiga katta hissa qokshdi. Shunga qaramay, uning asarlari 2 0 -3 0 - yillarda ko‘p munozaralarga sabab bo‘ldi. Fitrat ijodi nohaq tanqidlarga uchradi va bu hoi 1938-yilda uning otilganidan keyin ham davom etdi.
Shaxsga sig‘inish oqibatlari tugatilgandan so‘ng ham bu munosabat o ‘zgarmay turdi. Faqat 70-yillaiga kclib, l.SuIton, E.Karimov, X.Mirzozodalar uning ijodi haqida yoza boshladilar, 80-yillardagina bu jarayon bir qadar izchillasha bordi. B.Qosimov, Sh.Turdiyev, A.Aliyev, N.Karimov, H.Boltaboyev, I.G‘aniyevlar uning badiiy va ilmiy ijodini jiddiy va keng qamrovda tadqiq etishga kirishdi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin Fitrat ijodini o'rganish imkoniyatlari kengaydi. Uning «Adabiyot qoidalari», «Aruz», « 0 ‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi* kabi asarlari, qator ilmiy maqolalari, shuningdek, nasriy, she’riy va dramatik asarlari qaytadan chop etila boshlandi. 1996-yiIda «Chin sevish* va 2000-yildan hozirgacha olti tomlik tanlangan asarlarining 5-jildi nashrdan chiqdi. 0 ‘zbek xalqining qomusiy bilim daholari an’analarini XX asrda davom ettirgan Abdurauf Fitrat ijodiga qiziqish xorijda ham kuchlidir. Boshqird Zaki Validiy To‘g‘on, turk olimlari Fuod Ko‘prili va Mehmet Saroy, yapon olimi Xisao Kumatsu, amerikalik Edvard Olvort, farang Ellen Karrer d Enkous, olmon Ingeborg Baldauf, rus A. Klimovich va jahonning boshqa olimlari bu noyob ijod sohibiga katta qiziqish bilan qaradilar. Professional adabiyot nazariyotchisi va adabiy tanqidchi. Fitratning adabiy nazariyasiga munosabati 20-yillar rus adabiyotshunosligidagi formal maktab vakillari Eyxenbaum, V.Shklovskiy, V.Jirmunskiy kabilar izidan borishida ko‘rinadi.
Ulaming fikricha, siyosatga aralashish, badiiy asarlarning gkoyaviy-mafkuraviy va ijtimoiy fazilatlarini o‘rganish adabiyotshunoslikning vazifasiga kirmaydi, u, asosan, badiiy asaming shaklini, shakldagi go‘zallikni tahlil etishi lozim. Mazkur qarashlarni chuqur o'zlashtirgan Fitrat tadqiqotlarida shu konsepsiyaga amal qildi. Chunonchi, Adabiyot qoidalari» (1926) dagi san’atga doir flkrlarida bu holni kuzatish mumkin. Uning yurak, fikr, tuyg‘u to ‘lqinlarini so‘z, tovush, shakl, harf, harakat kabi materiallar yordamida jonlantira chiqarib, boshqalarda ham shu to'lqinni yaratmoq hunariga go‘zal san’at deyiladi», degan ta’rifida badiiy asar qimmatini shakldagi mahorat bilan belgilovchi rus formai maktabining ta’siri sezilib turadi. Fitrat «san’at nima», degan savolga javob berishga harakat qildi. «Adabiyot qoidalari» qo‘IIanmasi «san’at» so‘ziga umumiy yoki keng ta’rif berishdan boshlanadi.» San’at — lug‘atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir. Bir kishi bir ishni o ‘ziga kasb qilib olib, shunga bcrilib, yaxshi ishlab chiqaradirgan bo‘lsa, shu ish uning san’ati bo'ladi»'.
Fitrat insonga ruhiy-ma’navi ta’sir ko‘rsatuvchi, qalbni tolqinlantiruvchi san’atni «go‘zal san’at» sirasiga kiritadi. Go‘zal san’atda kishilarning turli xil kayfiyatlari aks etajagi xususidagi tlkrlari yuqoridagi mulohazalarida yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu silsilada so‘z-adabiyot, tovush-musiqa, bo‘yov-rassomlik, shakl-me’morlik, harakat-raqs tarzida talqin qilinadi. Fitratning badiiy adabiyotga bergan ta’rifi ham san’at ta’rifiga yaqin. «Adabiyot fikr-tuyg‘ularimizdagi tolqinlami yaratadi», deya ta’kidlaydi u. Oybek «Adabiyot qoida!an»ga yozgan taqrizida Fitratning «jozib, go‘zal uslubi»ga to'g‘ri baho beradi, lekin uning kamchiligi «san’at va adabiyotga bugungi ko‘z bilan (markslarcha) qaramaganlik «da deb tanqid qiiadi. Bu qarash adabiyot mafkuraviylashtirila boshlangan o‘sha davr nuqtayi nazaridan to‘g‘ri edi. Yoki boshqacha aytganda, Oybek shunday deb yozishga majbur edi. Aks holda uning o‘zini ham millatchiga chiqarib qo'yishlari hech gap emasdi. Sho'roviy, mafkuraviy qarashlardan voz kechilgan, umumbashariy mezonlar asosida fikrlashga o ‘tgan hozirgi mustaqillik davri talablari asosida yondashadigan bo‘lsak, Fitrat to lg‘ri fikrni aytgani ma’lum bo‘ladi. Biroq 20-yillarda san’atga, adabiyotga bunday qarash jiddiy zarbaga uchragan edi.
Ba diiy adabiyotning mohiyati uning faqat ijtimoiyligida degan qarash hukmron edi. Oybek shu pozitsiyada turib Fitrat qarashlarini tanqid qiiadi. Chunki davr o‘sha paytda shu siyosatning qo‘lida edi. Fitrat qo‘llanmasining ahamiyatli va nazariy jihatdan chuqur yozilgan qismlaridan biri uslub haqidadir. «Adabiy hayotinizning sust
1 Fitrat. Adabiyot davn» (Oybek) bo'Igan 20-yillaming o‘rtalaridagina emas, hatto hoziifci davnda ham o‘zbek adabiyotshunosligining uslubshunoslik deb atalgan qismi anchayin sust darajadadir. Ba’zi ijodkorlar uslubiga bag‘ishlangan aynm risolalami hisobga olmaganda, bu borada keng va chuqur nazariy umumlashma beradigan tadqiqotlar hanuzgacha nihoyatda ozdir. Shu jihatdan qaralsa, «Adabiyot qoidalari»dagi tanqidiy mulohazalar muhimdir. Fitrat o ‘tgan asrning 20-yillaridayoq uslub haqida keng va atroflicha filer bildirgani, uning yozuvchi o‘ziga xosligini aniqlashdagi o‘miga katta baho bergani olim salohiyatining naqadar salmoqli va teran
bo lgamdan dalolat beradi. Uning «Adabiyot qoidalari*dan tashqari zbe* klassik musiqasi va uning tarixi», « 0 ‘zbek adabiyoti namunalan «, «She’r va shoirliq», «Aruz haqida» nomli maqola, risola, majmualari o‘zbek madaniyati tarixida katta o ‘rin tutadi. 19fI9."i!! *ToP& jumalining 2-sonida bosilgan «Mirzo Bedil» maqolasi Fitratning bcdilshunoslikka oid ilk tadqiqoti bo‘lib, keyinchalik yaratilgan «Bedil» badihasi uchun asos vazifasini o ‘tagan. Risola buyuk shoir ljodi va dunyoqarashi mohiyatiga teran va ilmiy yondashuvda jiddiy dastlabki qadamlardan biri b o ‘ldi. Aslida adabiyot tarixiga oid adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi bu tadqiqotning davr
adabiy tanqidchiligidagi muhim ahamiyati bor edi. Gap shundaki, san atkor ljodining sir-sinoatlarini aniqlashda, zamondosh shoirlar asarlandagi mahoratni ochishda bu kabi tadqiqotlar yosh munaqqidlar uchun o'ziga xos bir qo'llanma edi.
20-yillar o zbek adabiyotshunosligida Bedil ijodiga bag‘ishlangan bu risola shoir merosini chuqur o ‘rganish borasida salmoqli tadqiqotlar maydonga kelgan hozirgi kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo'qotgani yoJ ^ . f i n n i n g bu asari ° ‘zbek lanqidchihgini shakliy izlanishlar sohasida ham boyitishga xizmat qiladi. Olimning «XVI asrdan so‘nggi o ‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash» (1929, «Alanga») asari obzor maqola shaklida bo‘Iib, unda hah ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum bolmagan dalillar muomalaga kintmb, qimmatli mulohazalar o ‘rtaga tashlanadi. XX asrning 20-yillarida adabiy merosga, jumladan, Alisher Navoiy tjodiga qarashda ikki yo‘nalish bor edi. Chunonchi, J.Boybo'latov madamy merosdan voz kechish talabini kun tartibiga qo‘ygan bir sharoitda Fitrat adabiy merosni yoqlab chiqdi. Tanqid janrlaridagi izlanishlar. Fitrat adabiyotshunoslik va adabiy tanqidmng xilma-xil janrlariga murojaat etadi va buni ongli ravishda, maxsus tayyorgarlik bilan amalga oshiradi. Fitrat esa ana shu xizmati bilan adabiy-tanqidiy janrlaini kashf etishda faollik ko rsatgan. Bu hodisa o‘zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidining keyingi taraqqiyotiga jiddiy ta ’sir ko‘rsatganligini ham alohida ta’kidlab o'tish l0Z1» 0 ‘zbek shoiri Turdi», «Muhammad Solih» portret-maqolalar bo‘lsa, «Ahmad Yassaviy», «Fors shoiri Umar Xayyom», «Mashrab» kabi tadqiqotlar tanqidiy-biografik ocherk janriga taalluqlidir.
«0‘zbek shoiri Turdi» maqolasi A.Majidiyning shoir haqidagi maqolasini to ‘ldirish maqsadida yozilgan. Shu bois o‘zidan oldingi maqola mohiyatini Fitrat «uch modda»da ko‘rib chiqadh Portretmaqola shu xususdagi izohlar bilan boshlanadi. Fitrat Turdimng «eli yurti, kimligi» haqidagi ma’lumotlami shoirning o‘z asarlaridan topishga harakat qiladi. «Uning she’rlari orasida taijimayi hob uchun yararliq moddalami» bcsh qismga bo‘lib tadqiq etadi va shoirning taijimayi holini tiklaydi. Portret so‘zi chiziqtar, ulaming o‘zaro ulamb ketishidan kelib chiqqanligini nazarda tutadigan bo'lsak, munaqqid shoir ijodining bcsh qirradan iborat chizgilarini beradi va shu asosda u haqda yaxlit tasawur uyg‘ota oluvchi maqola yaratadi. Muhammad Solih hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqola Fitratgacha o‘zbek adabiyotshunosligida u haqda maxsus maqola yoki tadqiqot amalga oshirilmaganini ko‘rsatadi. Muallif bir necha tanxiy manbalarni qiyoslagan holda fikr yuriladiki, bu uning keng mushohadali
sinchkov olim bofclganini namoyon etadi.
Portret- maqola o ziga xos tuzilishga ega, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda shoir taqimayi holi ikkinchisida Muhammad Solih ijodi yoritiladi. Fitrat Alisher Navoiy va Bobur yozib qoldirgan shoir haqidagi ma lumotlarga asoslanib, «uning kuchli bir shoir bo‘lg‘anini qabul qilamiz» deydi,
«Shayboniynoma» dostoni tahliliga keng to‘xtaladi. Portret-maqolada m u a l l i f tomonidan M.Solih asarining XVI asrdan keyingi adabiy tilm soddalashtirishdagi xizmatlari c’tirof ctiladi. Fitratning Mashrabga oid tadqiqoti jiddiy llmiy ishlardan bin
boMib Mashrab shaxsi va ijodi haqida turii tuman, biryoqlama tasawurlar kengaygan bir paytda yaratildi. Rus olimi P.Vyatkmnmg «Farg‘onalik mistik devona Mashrab» maqolasi Fitrat tadqiqotimng yuzaga kelishiga turtki bergan. Bilimdon sharqshunos olim ishtda asosiy e’tibomi shoir shaxsiyatini aniqlashga. bir qancha manbalarga
tayanib Bob orahim Mashrab tarjimayi holini ilk marta llmiy asosda tiklashga muvaffaq bolgan. Tadqiqotda shoir tarjimayi holi, hayoti va ijodi, asarlarining qimmati, mohiyati umumlashtirilgan holda tadqiq etilishi uning tanqidiy-biografik ocherk janrida yaratilganligini ko‘rsatadi. «Fors shoiri Umar Xayyom» asari ham tanqidiy-biografik ocherk janriga mansub. Fitrat, awalo, Umar Xayyom haqida portret-maqola yaratgan. Shundan keyin uning qo'liga shoir haqida yana bir qimmatli manba tushadi. Va shular asosida yirik tadqiqot yaratiladi. U Mashrab haqidagi ocherkdan hajmi, ko‘lamining kengiigi bilan farq qiladi. Fitrat ocherk boshida «Bir-ikki so‘z» (xuddi hozirgi so‘zboshilarday) deya shoir shaxsi haqida qisqa ma’lumot bergandan so‘ng, u yashagan davr va adabiy m uhit tasviriga to‘xtalishni lozim topadi.
Xulosa qilib aytganda: 1) tanqidiy-biografik ocherkda shoir tarjimayi holi aniq manbalarga tayanilgan holda yoritildi, Umar Xayyom haqida yctarli m a ’lumotga cga b o ‘lmagan o ‘sha davr o‘quvchisi uchun bu qimmatli manba edi; 2) Xayyomning maslagi, asarlari, ayniqsa, ruboiylarini tadqiq etish asnosida uning ijodiga xolis baho berildi, adabiyotda tutgan o‘rni ko‘rsatildi; 3) olimning Xayyom ijodi haqidagi mulohazalari, «jozib uslubi* (Oybek) bugungi kitobxonni ham loqayd qoldirmaydi. Uning sinchkovligi, aniq manbalarga tayanib ilmiy fikr yuritishi, qiyoslash asosida xulosalar chiqarishi, fikr-mulohazalarini erkin bayon etish usuli tanqidchi va adabiyotshunoslarning yangi aviodlari uchun bamisoli mahorat maktabidir. Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan salkam yuz yil mobaynida Mashrab va Xayyom haqida 0 ‘zbekiston va xalqaro miqyosda ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Hcch mubolag‘asiz aytish mumkinki, Fitrat asarlari ulaming aksarida bu ikki buyuk ijodkor haqidagi tadqiqotlarga asos bo‘lib yctadi. Fitrat zamondoshi A.Sa’diy bilan bir davrda 20-yillarda Yassaviy ijodiga bag‘ishlab qator maqolalar yozib, o‘zbek yassaviyshunosiigiga asos soldi.
Ahmad Yassaviy va uning maktabini atroflicha tadqiq etdi. Davr bilan izohlanuvchi kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, bu tadqiqotlaming islomiy-nazariy asoslari juda yuksak hisoblanadi.Ular Fitrat ilmiy dunyoqarashi kengligini ko‘rsatish bilan birga, realistic o‘zbek yassaviyshunosligini boshlab bergani jihatidan ham qimmatlidir. «Chig‘atoy gurungi» jamiyatining tashkilotchisi va rahnamosi Fitratning millatparvarlik va tashkilotchilik yo‘na!ishidagi katta ishlaridan bin «Chig‘atoy gurungi»ni yo‘lga qo‘ygani bo‘ldi. Madaniy merosni o‘rganish, undan xalqni bahramand etish, avlodlami ajdodlarning o‘lmas ruhiyati bilan bog‘lashda bu jamiyat ulkan ishlami amalga oshirdi.
Chig‘atoychilar millatning hayot va istiqboli uchan 500 yil davomida uzilib qolgan tarix bilan milliy-madaniy bog‘lanishi shart ekanini teran his etdilar. Shuning uchun milliy maktablarga alohida e’tiborberdilar. Afsuski, 20-yillaming awalidanoq bunday harakatlarga siyosiy baho berish boshlandi. Bu mohiyatan o'zbekning o ‘zligini
anglash, o‘zligini tikl ashga qarshi bolgan kuch - sho‘rolaming zimdan boshlab yuborgan harakati edi.
1922-yili «Chig‘atoy gurungi* tarqatib yuborildi. Shunga qaramay, gurung a’zolari o ‘z faoliyatlarini alohidaalohida davom ettirdilar va yangi vujudga kelgan 0 ‘zbekiston jumhuriyatida yana qaytadan uyushdilar. Ular Oczbekistonning birinchi yozuvchilar tashkiloti nashri «Qizil qalam*da tashabbusni o‘z qo'llariga olishga harakat qildilar. Turkiston milliy madaniyatini barpo etish uchun kurashni to ‘xtatmadilar. Ammo 20-yilIar oxiri va 30- yillaming boshlariga kelib, «chig‘atoychi»lami panturkizm, panislomizmda ayblovchi sho‘roviylaming jazavasi yanada kuchaydi. Ziyolilami bir-biriga gij-gijlash ayj oldi.
1929-yilda J.Boybo‘latovning « 0 ‘zbek adabiyotida chig‘atoychiliq» maqolasi bosildi. « 0 ‘zbek adabiyoti namunalari* majmuasi tanqidiga bag‘ishlangan bu maqola asar muallifi Fitratni «fosh etish»ga qaratildi. Fitrat unda marksizmni inkor qilishda, o‘tmishni ideallashtirishda, buijua millatchiligi g‘oyalarini targ‘ib va tashviq etishda ayblandi. Aslida bu harakat zamirida bir tarafdan, ko‘p asrlik adabiy merosimizni chiqitga chiqarish siyosati yotar, bir tomondan esa, bu boradagi millatparvar, fidoyi olimu adiblarni nainki badnom qilish, balki mahv etish maqsadlari yashiringan edi. J.Boybo‘latov madaniy merosimizdan proletar adabiyoti uchun bir narsa ola bilishga shubha bilan qaradi. Kitobga so‘zboshi yozgan Otajon Hoshimni ham bir yoqadan bosh chiqarganlikda aybladi. Ko‘p o‘tmay matbuotda bu masalada bahs boshlandi. Otajon Hoshim «Adabiy meros va chig‘atoy adabiyoti* maqolasida J.Boybo'latov maqolasini feleton deb atarkan, adabiy meros va chig‘atoy adabiyoti kabi muhim masalalarni Boybo‘latov kabi hal qilish mumkin emasligini ta ’kidladi.»
Chig‘atoy adabiyoti (mumtoz adabiyotimiz) ko‘p badiiy namu n a lar bergandir, bu adabiyotning bir qancha san’atkor namunalari bor»ligini e’tirof qiladi.Fitrat ham J.BoyboMatovga javob tarzida «Yopishmagan gajaklar* nomi ostida ochiq xat e’lon qildi. Ochiq xatgina yoxud nohaq tanqidga javobgina emas, balki «go‘zal1ikni, chinakam adabiyotni anglash, idrok etishdan uzoq nuqtayi nazaming — olmadan qurt qidirishning» (Asqad Muxtor) jamiyat hayotida tobora kuchayayotganligini teran his qilish va unga qarshi o‘ziga xos bir isyon edi.
Gap shundaki, J.Boybo'latov Fitratning o'tmish adabiyot namunalarini bittama-bitta yig‘ib, tozalab, saralab, iG‘ohlab o ‘quvchiga taqdim etishdek og‘ir va ishini dushmanlik, zararkundaiik hisoblagan va buni adibningbutun faoliyati misolida «isbot» qilishga uringan edi»1. Fitrat bolalar orasida «Ko‘zim ko‘rmaydii> o‘yini bo‘lganligi haqidagapirib, ko‘zini qattiq bog‘lab oigan bolaning atrofdagilarga hujum qilishini Boybo'latovga qiyoslaydi. «Maqolani yozganda, sizning qalamingiz ham shul ko‘zi ko‘rmas bolaning tayog‘iga o‘xshagan: aylangan, aylangan, kimga to‘g‘ri kelsa, shunga tekkan, orada mening kitobim unutilgan, juda oz o‘rin oigan». Tanqidchi ilrriiy etika doirasidan chiqmaslikka harakat qiladi va shuning uchun Boybolatov maqolasiga javobni, o ‘zi aytganidek, dardlashuv shaklida yozadi, avvalo, unga minnatdorchilik bildiradi. Shu bilan birga «siz adabiyot tarixining odami emassiz, maqolangiz esa tasodifiy bir hodisadir» deydi. Bu esa Fitratning yuksak didga ega, o‘ta madaniyatli munaqqid ekanligini ko‘rsatadi. Ochiq xat o ‘sha davr tanqidchitigi uchun kattaahamiyatga ega bo'ldi. Zero, unda Fitrat faqat Boybo‘latovga emas, o ‘sha davrda taraqqiy etayotgan vulgar sotsiologizmga ham zarba bergan edi: «... Mening so‘zlarimni bosh-oyog‘ini kesib tashlab, o‘z maqsadingizga yaraqlik bir holga kiigizib, so‘ngra e ’tiroz qilishingiz ilmiy bir harakat sanalmaydir». Fitratning olim sifatida mardligi, tantiligi, tolerantligi shundaki, o ‘z xatolarini, hattoki qilmagan ba’zi xatolarini tan oladi.
Uning «albatta, ishlarimizda yanglishlar bo‘lishi mumkin. Yanglishlarimni joy-joyi bilan kolrsatish kerak. Ko‘zni yumib, og‘izni ochib so‘kishning foydasi volqdir», — degan so'zlari tobora o‘z qiyofasiga ega bo‘lish sari intilayotgan bugungi tanqidchilik uchun ham dasturulamal vazifasini o‘tashi tayin. To‘g‘ri, Fitrat o‘z davri kishisi edi. Binobarin, maqoladagi sho'ro davri mafkurasiga daxldor fikrlarga munosabatda shu narsani e’tiborda tutish kerak bo'ladi. Fitrat adabiy jarayonni sergaklik bilan kuzatdi va shu haqda mulohaza bildirib maqolalar yozdi. Uning «Literatura Sredney Azii» gazetasida bosilgan «Muhit muhimligi» maqolasi shu ruhda edi.
Ko‘ramizki, Fitrat o‘z davrining qomusiy olimi, zukko adabiyotshunosi, fidoyi farzandi edi, yozgan asarian uning nomini asrlardanasrlarga olib o ‘taveradi. Fitrat yaratgan asarlar yutuqlari va nuqsonlaribilan bizning tariximiz va faxrimizdir. Shuning uchun Fitrat ijodini xolis va haqqoniy o'rganish davom etaveradi va bu bizning burchimizga aylanib boraveradi. Tayanch tusliunchalar: sharqshunoslik, ochiq xat, Chig‘atoy gurungi, chig‘atoychilik, «Yopishmagan gajaklar*, bedilxonlik, formal maktab, panturkizm, panislomizm, «Adabiyot qoidalari», portret-maqola, tanqidiy-biografik ocherk, madaniy meros, mumtoz adabiyot.