Bozor sharoitida qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi barcha bo'g'inlar bozor talabi doirasidagi tovarlarni iste'molchiga taklif etish orqali o'z xarajatlarini qoplashi vа daromad ko'rishi lozim. Bunda agrosanoat integratsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Agrosanoat integratsiyasida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchi хо'jaliklar birlashgan bo’lib, ularning ish1ab chiqarish faoliyati samaradorligi integratsiya doirasidagi bo'g'inlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga bog'liq. Qishloq xo'jaligi vа unga tutash tarmoqlarning uzviy birikishi jarayoni agrosanoat integratsiyasida namoyon bo'ladi. Natijada turli tarmoqlarning o'zaro hamkorligi oqibati sifatida agrosanoat majmuasi yuzaga keladi.
O'zbekiston Respublikasi yalpi qishloq хо'jalik mahsulotini ishlab chiqarishda xo'jalik yuritish ayrim shakllarining salmog’i (%da)
|
Yillar
|
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
Qishloq xo’jaligi
yalpi mahsuloti
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Qishloq xo’jalik
korxonalari
|
27,8
|
26,8
|
25,6
|
23,5
|
19,9
|
15,3
|
Fermer xo’jaliklari
|
5,5
|
6,9
|
10,0
|
14,1
|
20,4
|
24,5
|
Dehqon xo’jaliklari
|
66,7
|
66,3
|
64,1
|
62,4
|
59,7
|
60,2
|
DEHQONCHILIK
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Qishloq xo’jalik
korxonalari
|
46,4
|
42,6
|
42,6
|
37,8
|
30,9
|
23,1
|
Fermer xo’jaliklari
|
9,7
|
11,7
|
17,8
|
25,3
|
35,9
|
41,4
|
Dehqon xo’jaliklari
|
43,9
|
45,7
|
39,6
|
36,9
|
33,2
|
35,5
|
CHORVACHILIK
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Qishloq xo’jalik
korxonalari
|
9,0
|
9,3
|
8,7
|
8,1
|
7,2
|
5,0
|
Fermer xo’jaliklari
|
1,3
|
1,6
|
2,0
|
2,2
|
2,3
|
2,5
|
Dehqon xo’jaliklari
|
89,7
|
89,1
|
89,3
|
89,7
|
90,5
|
92,5
|
Fermer va dehqon хо'jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish Q'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi, "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi, "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida"gi Qonunlariga (yangi tahriri, 2004 yil 26 avgust) hamda qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini аnа shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi хо'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi.
"Fermer хо'jaliklari qishloq хо'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko'rsatishlari lozim.
chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta уеm ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo'jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va
boshqalar kiradi.
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo'g'inlarini samarali faoliyat ko'rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq хо'jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog'liq.
|