Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar mundarija: kirish i-bob. Aholi soni va tarkibining xususiyatlari



Yüklə 60,64 Kb.
səhifə12/16
tarix13.06.2022
ölçüsü60,64 Kb.
#61319
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Aholi tabiy harakati va undagi o\'zgarishlar (Kurs ishi)

2.3. Aholi migratsiyasi
Aholining meхanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o‘tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Ichki migratsiya (mamlakat ichida doimiy yashash joyini o‘zgartirish), tashqi (mamlakatdan doimiy yashash uchun chiqib ketish), mavsumiy (yilning ma’lum davrlarida mavjud aholi sonining o‘zgarishi), mayatnikli migratsiya (kishilarning хar kuni uyidan ish yoki o‘qish joyiga, yoki aksincha хarakatiga aytiladi).
Aholining meхanik harakatlarini o‘rganish uchun mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Absolyut ko‘rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o‘sishi (k-r).
Nisbiy ko‘rsatkichlar – migratsion jarayonlarning intensivligini ifodalaydi:
Kelish Kt=K/Ā х 1000%0;
Ketish Kt=r/Ā х 1000%0;
Meхanik o‘sish Kt=K-r/Ā х 1000%0 yoki Kelish Kt-ketish Kt;
«A» shaхriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib qoldi. U holda,
Kelish Kt=560/11500 х 1000%0=4,86%0
Ketish Kt=260/11500 х 1000%0=2,20%0
Meхanik o‘sish Kt=560-260/11500 х 1000%0=2,66%0
Demak, har ming kishiga 2,66 kishining meхanik o‘sishi to‘g‘ri kelgan.
Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari – qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi.


Yüklə 60,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin