Aka-uka grim ertaklari kitobini to‘liq holida olish uchun murojaat qiling



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/13
tarix27.09.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#64209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'rta g ta\'limiy mavzu rejalashtirish yoz mavsumi







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YOZGI SOG’LOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA
TA’LIM JARAYONINI MAVZULI REJALASHTIRISH
YOZ- O’TMOQDA SOZ!”



Yozgi sog’lomlashtirish davrida ta’lim
jarayonini mavzuli rejalashtirish





7-ilova




IYUN OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK



Guruh

O’rta guruh

Mavzu

Baxtli bolalik

Muddati

IYUN 1-hafta

Rivojlantir
ish
sohalariga
oid
maqsadlar

Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush tarzini shakllanishi

Kengligi 20-25 sm. Bo’lgan ariqchadan sakrash xarakatini mustahkamlash, to’lqinsimon tashlab qo’yilgan arqoncha ustida muvozanat saqlab yurishni davom ettirish, havfsiz xarakatlanish bo’yicha tushunchalarini kengaytirish.

Ijtimoiy-xissiy rivojlanish

Oyinlar davomida tegdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritishni mustahkamlash. O’yin mazmuni bo’yicha do’stlari bilan kelishishiga o’rgatishda davom etish.

Nutq, muloqot, oqish va yozish malakalari

Hayotidagi ayrim voqealarni gapirib berishga yonaltirish,buyumlarni nomi,belgisi, vazifalari boyicha kichik hikoyalar tuzishda davom etish.

Bilish jarayonining rivojlanishi

Ong tomon va chap tomon tushunchalarini mustahkamlash,” kecha”, “bugun”, “ertagatushunchalarini kengaytirish.

Ijodiy rivojlantirish

Murakkab bo’lmagan voqeaband rasmlarni chizishda davom etish, bir bo’lak loyni barmoqlarda cho’zish orqali turli shakllarga keltirishni mashq qilish,qog’ozdan buklash yo’li orqali oddiy narsalarni yaratishni o’rgatish.

Rivojlantirish markazlari

Talimiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin
faoliyat

Qurish-yasash va matematika




Qurilish
materiallaridan
o’yin
maydonchasini
quramiz










Qurilish materiallari, lego konstruktor, turli kattalikdagi g’ishtlar

Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish

1 IYUN - Butunjahon bolalar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri













Niqoblar, jihozlar, disk, AKT, kostyumlar

Til va nutq




Bayram tassurotlari asosida suhbat




Talimiy oyin. “Bu qaysi faslda




Mavzu asosida suratlar, AKT materiallari

Fan va tabiat

Quyoshning taftini xis qilamiz

Shirin
sharbatlar




Havo va suv tajribasi “Quvnoq sharchalar”




Suv, maxsus idishcha, naychalar

Sanat










Baxtli bolalikbayram manzaralari rasm, applikatsiya orqali




Oq va rangli qogozlar, tabiat materiallari, rangli qogoz, rangli boyoq, rangli qalamlar




Umumiy guruh bo’lib ishlash







Nutq o’stirish: “Yalpiz” hikoyasini qayta hikoya qilish




Qiziqarli musiqiy xordiq “ Quvnoq yoz”

Ishlanma, kerakli atributlar


IYUN. BIRINCHI HAFTA
BAXTLI BOLALIK

Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: 1 IYUN - butunjahon bolalar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri Maqsad: bolalar mustaqil ravishda o’z istaklariga ko’ra rollarni tanlaydilar, yil davomida yod olgan she’r va qo’shiqlarini eslaydilar, bayramni qanday tashkil etish mumkinligini o’zaro kelishadilar.
Kerakli jihozlar: AKT, liboslar, shar va gullar.
Faoliyatning borishi:
Bayram rejasini tuzish.
Ed olgan she’r va ashulalarini takrorlash.
Kerakli liboslarda obrazga kirish.
Boshlovchining korsatmasi asosida kontsert namoyish qilish.
Bayram yakunida do’stlarini tabriklash.
Qo’shimcha: kichik guruh tarbiyalanuvchilarini bayramga taklif qilish Alohida e’tibor qaratiladi: tadbirni kuy va qo’shiqlar bilan boyitilishi.
Fan va tabiat
Mavzu: Quyoshning taftini his qilamiz
Maqsad: bolalar quyoshning hususiyatlari haqidagi bilimlarini amaliy tajriba orqali yanada boyitadilar.
Kerakli jihozlar: guruhning quyosh nurlari tushib turgan joy, mavzuga oid rasmlar, AKT. Faoliyatning borishi:
Mavzuga oid rasmlarni ko’rish.
Quyosh nurlariga qo’llarini tutish va isitish.
Quyosh nurlari tushayotgan joyga idishda muzdak suv qo’yish va uning ilishini kuzatish.
Quyosh nurlari tushayotgan joyga yax bo’laklarini qo’yib uning erishini kuzatish.
Amaliy tajribani xulosalash.
Qo’shimcha: quyoshning yorug’lik taratishini, chiqishi va botishini AKT orqali namoyish etish. Alohida etibor qaratiladi: xulosa chiqarish.
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Qurilish materiallaridan oyin maydonchasini quramiz
Maqsad: bolalar quruvchi kasbi togrisidagi malumotlarini boyitadilar, qurilish ishlarida ishtirok etadilar, jamoa bilan hamjihatlikda ishlashga odatlanadilar.
Kerakli jihozlar: namuna, kubik, lego, qurilish bloklari.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Namunani o’rganish.
Kerakli jihozlarni tanlash
Ijodiy ish.



Qo’shimcha: tayyor ishni mayda detallar bilan to’ldirish Alohida e’tibor qaratiladi: hayot xavfsizligi asoslari.
Til va nutq

Mavzu: Bayram taasurotlari asosida suhbat.
Maqsad: bolalar “1-IYUN Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va u kunni kanday o’tkazganliklari haqida fikrlarini bayon etadilar, lug’at boyliklarini oshiradilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Turli xil bayramlar aks etgan mavzuli rasmlar.
Uzaro suhbat kurish.
Borgan joylari haqida dostlari bilan ortoqlashish.
Yana kaerlarga borishni istashlarini aytish.
Qo’shimcha: borgan maskanlarining rasmini chizish.
Fan va tabiat Mavzu: Shirin sharbatlar
Maqsad: bolalar mevalar siqish yo’li bilan mustaqil ravishda sharbat tayyorlaydilar va uning nima uchun foydali ekanligini aytib beradilar.
Kerakli jihozlar: xo’l mevalar, naycha (trubochka), stakan, suv, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushintirish.
Xo’l mevalarni kuzatish.
Xo’l mevalarni siqish va ulardan sharbat olish.
Sharbatlarni totib ko’rish.
Qaysi sharbat nima uchun foydali ekanligini tahlil qilish.
Qoshimcha: bolalarni ragbatlantirish.
Alohida etibor qaratiladi: tabiat nematlari haqidagi bilimlar.
Til va nutq
Mavzu: “Bu qaysi faslda” ta’limiy o’yin
Maqsad: bolalar kaysi faslda kanday meva, sabzavotlar pishib etilishi, bu faslning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarni mustahkamlaydilar, o’ylab vazifani to’g’ri bajarishga intiladilar.
Kerakli jihozlar: “Bu kaysi faslda” ta’limiy o’yin Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida suhbat.
Bu kaysi faslda” ta’limiy o’yinini o’ynash.
Uyinni tahlil qilish.
Qoshimcha savollar Qoshimcha: mavzuga doir boshqotirmalar
Alohida etibor qaratiladi: fikrni etkazib bera olish, sozlashishdagi nutqning ravonligi.


Fan va tabiat

Mavzu: “Quvnoq sharlar”. Havo va suv bilan amaliy tajriba
Maqsad: bolalar sharlarni turli xil kattalikda puflaydilar, shardan chiqayotgan havoda suvni tebranish holatiga keltiradilar.
Kerakli jihozlar: turli xil rangdagi sharlar, idishda suv, salfetkalar.
Faoliyatning borishi:
Sharlarni qo’l bilan paypaslab ushlab ko’rish.
Har bir bolaga bittadan shar berib puflatish.
Sharlarni og’zini tezlik bilan bo’shatgan holda idishdagi suvda to’lqin hosil qilish.
Amaliy tajriba natijasini muhokama qilish.
Qo’shimcha: sharlarga rangli tasmalar bog’lab bezak berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: nafasni bir maromda chiqarish.
San’at

Mavzu: “Baxtli bolalik” bayram manzaralari
Maqsad: bolalar bezatilgan bayramona ko’chalar haqidagi tasavvurlarini rasmlarda ifodalaydilar, ranglardan to’g’ri foydalanadilar va applikatsiya jarayonida ozodalikka e’tibor karatadilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli kalam va bo’yoqlar, ok kog’oz, elim, salfetka, . Faoliyatning borishi:
Namuna bilan tanishish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Bolalar ishi.
Bajarilgan ishga izoh berish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: tashkilot fayesini bezatish.
Alohida e’tibor qaratiladi: mavzuni yoritilganligi


IYUN OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK!


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin