Guruh
|
O’rta guruh
|
Mavzu
|
Sabzavot va mevalar
|
Muddati
|
Avgust 1-hafta
|
Rivojlantir
uni
sohalariga
oid
maqsadlar
|
Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush tarzini shakllanishi
|
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar orqali bolalarni jismoniy rivojlantirish. Musiqa sadolari asosida ularga mos harakatlarni bajarishni mashq qilish. Tayoqchalar, bayroqlar va koptoklar bilan harakatlanish orqali mayda matorikani rivojlantirish.
|
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Bolalarda o’ziga nisbatan hurmatni tarbiyalash. Eslatmasdan oldin o’z narsalarini yig’ishga odatlanishni shakllantirish.Ona yurti va uning bog’ va dalalari haqida fahr bilan so’zlashga o’rgatish.
|
Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
|
Urganilgan yangi so’zlarni topishmoqlar, tezaytishlar, so’z o’yinlari bilan mustahkamlash. Tashkil etilgan suhbatlarda bolalarni faol bo’lishga chaqirish. Xalq og’zaki ijodi bilan tanishtirishda davom etish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
5 gacha bo’lgan sonlarni sanashda ta’limiy o’yinlardan foydalanish.Miqdor, kattalik haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Vaqt bo’yicha ilk tushunchalarini mustahkamlashda davom etish. Tejamkorlikka o’rgatish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Meva va sabzavotlarning suvlaridan bo’yoqlar tayyorlashni va ulardan foydalangan holda turli rasmlar chizishda davom etish. Sabzavot va mevalar uchun savatchalar yasashda cho’zish, silliqlash usullaridan foydalanishni o’rgatish. Qog’ozni teng 2 ga, 4 ga bo’lib qirqishni o’rgatishda davom etish.
|
Rivojlantirish markazlari
|
Talim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar
|
Erkin
faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Sabzavot va mevalar uchun savatcha yasaymiz
|
“Quvnoq munchoqlar” sabzavotli va mevali munchoqlar
|
|
|
|
Qurilish materiallari, lego konstruktor, sabzavot va mevalar rasmi yopishtirilgan boklashka qopqoqlari, turli rangdagi botinka iplari
|
Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish
|
|
“Sabzavot va mevalar ”do’koni
|
|
“Sabzavot va mevalar ”do’koni
|
|
Nikoblar, jixozlar, kostyumlar, pul, terminal apparati
|
Til va nutq
|
Meva va sabzavotlar haqidagi topishmoqlar
|
Qismlardan butun yasa va u haqda hikoya qilib ber
|
|
“Chipolino ”multfilmini tomosha qilish
|
|
Mavzu asosida suratlar, AKT materiallari, fleshkada multfilm.
|
Fan va tabiat
|
|
Muddati o’tgan mevalarni ajratish
|
|
Karvin usulidagi sabzavot va mevalarni kuzatish amaliy jarayonni ko’rish
|
|
Savzavot va mevalar turli holatlardagi. Savatchalar, karvin ishi uchun jihozlar.
|
Sanat
|
Savatdagi sabzavotlar rasm
|
Likopchadagi olmalar loy ishi
|
|
Quvnoq meva va sabzavotlar( meva va sabzavotlarga qo’shimcha rasmlar yopishtirish)
|
|
Oq va rangli qog’ozlar, rangli karton, rangli bo’yoq, rangli qalamlar,loy.
|
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
Nutq o’stirish: “Oltin tarvuz” ertagini o’qib berish va suhbat
|
|
Meva va sabzavotlar nima deydi? She’riy -musiqiy ko’ngil ochish soati
|
Mashg’ulot ishlanmasi, kerakli atributlar
|
AVGUST. BIRINCHI HAFTA
SABZAVOT VA MEVALAR
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: “Sabzavot va mevalar” do’koni
Maqsad: tarbiyalanuvchilar “Do’konda” ta’limiy o’yini orqali yoz oylarida pishadigan sabzavot va mevalar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. Kuzdagi mevalardan yozgi mevalarning farqi, qaysi meva qachon pishishi haqidagi ma’lumotlarni bilib oladilar. Masalan: (gilos, olcha, olxo’ri, o’rik kabi mevalar yoz oylarida pishishi, behi, yong’oq, xurmo mevalari kuzda pishadi)
Kerakli jihozlar: sotuvchi kiyimi, tarozi, yasama pul, meva va sabzavotlar mulyaji.
Faoliyatning borishi:
O’yin jihozlari bilan tanishish.
Rollarni taqsimlash.
O’yin jarayoni.
Rollarni almashib o’ynash.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: meva va sabzavotli kartochkalarni berib, ularni ajratib, savatchalarga solishni taklif etish.
Fan va tabiat
Mavzu: Muddati o’tgan mevalarni ajratamiz.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar mevalarni yangi va uringanligini ularni ko’rinishi orqali aniqlashni o’rganadilar. Uringan mevalar inson salomatligi uchun zararli ekanligini tushunadilar. Mevalarni toza yuvish, ularni iste’mol qilishdan avval ularni holatini sinchiklab ko’rishni o’rganadilar, lug’atlariga yangi so’zlar (irigan, qoraygan) qo’shiladi.
Kerakli jihozlar: likopchada yangi va uringan mevalar (olma, limon, banan, gilos), salfetka, mevalar rasmi tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
Likopchadagi mevalarni ko’rib chiqish.
Likopchada qanday mevalar borligini aniqlash.
Mevalarni holatiga ko’ra yangi va uringanligini aniqlashdagi belgilarni sanab
o’tish.
Likopchadagi mevalarni kelishilgan belgilar asosida ajratish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha qism: quruq mevalar (yong’oq magiz, turshak)ning ichidagi qurtlarni ko’rishni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: mevalarni uzoq saqlash mumkin emasligini tushunish.
Kurish-yasash va matematika
Mavzu: Sabzavot va mevalar uchun savatcha yasaymiz
Maqsad: tarbiyalanuvchilar turli lego konstruktorlardan sabzavot va mevalar uchun savatchalar yasaydilar. Qanday shakllardan foydalanganliklarini aytib bera oladilar. Ranglarni farqlay oladilar.
Kerakli jihozlar: namuna, legolar, meva va sabzavotlar to’ldirilgan savatchalarning rasmlari, mevalari pishgan daraxt, sabzavotlar pishgan dala rasmlari. Faoliyatningborishi:
Mevalari pishgan daraxt , sabzavotlar pishgan dala mavzusidagi rasmlarni ko’rib chiqish
Namunalar bilan tanishish
Savatchalarni yasashni rejalashtirish
Bolalar ish jarayoni
Bolalarni rag’batlantirish
Alohida e’tibor qaratiladi: har bir bolaning mavzuga ijodiy yondashishi.
Til va nutq
Mavzu: Meva va sabzavotlar haqida topishmoqlar.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar sabzavot va mevalarni farqlaydilar, lug’at boyligiga yangi so’zlarni qo’shadilar, topishmoqlarning javobini topish davomida diqqat, xotiralarini rivojlantiradilar, meva hamda sabzavotlarning tuzilishlariga qarab yangi topishmoqlar to’qishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: meva va sabzavotlar to’plami, savatcha, likopcha, “Meva va sabzavotlar” ta’limiy o’yini, topishmoqlar kitobi.
Faoliyatning borishi:
Savatdagi sabzavotlarni va likopchadagi mevalarni kuzatish.
O’zlari bilgan topishmoqlarni do’stlariga aytish va ularning javobini tinglash.
Likopchadagi sabzavot va mevalarni diqqat bilan kuzatish va ularning ko’rinishiga qarab yangi topishmoqlar to’qish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: kim qanday sabzavot va mevalarni yaxshi ko’rishi haqida suhbat.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar diqqati va xotirasini rivojlantirish.
Til va nutq
Mavzu: Qismlardan butun yasa va u haqida hikoya qilib ber.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar diqqati, mavjud qismlardan kerakligini izlay olish va topish va o’z o’rniga joylashtirish malakalarini rivojlantiradilar. Qismlarni birlashtirish orqali sabzavot va mevalarni farqlaydilar va ularni ajratadilar.
Kerakli jihozlar: meva va sabzavotlar rasmlarining qismlarga bo’lingan to’plami va ularning asl rasmlari
Faoliyatning borishi:
Berilgan to’plamdagi qismlarni ko’zdan kechirish va vazifani aniqlashtirib olish.
O’zlari tanlagan qismning qolgan qismlarini topish va birlashtirish.
Qismlardan hosil bo’lgan yaxlit rasmlardagi sabzavot va mevalarning nomini aytish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: kim kanday sabzavot va mevalarni yaxshi ko’rishi haqida suhbat.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar dikkati va nutqini rivojlantirish.
Fan va tabiat
Mavzu: Karvin usulida bezak berilgan sabzavot va mevalarni kuzatish va amaliy jarayonda ishtirok etish.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar karvin usuli orqali sabzavot va mevalardan turli obrazlar yaratish mumkin ekanligini ko’radilar, karvin usulida bezak berishga qiziqadilar, karvin usulida bezak berish jarayonida gigienaga kat’iy rioya qilish kerakligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: turli sabzavot va mevalar, pichoqchalar, taxtakach, salfetka, karvin usulida shakl va bezak berilgan sabzavot va mevalar tasvirlangan suratlar. Faoliyatning borishi:
Likopchadagi mevalarni ko’rib, ularni haqiqiy ekanligini tekshirib ko’rish.
Karvin usulida shakl va bezak berilgan sabzavot va mevalar tasvirlangan rasmlarni ko’rish.
Mutaxassisning karvin usulida sabzi, bodring, olma, apelsin va boshqa sabzavot va mevalarga shakl va bezak berishini kuzatish.
Mutaxassis yordamida to’mtoq pichoq bilan oddiy shakllarni yaratish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha qism: mutaxassis va bolalarga katta hajmda bo’lgan tarvuzdan savatcha yasashni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar hayot xavfsizligini ta’minlash.
Til va nutq
Mavzu: “Chipolino” multfilmini tomosha qilish
Maqsad: tarbiyalanuvchilar multfilm orqali sabzavotlar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar, filmdagi ertak kahramonlari haqida o’z fikrlarini bildiradilar. Kerakli jihozlar: AKT, mavzuga oid rasmlar Faoliyatning borishi:
Multfilmni dikkat bilan ko’rish.
Multfilm haqidagi taassurotlar haqida suhbat.
Uzlariga yokkan ertak kahramoni haqida so’zlash.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: Multfilm asosida ixtiyoriy rasm chizish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar dikkati va nutqini rivojlantirish.
San’at
Mavzu: Savatdagi sabzavotlar
Maqsad: tarbiyalanuvchilarning ko’l motorikasi rivojlanadi, ijodiy tasavvuri shakllanadi, rangli qalam va bo’yoqlardan foydalanish malakasi oshadi.
Keraklijihozlar: ok kog’oz, rangli bo’yok, kalamlar, stakan suv bilan, salfetka, namuna, sabzavot rasmlari, tayyor chizilgan savatcha.
Faoliyatningborishi:
San’at
Pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa sabzavotlar mulyajlarini ko’rib chiqish.
Namunalar bilan tanishish.
Bolalar ish jarayoni.
Tayyor ishlar taqdimot-ko’rgazmasi.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: sabzavotlar haqida she’r va topishmoqlar.
Alohida e’tibor qaratiladi: ijodiy ishda ozodalik va sarishtalik. Hayot xavfsizligi.
Kurish-yasash va matematika
Mavzu: “Quvnoq munchoqlar” sabzavot va meva rasmlari yopishtirilgan qopqoqlarni ipga terish.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar turli rasmlar ichidan sabzavot va mevalarni ajrata oladilar, qopqoq teshigidan rangli botinka iplariga tanlangan qopqoqlarni tera oladilar, qaysi munchoq mevali, qaysi munchoq sabzavotli ekanligini ajrata oladilar.
Kerakli jihozlar: turli munchoq namunalari, ustiga turli meva va sabzavotlarning rasmlari yopishtirilgan ikki tomonlama teshiklari bo’lgan baklajka qopqoqlari, turli rangdagi botinka iplari, meva va sabzavotlarning rasmlari. Faoliyatningborishi:
Berilgan turli munchoqlarni ko’rib chiqish.
Rangli iplar va munchoqlarni tanlash va hozirlash.
Bolalar ish jarayoni.
Tayyor munchoqlar uchun bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: Munchoqlar taqib defile namoyishi
Alohida e’tibor qaratiladi: mayda motorikaning rivojlanishi.
San’at
Mavzu: Likopchadagi olmalar
Maqsad: bolalar istaklariga ko’ra turli rangdagi plastilindan foydalanib olma mevasini yasashga harakat qiladilar, ijodiy ish jarayonida tartib-qoidalarga rioya qiladilar.
Kerakli jihozlar: rangli plastlin, namuna, oldindan yasalgan likopcha, stek, salfetka, doska.
Faoliyatningborishi:
Namuna bilan tanishish.
Yasash texnologiyasi bilan tanishish.
Bolalarning ijodiy faoliyati.
Olmalarni likopchalarga joylashtirish
Bolalar ishini ko’rib chiqish va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: olma mevasi tasvirlangan suratlarni tomosha qilish Alohida e’tibor qaratiladi: plastilindan to’g’ri foydalanish.
Mavzu: Quvnoq sabzavot va mevalar (meva va sabzavotlarga qo’shimcha rasmlar yopishtirish orqali yangi obrazlar yaratish).
Maqsad: bolalar sabzavot va mevalarga qo’shimcha rasm (quloqchalar, burun, ko’z- qosh, ko’ylak, shapkalar, dumchalar va hakazo)ni yopishtirish orqali yangi obrazlar yarata oladilar, ularda bajarayotgan ishlariga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi.
Kerakli jihozlar: rangli qog’ozlar, elim, mayda gugurt cho’plari, namunalar, oldindan chizilgan mevalar va sabzavotlar rasmlari.
Faoliyatningborishi:
O’zi yoqtirgan sabzavot va mevani tanlash va undan qanday obraz yaratishni rejalashtirish.
Namunalarni kuzatish va applikatsiya texnologiyasi asosida ish boshlash.
Bolalarning ijodiy faoliyati.
Bolalar ishlarini ko’rib chiqish va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: ko’rgazma tashkil etish va ota-onalarga ko’rsatish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning ijodiy faoliyati.
AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOG’LOM BOLALAR
-
Dostları ilə paylaş: |