Guruh
|
O’rta guruh
|
Mavzu
|
Tabiat qo’ynida
|
Muddati
|
IYUN 3-hafta
|
Rivojlanti
rish
sohalariga
oid
maqsadlar
|
Jismoniy rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini shakllanishi
|
Gimnastika skameykasida mashqlar bajarishni mustahkamlash, musiqa oxanglari ostida umumgavdani rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga o’rgatish. Ochiq havoda bajarish suv, quyosh vannalarini olish orqali sog’lig’ini mustahkamlash.
|
Ijtimoiy-xissiy
rivojlanish
|
Kattalar va tengdoshlari diqqatini jalb qilishga, o’z fikrlarini erkin bayon qilish orqali o’z “men”ini namoyish etish. Suhbat va o’yinlar orqali bolada o’zi va atrofdagilarning hissiy holatlarini his qila bilishga o’rgatishda davom etish.
|
Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
|
Bolalarni savollarga to’liq javob berishga o’rgatishni davom etirish. Tavsiya etilgan rasmlardan tabiatga oid bo’lgan manzaralarni topish va ularni qisqacha ifodalashga o’rgatishda davom etish. Kitob o’qishga taqlid qilishni rivojlantirish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Ko’p-kam tushunchalarni farqlashni davom ettirish, fazoviy tushunchalarini o’yinlar orqali mustahkamlash, “Kimda shuncha?”, “Kim topqir?”, “Kim bekindi?” kabi o’yinlar orqali son-sanoq, fazoviy tushunchalarni mustahkamlash.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Atrof- olamga estetik munosabatni tarbiyalashda davom etish, atrofga bo’lgan qiziquvchanligini oshirish, ijod davomida turli ranglardan foydalanishga, ularni o’z o’rnida ishlatishga o’rgatish. Rasm chizish davomida qo’l harakatlarini boshqarishni rivojlantirish.
|
Rivojlantirish markazlari
|
Talim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar
|
Erkin
faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
|
|
|
Bolalar bog’i atrofini o’raymiz
|
|
Qurilish materiallari, lego konstruktor, mozaikalar, kubiklar, g’ishtlar
|
Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish
|
Tabiat
himoyachilari
|
Mevalar nima deydi?
|
|
|
|
Niqoblar, jihozlar, disk, AKT, kostyumlar
|
Til va nutq
|
|
“Har bir faslning o’z ziynati bor” mavzusida suhbat
|
|
Bir yillik va ko’p yillik gullarni farqlash
|
|
Mavzu asosida suratlar, AKT materiallari
|
Fan va tabiat
|
Tabiat inomlari “Ho’l mevalar teramiz”
|
|
|
|
|
Turli mevalar hamda mulyajlar, ajoyib xaltacha, savatchalar.
|
Sanat
|
“Tabiat
manzarasini
tasvirlaymiz”
applikatsiya
|
|
|
Bolalar
rasmlarida
tabiat
manzarasi
|
|
Oq va rangli qog’ozlar, rangli bo’yoq, rangli qalamlar
|
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
Nutq o’stirish: “Sigir buzoqchasi bilan” hikoya tuzish
|
|
Musiqiy
xordiq
(raqslar
kechasi)
|
Kerakli atributlar
|
IYUN. UCHINCHI HAFTA TABIAT QO’YNIDA
Fan va tabiat
Mavzu: “Xo’l mevalar teramiz” tabiat in’omlari
Maqsad: bolalar mevalarni tabiat in’om etganini va bu iboraning ma’nosini biladilar, mevalarni ehtiyotkorlik bilan terishga urinadilar.
Kerakli jihozlar: mevalar, mevalarning mulyaji, jihozlar, savatcha.
Faoliyatning borishi:
Mevalar va jihozlar bilan tanishish.
O’yinning vazifasi bilan tanishish.
Mevalarni shoxdan asta sekinlik bilan terish.
Hosilni kam-ko’pligi va uning sifati haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashish. Qo’shimcha: mevalar sharbatini chiqarib (qirg’ich orqali), bolalar bilan ist’mol qilish. Alohida e’tibor qaratiladi: mevalarni sifatli terish.
San’at
Mavzu: Tabiat manzarasini tasvirlaymiz
Maqsad: bolalar qaychi bilan ishlash hamda tabiat manzarasidagi detallarga qaychi bilan shakl berish malakalarini, mayda qo’l motorikalarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, qaychi, rangli va oq qog’ozlar, elim, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Namuna bilan tanishish.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qo’shimcha: tashkilot fayesida ko’rgazma tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: qaychidan to’g’ri foydalanish texnologiyasi.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish Mavzu: Tabiat himoyachilari
Maqsad: bolalar tabiat himoyachilari bajarishi lozim bo’lgan ishlarni biladilar, o’zlarini tabiat himoyachilaridek his qiladilar.
Kerakli jihozlar: niqoblar, jihozlar, fartuk, bosh kiyim.
Faoliyatning borishi:
Markazdagi jihozlar bilan tanishish.
Rollarga bo’linish.
Kiyimlarni kiyish.
O’yin faoliyati.
Qo’shimcha: tabiat qo’yniga sayohatga chiqish.
Alohida e’tibor qaratiladi: tabiatni asrashga nisbatan bo’lgan xatti-harakatlar.
Til va nutq
Mavzu: “Har bir faslning o’z ziynati bor” fasllar haqida suhbat
Maqsad: bolalar qaysi faslda qanday o’zgarishlar bo’lishini, fasllar haqidagi savollarga javob berishni biladilar.
Kerakli jihozlar: savolli, rasmli kartochkalar, AKT, “Qaysi fasl?” didaktik o’yin. Faoliyatning borishi:
Rasmlarni ko’rib chiqish.
AKT orqali yil fasllari tasvirlangan videorolik yoki slaydlarni tomosha qilish.
“Qaysi fasl?” didaktik o’yin.
Fasllarga oid turli savollarga javob berish.
Qo’shimcha: AKTda yil fasllarni va bu fasldagi mehnat turlarini sanab berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: fasllar haqidagi bilimlari va suhbat jarayonidagi faollik.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish Mavzu: “Mevalar nima deydi?” she’riy sahna
Maqsad: bolalar mavzu asosida yod olgan she’rlarini qayta esga oladilar, she’rni aytishda intonatsiyaga e’tibor qaratadilar.
Kerakli jihozlar: niqoblar, disk, AKT, kostyumlar.
Faoliyatning borishi:
Kostyum va niqoblarni tanlash.
Obrazga kirish.
Tanlagan mevalari haqida she’rlarni do’stlariga aytib berish.
Ketma-ketlikda she’rlarni aytish orqali kichik kontsert tashkil etish.
Qo’shimcha: markazda olib borilgan faoliyatni barcha guruh tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda yana bir bor takrorlash va jarayonga yangi mevalarni kiritish.
Alohida e’tibor qaratiladi: talaffuzi va mimikasi.
San’at
Mavzu: Tabiat manzarasini chizamiz
Maqsad: bolalar rasm chizish malakalarini, ijodiy qobilyatlarini rivojlantiradilar. Kerakli jihozlar: namuna, rangli va oq qog’ozlar, rangli qalamlar, rangli bo’yoqlar, mo’yqalam, suv idishi
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Na’muna bilan tanishish.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qo’shimcha: mavzu asosida jamoa ishini taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ranglar yorqinligi.
Kurish-yasash va matematika Mavzu: Bolalar bog’i atrofini o’raymiz
Maksad: bolalar atrof-muhitni asrash va avaylash, uni muhofaza qilish uchun panjaralar qurishni biladilar, panjaraning vazifasi nimadan iborat ekanligini biladilar. Kerakli jixozlar: lego, qurilish materiallari, kubiklar.
Faoliyatningborishi:
Bog’ maketini tomosha qilish.
Maket atrofini panjaralar bilan o’rash.
Bajarilgan ishni tahlil qilish.
Qo’shimcha: tarbiyalanuvchilar bilan mehnat faoliyatini tashkil qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarni tabiatni asrashga o’rgatish.
Fan va tabiat
Mavzu: Bir yillik va ko’p yillik gullarni farqlash
Maqsad: bolalar bir yillik va ko’p yillik gularni farqlaydilar, uni nima uchun bir yillik va ko’p yillik deb nomlanishini biladilar.
Kerakli jihozlar: rasmli kartochkalar, atirgul, moychechak, lola, pitunya, rayhon, chinnigul, AKT.
Faoliyatning borishi:
Rasm orqali gullarni tomosha qilish.
AKT orqali ko’p yillik va bir yillik gullarning o’sishini tomosha qilish.
Ko’p yillik va bir yillik xona gullari va gulzordagi gullarni yodga olish, qaysi gullar qancha vaqtdan beri o’sishini eslash va bir yillik guldan ko’p yillik gullar farqini aniqlash.
Yakuniy xulosa chiqarish.
Qo’shimcha: mavsumiy gullarni tuvakka ekish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ko’p va bir yillik gullarni bir-biridan farqlash.
IYUN
OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK!
-
Dostları ilə paylaş: |