Guruh
|
O’rta guruh
|
Mavzu
|
Ertak qahramonlari bizning mehmonimiz
|
Muddati
|
IYUN 4-hafta
|
Rivojlantir
uni
sohalariga
oid
maqsadlar
|
Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush tarzini shakllanishi
|
30 metr masofaga o’rtacha tezlikda yugurishni mashq qilish, futbol, basketbol sport o’yinlari haqidagi dastlabki tushunchalarini boyitish, to’p bilan yurish, uni ma’lum masofaga irg’itish, uloqtirish haraktlarini mustahkamlash.
|
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Uyinlar davomida tegdoshlari bilan o’yinchoqlarni bo’lishish , mehribonlik, do’stlik hislarini tarbiyalash. Uyinlar uchun sahnani bezashda o’z fikrlarini berishga , tasavvurini kengaytirishga yordam berish. Yuz harakatlari orqali atrofdagilarning xis tuyg’ularini tushunishga o’rgatish.
|
Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
|
Hikoya tuzish davomida so’zlarni to’g’ri tanlash, grammatik jihatdan to’g’ri gap tuzishga e’tibor berish, o’ziga tanish bo’lgan mavzularda tengdoshlari bilan bahslashishga o’rgatish, muloqot davomida lug’at ishiga e’tibor qaratish, ya’ni ot, sifat, fe’l kabi so’z turkumlarini to’g’ri ishlatishga o’rgatish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Mozaika va pazllarni o’z o’rniga yig’ishni o’rgatishda davom etish. Lego donachalaridan mustahkam inshoatlar qurishda davom etish. 3-4 ta qushni bir-biridan farqlash, ularning ovozini ajratish to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash. Faoliyatlar davomida matematik tushunchalarini mustahkamlashda davom etish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Loydan yasalgan o’yinchoqlarni milliy naqshlar bilan bezashni mashq qildirish. Rasm chizishning nuqtali, klyaksografiya, shtrixli usullaridan foydalanish orqali tasviriy faoliyatga qiziqish uyg’otish.
|
Rivojlantirish markazlari
|
Talimiy-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar
|
Erkin
faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
|
Teatr uchun sahna quramiz
|
|
Yalmog’iz
kampirning
uychasi
|
|
Qurilish materiallari, lego konstruktor, turli kattalikdagi g’ishtlar
|
Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish
|
“Sholg’om”
ertagini
sahnalashtirish
|
“ Uch cho’chqacha” ertagi.
Stol teatri
|
|
|
|
Niqoblar, jihozlar, AKT, kostyumlar, qo’g’irchoqlar
|
Til va nutq
|
|
“Bu qaysi ertak” rasmlar asosida viktorina
|
|
|
|
Mavzu asosida suratlar, AKT materiallari
|
Fan va tabiat
|
|
|
|
bug’doy donlaridan ertak qaxramo- nini yaratish
|
|
suv, bug’doy, kapron mato, iplar, rangli qog’oz, qaychi, elim
|
Sanat
|
Men sevgan ertak qahramonining rasmi
|
Klyaksografiya
usulidagi
rasmlar
|
|
Teatr uchun dekoratsiyalar (rasm, applikatsiya
|
|
Oq va rangli qog’ozlar, rangli bo’yoq, rangli qalamlar, loy.
|
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
Nutq o’stirish: “Echki uloqchalari bilan” rasm bo’yicha hikoya tuzish
|
|
Qiziqarli jismoniy xordiq (Quvnoq estafeta)
|
Mashg’ulot ishlanmasi, kerakli atributlar
|
IYUN. TO’RTINChI HAFTA QO’G’IRChOQ TEATRI
Syujetli- rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: “Sholg’om” ertagini sahnalashtirish.
Maqsad: bolalar ertak qahramonlarining harakati va so’zlarini yoddan biladilar, obrazga kirishga urinadilar.
Kerakli jihozlar: ertak qahramonlarining kiyimlari, AKT.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Rollarni taqsimlash.
Ertakni sahnalashtirish.
Bajarilgan ishni tahlil qilish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: “Sholg’om” ertagi multfilmini namoyish etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: obrazga kirish malakasi.
San’at
Mavzu: Men sevgan ertak qahramonining rasmi
Maqsad: bolalar sevimli ertak qahramonlarini ko’z o’ngilarida gavdalantiradilar, uni mustaqil ravishda tasvirlaydilar, ertak qahramonining vazifasini yoddan biladilar va unga taqlid qiladilar.
Kerakli jihozlar: namuna, loy, plastilin, stek, doska, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Na’muna bilan tanishish.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qo’shimcha: barcha ertak qahramonlaridan kompozitsiya yaratish.
Alohida e’tibor qaratiladi: loy, plastilinga shakl berish texnologiyasi.
Qurish- yasash va matematika Mavzu: Teatr uchun sahna quramiz
Maqsad: bolalar sahna nima uchun kerakligi va uning shakli qandayligini biladilar, qurish malakalarini yanada mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: legolar, namuna, mavzuga oid rasmlar, qurilish bloklari. Faoliyatning borishi:
Namuna va mavzuga oid rasmlarni kuzatish.
Kerakli qurilish bloklarini tanlash.
Ijodiy ish.
Bolalarning ishini muhokama qilish.
Tayyor ishni qo’shimcha detallar bilan boyitish.
Qo’shimcha: sahnaga o’yinchoqlarni chiqarish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ishlanmani hajmi va mustahkamligi.
Til va nutq
Mavzu: Bu qaysi ertakdan? Rasmlar asosida viktorina
Maqsad: bolalar ertaklar nomini biladilar, qahramonlarni taniydilar, mavzu asosida barcha savollarga topqirlik bilan javob qaytaradilar.
Kerakli jihozlar: turli ertaklardan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Rasmlarni kuzatish.
Rasm asosida suhbat.
Suhbatni yakunlash, umumiy hulosa chiqarish.
Qo’shimcha: sayr vaqtida tashkilot hududidagi ertak qahramonlarini kuzatish.
Alohida e’tibor qaratiladi: so’zlashuv nutqi.
Syujetli- rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: “Uch cho’chqacha” ertagi.
Maqsad: bolalar ertak qahramonlarining harakati va so’zlarini yoddan biladilar, ularning obrazlarini barmoq teatri orqali namoyish etadilar.
Kerakli jihozlar: stol teatri, AKT.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Rollarni taqsimlash.
Ertakni sahnalashtirish.
Bajarilgan ishni tahlil qilish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: “Uch cho’chqacha” ertagi multfilmini namoyish etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: barmoqlar harakati va tovush tezligi.
Fan va tabiat
Mavzu: Bug’doy donlaridan ertak qag’ramonlarini yaratish
Maqsad: bolalar ertak qahramonlarini bug’doy donlari yordamida yaratadilar, unga bezak beradilar, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: turli ertak qahramonlari rasmlari, namuna, elim, oq va rangli qog’ozlar, bug’doy doni, flamaster, plastilin, rangli bo’yoq, salfetka, suv.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushintirish.
Rasmlarni va namunani kuzatish.
Ijodiy ishni rejalashtirish.
Ijodiy ish.
Taqdimot.
Qo’shimcha: ertak kitoblarni tomosha qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: don bilan ishlash malakalari.
San’at
Mavzu: Klyaksografiya usulidagi rasmlar
Maqsad: bolalar tasviriy san’atning klyaksografiya turida mustaqil rasm chizadilar. Kerakli jihozlar: namunalar, oq qog’oz, bo’yoqlar, suv, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Namunalar bilan tanishish.
Istaklari asosida syujetni tanlash.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qo’shimcha: “Kviling” usulida gul rasmini yaratish.
Alohida e’tibor qaratiladi: klyaksagrofiyada bolalarning fantaziyasini boyitilishi.
Qurish- yasash va matematika Mavzu: Yalmog’iz kampirning uychasi
Maqsad: bolalar yalmog’iz kmpirni taniydilar, u qaerda qanday holatda yashashini biladilar, yalmog’iz kampirning uychasi boshqa uychalardan nimasi bilan farklanishini biladilar.
Kerakli jihozlar: legolar, namuna, mavzuga oid rasmlar, qurilish bloklari. Faoliyatning borishi:
Namuna va mavzuga oid rasmlarni kuzatish.
Kerakli qurilish bloklarini tanlash.
Ijodiy ish.
Bolalarning ishini muhokama qilish.
Tayyor ishni qo’shimcha detallar bilan boyitish.
Qo’shimcha: uychani kattaroq hajmda guruh maydonchasida yaratishni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: uychani alohida belgilarini inobatga olish.
San’at
Mavzu: Teatr uchun dekoratsiyalar
Maqsad: bolalar elimlash va mo’ljal olishni biladilar, nafislikka intiladilar, yangilik yaratishga xarakat qiladilar.
Kerakli jihozlar: namuna, tayyor shablonlar, rangli qog’ozlar, elim, salfetka, rangli qalamlar .
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Namuna bilan tanishish.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qo’shimcha: dekoratsiyalar bilan guruh burchaklarini bezatish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning ijodkorligi.
IYUL
OY MAVZUSI: QUVNOQ YOZ
-
Dostları ilə paylaş: |