Maktabgacha yoshdagi yordamga muhtoj bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallar tayyorlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi — pedagogikattg maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-asrning 2-yarmida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi va ilmning alohida tarmogʻi sifatida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan ayollarning fabrika va zavodlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi bilan izoxlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning asosiy vazifasi — maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning mazmun, shakl va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib. p.ning metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi hamda shaxsning evolyusion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilgi "Taʼlim toʻgrisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy lasturi", oʻzbek xalqining maʼnaviy-axloqiy merosi hamda bola tarbiismga oid tarixiy tajribasi, il-gor mamlakatlardagi pedagogik qarashlar, ped., psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunoslik, tibbi-yot, odam fiziologiyasi va gigiyenasi, antropologiya kabi fanlarning ilmiy asoslari, xulosalari hamda qonuniyatlari tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.dan tadqiqotlar kuzatish, pedagogik tajriba, suhbat, hujjatlarni oʻrganish, bolalar faoliyati mahsulini taviil qilish metodlari orqali amalga oshiriladi. Bu metodlar asosida tadqiqotlar mazkur soha bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchi va tarbiyachilar tomonidan olib boriladi. Har bir kuzatish jarayoni batafsil yoziladi va ilmiy jihatdan taxlil qilinadi. Pedagogik tajribada birinchi navbatda bola, uning rivojlanishi uchun yaratiladigan pedagogik shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Pedagogik tajriba ehtiyotkorlik bilan obyektiv ravishla olib borilganlagina amalga oshiriladigan tadqiqot natijalarining obʼyektivligini taʼminlash imkoniyati tugʻiladi. Suhbat metodi u yoki bu bolani, yoki bir gurux. bolalarni yaxshiroq oʻrganish imkonini yaratadi, taʼlimtarbiya jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar bilan suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi oʻziga xoslikni, atrof muhit hamda kishilarga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Hujjatlar, yaʼni bogʻcha va aloqida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini urganish ham nazariy xulosalar chiqariisha muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga mazkur hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tashkiliy ishlar xaqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulosalar uz navbatida tarbiya usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar faoliyati mahsulini tahlil qilish metodi Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning muhim ta-dqiqot metolilir. Bolalar faoliyati taxlili ularni shakllantirishda juda yamii natijalar beradi.
Oʻzbekistonda Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. masalalari Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent ped. unti va boshqa ilmiy ta-dqiqot muassasalarida ishlab chiqiladi. Jumlalan, 1996-2000-yillarda Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan maktabgacha taʼlim jarayenining mazmunini yangilashga yoʻnaltirilgan bir kator tadqiqotlar, xususan, "Maktabgacha yoshdagi bolalarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyilgan davlat talablari", "Uchinchi ming yillik bolasi" kabi tayanch das-turlarning yaratilishi diqqatga sazovor.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.da amalga oshirilgan tadqiqotlarning eng muhimi sensor tarbiya tizimi nazariy asoslarining yaratilganligidir. Chunki sensor tarbiyaning asosiy maqsadi bolalar faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish jarayonila uning sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishdan iborat.