Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari


Leksik – grammatik mashq va o‘yinlar



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#163180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aloxida yordamga muhtoj bolalar toifalari

Leksik – grammatik mashq va o‘yinlar
· “So‘zni yakunla”. O‘rganiblayotgan mavzu bo‘yicha lug‘atni o‘zlashtirish: ko‘y . . ., yub . . ., qal . . ., tuf . . ., et . . ., shi . . ., bo‘ . . ., pay . . ., xa . . ., jem . . ., kurt . . ., qo‘l . . . va h.k.
· “Sayrga nima kiyib chiqamiz?” Kiymoq fe’lini o‘zlashtirish.
Bollalarning qo‘llarida rasmlar mavjud. Logoped savol beradi: “Sen nima kiyasan, Dildora-chi?” Bola esa javob beradi: “Men futbolka kiyaman, Dildora esa ko‘ylak kiyadi”. Va h.k.
· “Qanday kiyim?” Kiyim so‘ziga mos keluvchi sifatga oid so‘zlarni topish: ust . . ., bola . . ., kat . . ., ayol . . ., er . . ., spo . . ., mavsu . . ., qish . . .,
yoz . . ., kuz . . ., bahor . . ., if . . ., to . . ., bayra . . ., is . . ., chiroy . . . va h.k.
· “Aksini ayt”. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha fe’llarni o‘zlashtirish: kiymoq – yechmoq, sotib olmoq – sotib yubormoq, boylamoq – yechmoq, taqmoq – yechmoq, dazmollamoq – g‘ijimlamoq, osmoq – yig‘ishtirmoq, yuvmoq – kir qilmoq, taxlamoq – yoymoq.
· “Mos so‘zni top”. Kiyim so‘ziga mos keluvchi fe’lni topish: kiymoq, yechmoq, sotib olmoq, tikmoq, to‘qimoq, kiyib yurmoq, taqmoq, dazmollamoq, yamoq solmoq, yuvmoq, quritmoq, osmoq va h.k.
· “Nima yetishmayapti?” Kiyim-kechak, oyoq va bosh kiyimlarining qismlari bilan tanishtirish. Bosh kelishikdagi so‘zlarni o‘zlashtirish.
Logoped rasmning biror-bir qismini berkitgan holda kiyimlar rasmini ko‘rsatadi. Bolalar esa uni sharhlaydilar: “Ko‘ylakning yenglari yetishmayapti”.
Namuna uchun so‘zlar: cho‘ntak, yoqa, manjet, tugma, petlya, belboq, zamok, ishtoncha, poshna, bog‘ich.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish
· Tasvirlovchi hikoyalar tuzish.
“Ko‘ylak – bu ayollar kiyimi. U matodan tikiladi. Ko‘ylakning yoqasi, yenglari, belbog‘i, tugmalari bor. Uning rangi qizil bo‘lib, oq gullari mavjud”.
“Ko‘ylak – bu erkaklar kiyimidir. U matodan tikiladi. Ko‘ylakning yoqasi, yenglari, manjetlari, cho‘ntagi, tugmalari va petlyalari bor. U yo‘l-yo‘l”.
“Etik – bu oyoq kiyimi. Ular teridan tayyorlangan. Etikda qo‘nji, zamogi, tag qismi, poshnasi bor. Etiklarni qishda, kech kuzda va erta bahorda kiyish mumkin”.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin