Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari


Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar bilish faoliyatiga kamchiliklarni korreksiyalash



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə5/11
tarix20.11.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#163180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aloxida yordamga muhtoj bolalar toifalari

Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar bilish faoliyatiga kamchiliklarni korreksiyalash
Yozuv jarayoni ko‘p darajali kurilishga ega bo‘lib, ko‘p miqdorli operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunday operatsiyalar katta kishilarda qisqa, yopiq xarakterda bo‘ladi. Yozuv malakalari egallaganda bu operatsiyalar ochiq ko‘rinishli bo‘ladi.
A.R. Luriya "Yozuv psixofiziologiyasi xaqida ocherklar"" nomli kitobida yozuvning quyidagi operatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi.
Yozuv xissiyotlarining uyg‘onishi, sabab va vazifalardan boshlanadi. Kishi o‘zining fikrlarini qayd etish maksadida, axborotlarni ma’lum muddatgacha saqlash, ularni boshqa shaxsga yetkazib berish, kimnidir xarakatga undash va xokazolar uchun yozayotganini biladi. Inson yozma bayon mazmuni rejasini, fikr dasturini, fikrlarining izchilligini xayolan tuzadi. Bunda boshlang‘ich fikr gapning ma’lum kurilmasiga bog‘liq bo‘ladi. Xat bitish jarayonida yozayotgan kishi jumlanining yozilishi tartibiga rioya qilishi, yozilgan va navbatdagi yoziladigan so‘zlarga qarab mo‘ljal olishi kerak. Yozilishi kerak bыlgan xar bir gap so‘zlarga bo‘linadi, shunday ekan, yozuvdagi so‘zlar orasidagi ma’lum bir chegaralanish bo‘ladi.
So‘zning tovush tuzilishini taxlil etish yozuv jarayonining eng murakkab operatsiyalaridan biri xisoblanadi. So‘zni to‘g‘ri yozish uchun uning tovush tuzilishini, davomiyligini va xar bir tovushning o‘rnini aniqlash lozim. Sыzning tovush taxlili nutqni eshitish va xarakatga keltirish analizatorlarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tovushlarning xarakteri va ularning so‘zdagi izchilligini aniqlashda baland, past va ichki talaffuz katta o‘rin tutadi. Talaffuzning yozuv jarayonidagi o‘rni xaqida ko‘pgina tadqiqotchilar fikr bildirishgan. Masalan, L.K. Nazarova 1 sinf bolalari bilan quyidagicha tajriba o‘tkazgan. Tajribaning birinchi bosqichida ularga yozish uchun tanish bo‘lgan matn beriladi. Ikkinchi bosqichida ularga talaffuz etilmagan, mazmuni qiyin matn berildi: bolalar yozuv jarayonida kichkina tilchalarini tishlab olishdi yoki og‘izlarini ochishdi. Bundayo paytlar ular oddiy xat yozishdagiga nisbatan ko‘proq xatoga yo‘l quyishdi.
Yozuv malakalarini egallashning dastlabki bosqichida talaffuz etishning roli katta bo‘ladi. U tovush xarakterini aniqlashga, uni o‘xshash tovushlardan farqlashga, tovushlarning so‘zdagi izchilligini belgilashga yordam beradi.
Disgrafiya yozuv jarayonining normada oshiruvchi amalga oliy psixik faoliyatining rivojlanmay qolishi (so‘zilishi) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yozuvning buzilishini belgilashda asosan quyidagi atamalardan foydalaniladi: disgrafiya, agrafiya, dizorfografiya, evolyusion disgrafiya (bu so‘nggi atama bolalardagi o‘qish malakasini egallab olish jarayonining buzilganligi belgilash uchun qo‘llanadi).
O‘qish va yozishdagi buzilishlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi.
Yozuvi buzilgan bolalarda ko‘pgina oliy psixik funksiyalar: qobiliyatining taщlili va sintezi, fazoviy tasavvurlar, nutq tovushlarini ko‘rish-eshitish orqali farqlash, fonematik xamda bo‘g‘inli analiz va sintez qilish, gapni so‘zlarga ajratish, nutqning leksik-grammatik tuzilishi, xotira, diqqat-e’tibor suksessiv va simultan jarayonlarining, emotsional-irodaviy soщaning shakllanganligi kuzatiladi.
Logopedik adabiyotlarda disgrafiyaning psixolingvistik nuqtai nazardan o‘rganish yetarlicha ko‘rsatilmagan. Bu jixat yozuvning buzilish mexanizmini yozma nutq operatsiyalari (A.A. Leonteva fikricha): bog‘lanishli matnni ichki rejalashtirish, aloxida gapni ichki rajalashtirish, gapni grammatik jixatdan to‘g‘ri tuzish, fonemalarni tanlash operatsiyasi, so‘zlarni fonematik jixatdan taxlil qilish va boshqalar (E.M. Gopichenko, Ye.F. Sobotovich)ning zaiflashuvi sifatida o‘rganadi.
Disgrafiya tasnifi. Disgrafiyani tavsiflash turli xil me’yorlar: analizatorlar, psixik faoliyatlarning buzilganligi, yozuv operatsiyasining shakllanmaganligi xisobga olish asosiada amalga oshiriladi.
O.A. Tokaryova disgrafiyaning 3 turini: akustik, optik, motor disgrafiyalarni ajratib ko‘rsatadi.
Akustik disgrafiyada eshitish qobilyatining tabaqalashmagani, tovushni analiz va sintez qilishning yetarli jarajada rivojlamagni kuzatiladi. Bunda tovush va artikulyatsion jixatdan o‘xshash xarflar urnini almashtirish, aralashtirish va ba’zi bir xarflarni tushirib qoldirish, shuningdek tovushni noto‘g‘ri talaffuz eshitishning yozuvda qayd qilinish xollari kuzatiladi.
Optik disgrafiya kurish orqali tasavvur eshitishning mutsaщkam emasligi bilan bog‘liqdir. Bunda kishi ma’lum xarflarni anglamaydi, bu xarflar talaffuzdagi tovushga mos kelmaydi. Harflar turli paytlarda xar xil qabul qilinadi. Ko‘rish qobiliyatining notekisligi oqibatida ular yozuvida aralash-kuralash bo‘ladi. Ko‘pincha qo‘yidagi xarflar qo‘lyozmasining aralash kelishi kuzatiladi.
p-n, p-i, s-i, sh-i,
m-l, b-d, p-m, n-k Disgrafiyaning M.E. Xvatsev tomonidan turlarga ajratilgani xam щozirgi kunda yozuvning buzilgani xaqida to‘liq tasavvur xosil qilmayapti.
Disgrafiyaning shunday tasnivlari ko‘proq asoslangan xisoblanadiki, uning asosida yozuv jarayonidagi muayyan operatsiyalarining shakllanmagani yotadi. (Bu tasnivlar A.I. Gersennomidagi LDPI logopediya kafedrasining xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan). Unga asosan disgrafiyaning quyidagi turlari ajratiladi: artikulyator - akustik disgrafiya, fonematik idrok (fonemalarning tabaqalanishi), buzilishi asosidagi disgrafiya til taxlili va sintez buzilishi asosidagi disgrafiya shuningdek agrammatik, optik disgrafiyalar.
1. Artikulyator-akustik disgrafiya ko‘proq M.E. Xvatsev tomonidan ko‘rsatilgan og‘zaki nutqning zaiflashuvi natijasida paydo bыlgan disgrafiya o‘xshashdir. Bu, M.E. Xvatsevning ta’biriga ko‘ra, "yozuvdagi tili chuchuklik" xisoblanadi. Bola so‘zlarni qanday talaffuz qilsa, o‘shanday yozadi. Uning asosida noto‘g‘ri talaffuzning yozuvda aks etishi, so‘zlarni noto‘g‘ri aytib takrorlash yotadi. Bola gapirish jarayonida tovushlar noto‘g‘ri talaffuz qilishga tayangan xolda o‘zining nuqsonli talaffuzini yozuvda aks ettiradi.
Artikulyator - akustik disgrafiya og‘zaki nutqda tovushlarni almashtirish va tushurib qoldirishga muvofiq, xarflarni almashtirish va tushirib qoldirishga namoyon bo‘ladi. U ko‘pincha disgrafiya, rinolaliya va polimorf ko‘rinishdagi dislaliya paytida kuzatiladi. Ba’zan og‘zaki nutq to‘g‘ri bo‘lgani yozuvda xarflar o‘rnini almashtirish xollari saqlanib qolishi mumkin. Bunday xolatda ichki nutq paytida to‘g‘ri artikulyatsiya yetarli darajada tayanib bo‘lmaydi, xolbuki, tovushlarning aniq kinestik obrazlari xam shakllanmagan bo‘ladi. Lekin tovushlar almashtirish va tushirib qolidrish yozuvda doim xam aks etavermaydi. Bu qator xollarda saqlangan funksiyalar xisobiga (masalan: eshitishning aniq tabaqalangan fonematik funksiyalarning aniq shakllangani xisobiga) yuz beradi
Dizartriya so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz nuqsonidir. U nutq apparati harakatida kamchilik borligiga bog‘-liq bo‘ladi. Dizartriya uchun markaziy hamda periferik asab sis￾temasining organik kasalliklari natijasida artikulatsiya mushak￾larining falajlanishi tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzi￾lishi xarakterlidir.Dizartriya lotincha aynish – buzilish ma’nosini bildiruvchi «dis» yuklamasi, artron – birlashtirish, ulash degan so‘zdan olingan bo‘lib, ma’noli, ravon nutqning buzilishi degan ma’noni bildiradi. Biroq, ko‘pchilik olimlar, dizartriya atamasini kengroq ma’noda ishlatib, artikulatsiya, ovoz hosil bo‘lishi, nutq sur’ati, maromi, ravonligi, intonatsiyasidagi kamchiliklarni ham dizartriya nuqsonida kuzatiladigan belgilar jumlasiga kiritadilar. Dizartriyaning bu ko‘rinishi og‘ir anartriya deb ataladi. Bunda bola nutqini tushunib bo‘lmaydi. Bola xuddi og‘ziga tolqon solib gapirganidek tuyuladi. Lekin atrofdagilar nutqini bola yaxshi tushunadi, idrok etish qobiliyati nisbatan saqlangan bo‘ladi.Dizartriyani keltirib chiqargan kasallik qanchalik og‘ir, qanchalik erta boshlangan bo‘lsa, uning oqibatlari ham shunchalik og‘irroq bo‘ladi. Bu nuqson mustaqil sur’atda, hatto fonematik eshitish qobiliyatini saqlanib qolgani holida tovush talaffuzining buzilishi tariqasida namoyon bo‘lishi mumkin. Dizartriya vaqtida savod o‘rgatish ishlari qiyinlashadi. Bu vaqtda bola so‘zlarni yaxshi eshita oladigan va o‘ziga qaratilgan nutqini muayyan darajada tushuna oladigan, intellektida birlamchi qo‘pol o‘zgarishlar yo‘q bo‘lsa ham, so‘zlarni buzib atrofdagilarga yaxshi tushunilmaydigan tarzda, yarim-yorti qilib aytadi yoki talaffuz etadi. Nutqdagi nuqsonning bunday og‘ir shakli miya chap yarim sharidagi nutq zonalarining organik kasiddigiga bog‘liq bo‘lib, bog‘cha yoki maktabdan kelgan bolalardagi bu nuqsonni aniqlab olish uncha qiyin emas. Bunday hollarda tekshirib ko‘rish va maxsus bog‘cha yoki maktablarga yuborish masalasini hal etish uchun ularni logoped qabuliga o‘z vaqtida yuborish g‘oyat muhimdir. Klinik belgilariga ko‘ra dizartriya har xil toifalarga bo‘linadi. Logopedik adabiyotlarda dizartriyaning bulbar, psevdo￾bulbar shakllari, miya po‘stlog‘i osti, miyacha, miya po‘stlog‘iga aloqador xillari muhokama qilinadi. Dizartriyaning klinik-topik diagnostikasi nevrologik nuqtayi nazardan ancha murakkab bo‘lgani tufayli, uning shakllarini logopedning o‘zi mustaqil holda aniqlay olmaydi. Shunga ko‘ra bu vazifani nevropatolog shifokor maxsus usullardan foydalanib, logoped bilan birga ancha ishlarni bajaradi. Klinik-topik diagnozi shifokor aniqlab berganidan keyin logopedik xulosani logoped chiqaradi. Dizartriyaning har bir shakliga uning qanday ifodalanganiga qarab har xil chora ko‘riladi. Har bir shaklda tovushlar talaffuzi, ovoz nuqsonlari, artikulatsion apparatining harakatchanligi, motorikasidagi kamchiliklar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun uni bartaraf etish usullari ham o‘ziga xos, har xil bo‘ladi.
Dizartriyani keltirib chiqaradigan sabablar xilma-xildir.
Dizartriya ko‘p hollarda ona qornidagi bolaga ichki va tashqi omillarning salbiy ta’siri tufayli vujudga kelishi mumkin. Bunga onaning homiladorlik vaqtida ba’zi yuqumli kasalliklarga yo‘liqishi, turli moddalarning zaharli ta’siri – intoksikatsiya, gipoksiya (kislorod yetishmasligi), homilaning shikastlanishi, esfiksiya bo‘lib (kindigi o‘ralib) tug‘ilishi va boshqalar kiradi.
Dizartriya ba’zan bolaning go‘dakligida (1 yoshga yaqin vaqtida) kasal bo‘lishi (meningit, turli xildagi meningoensefalitlar bilan og‘rish) hamda markaziy asab sistemasining shikastlanishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Ona bilan bola qonlari tarkibining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi (rezus faktor) natijasida ham dizartriya kuzatilishi mumkin.
Ko‘p hollarda dizartriya bolalarda uchraydigan serebral falaj oqibati tariqasi paydo bo‘ladi. Ye.M. Mastyukova ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar serebral falaji bilan kasallangan kishilarning 65–85 foizida dizartiya kuzatiladi.
Serebral falaj bilan kasallangan bolalardagi dizartriyani fransuz olimi G. Tardi nutq nuqsonining darajasiga qarab quyidagi xillarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi:
birinchi darajasi – eng yengil xili bo‘lib, bunda boladagi talaffuz kamchiliklari faqat mutaxassis logoped tomonidan maxsus tekshirishlar natijasida aniqlanishi mumkin.
Ikkinchi darajasi – bola talaffuzidagi kamchiliklar atrofdagilarga sezilib tursa ham, uning nutqi tushunarli bo‘ladi.
Uchinchi darajasida bola nutqini faqat Uning eng yaqin odamlari tushunadi, xolos.
To‘rtinchi darajasi – eng og‘ir darajadagi nuqson bo‘lib, bunda bola nutqini mutlaqo tushunib bo‘lmaydi. Anartriya deb shunga aytiladi.
Shunday qilib, dizartriya – asab sistemasining kasalliklari munosabati bilan tegishli markazlarning organik shikastlanishi natijasida tovushlar talaffuzining buzilishidir. Nutq organlarining kam harakatlanishi tufayli nutq tovushlarining artikulatsiyasi buziladi. Shu bilan birga nutq sur’ati, tezligi, maromi, ravonligi, ovoz kuchi ham yomonlashadi.
Dizartriyani xarakterlovchi klinik belgilar quyidagilardan iborat: 1) nutq mushaklari tonusining buzilishi; 2) artikulatsion apparat mushaklari falajlanishi tufayli shartli artikulatsiya harakatlarining cheklanib qolishi; 3) nafas olish harakatlari va ovoz hosil bo‘lishining buzilishi.
Eng keng tarqalgan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulatsion mushaklar tonusi kuchayib ketadi; lablar, til, ya’ni lak-luk harakatchanligi chegaralangan bo‘ladi, ovoz va nafas olish buziladi, bola so‘lagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yuta olmaydi. Nutqi noaniq, dudmal, intonatsion jihatdan sust, manqalangan bo‘ladi.
Dizartriya nutq sistemasining barcha komponentlarida qan￾daydir o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Shunga ko‘ra di￾zartrik bolalar bir necha guruhlarga bo‘linadi: fonetik nuqsonli,fonetik-fonematik kamchilikli bolalar; nutqi umuman rivojlan￾magan bolalar. Fonetik xarakterdagi dizartriyada tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsa, fonetik-fonematik xarakterdagi dizartriyada tovushlarni ajratish, fonematik o‘quvni rivojlantirish, o‘xshash tovushlarni bir-biridan ajratish, so‘z lug‘atini boyitish, grammatik tuzumni shakllantirib borish ustida ish olib boriladi. Dizartriyani bartaraf etishda, ko‘pincha, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, fonetik mashqlar o‘tkazish, fonetik o‘quvni rivojlantirish, lug‘atni boyitish, bog‘lanishli-ma’noli nutqni o‘stirish, yozma nutqdagi kamchiliklarning oldini olish ustida ishlash talab etiladi.
Dizartriklar bilan maxsus logopedik ishlar og‘ir nutq kamchiliklari bor, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan nutqiy bog‘chalarda, nutqiy maktablarda yoki umumiy ta’lim maktab qoshidagi nutqiy sinflarda, harakat-tayanch organlari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan bog‘cha hamda maktab-internatlarda, psixonevrologik shifoxonalarning nutqiy bo‘limlarida olib boriladi. Dizartriyaning yengil shakllarini poliklinika qoshidagi logopedik kabinetlar, umumta’lim maktablaridagi logopedik punktlarda bartaraf etish mumkin.
Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash choralari ham shuncha yaxshi naf beradi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat, izchillik bilan logopedik mashg‘ulotlar olib borib, yuqori natijalarga erishish mumkin. Faqatgina to‘g‘ri tashkil etilgan kompleks chora-tadbirlar, logoped bilan nevropatolog yoki psixonevrolog hamda ota-onalarning hamkorlik qilishi, logoped bilan massajist, davolovchi bilan fizkultura mutaxassislarining birgalikda hamjihat bo‘lib ishlashi natijasidagina dizartriyani maksimal darajada bartaraf etib, bolaning atrofdagilar bilan to‘g‘ri aloqa bog‘lab, bemalol gaplasha oladigan bo‘lishini ta’minlash mumkin.
Ona qornida yoki tug‘ruq mahalida miyasi zarar ko‘rgan bolalardagi dizartriyaning oldini olish uchun mamlakatimizdabutun bir chora-tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bola hayotining birinchi onlaridayoq kompleks tibbiy-pedagogik ishlar olib boriladi. Buning uchun perinatal patologiyali bolalarga mo‘ljallab maxsus tashkil etilgan nevrologik statsionarlar erta aralashuv xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.


Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin