Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Allergik reaktsiyalarni sekinroq tipi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə46/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Allergik reaktsiyalarni sekinroq tipi
Sekin allergik reaktsiyalarni gumoral antitelalar yordamida emas, balki hujayraviy T-limfotsitlar yordamida, killerlarni subpopulyatsiyasi va gipersezuvchanlikni sekin tipini yuzaga chiqaruvchi mediatorlar (GZT) keltirib chiqaradi.
Bu reaktsiyani zardob yuborib, yahni passiv yo’l chaqirib bo’lmaydi, lekin faoliyat ko’ruvchi limfotsitlar va limfa tugunlarni, qorataloq ko’chirib o’tkazilganda, bundan tashqari, Lourens omili yordamida ham chaqirish mumkin (Ushbu omillar, antigen bilan sensibilizatsiya qilingan organizm limfotsitlari tomonidan ajraladi. Lourens omilidan immunodefitsit kasalliklarini davolashda qo’llaniladi, yahni organizmni immun javobi pasaygan holatida). Bernet fikricha, sekin allergik reaktsiyalar organizmni antigen tarkibini va mutant klonlarni eliminatsiyasini immun nazorat qilish uchun ro’yobga chiqadi. SHuning uchun bunday reaktsiyalar ko’proq autoimmun kasalliklarda va gomotransplantatsiya kuchib ketganda kuzatiladi.
Sekin boruvchi allergik reaktsiyalar, infektsion allergiyada muhim ahamiyatga ega.
Uning klassik misoli tuberkulin reaktsiyasi hisoblanadi. Tuberkulinni teri ostiga yuborilganda, bir necha soatdan so’ng reaktsiya kuzatiladi, 48-72 soatda maksimal darajada yetadi. Bunda yallig’lanish, to’qimada leykotsit infilg’tratsiyasi, shish va giperemiya, nekrozni ham kuzatish mumkin. Bunday allergik reaktsiyalar silda, zahmda, zamburug’li, parazitli va virusli kasalliklarda ham uchraydi. SHu jumladan, ximik moddalar tahsirida ham kelib chiqish mumkin. Kontaktli dermatit misol bo’ladi (rezina, lak, metall, chigit va x.k.z. tahsirida).
Sekin ketadigan allergik reaktsiyalarda gumoral antitelalar ham ishlab chiqariladi. M: silda gumoral antitelalarni bo’lishi muhim diagnostik ahamiyatga egadir.
Autoallergik kasalliklar
Autoallergik (autoimmun) kasalliklarda organizmda hosil bo’lgan antitelalar, xususiy antigenlar bilan kompleks hosil qilishidan kelib chiqadi.
Bunday antigenlar demaskirovka, tolerantlikni pasayishi va somatik mutatsiyalar natijasida yuzaga keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin