Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə48/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

O’vartsman fenomeni teriga qorin tifining kulg’turasi yuboriladi, bir sutkadan so’ng, venaga yana qorin tifi kulg’turasi yuboriladi, shundan so’ng birinchi yuborilgan joyda gemorragik-nekrotik yallig’lanish kuzatiladi. Bu fenomen mexanizmida qorin tifi endotoksinining organizmga toksik tahsirini summatsiyasi yotadi.
Sanarelli fenomeni vabo vibrioni endotoksinini venaga, o’limga olib kelmaydigan dozasi yuboriladi, bir sutkadan so’ng, ichak tayoqchasi kulg’turasi yuboriladi. Bunda, shok tipidagi umumiy reaktsiya kelib chiqadi. Zdrodovskiy tahkidlashicha bunday fenomenni boshqa mikroorganizmlarni endotoksinlarni yuborib chaqirsa bo’ladi. Ushbu ikkala fenomen infektsion kasalliklarini rivojlanishida tushunishimizga yordam beradi.
Allergiyani oldini olish. Giposensibilizatsiya
Allergik kasallikni oldini olish antigenni organizmdan izolyatsiya qilish yo’li bilan hamda maxsus immunologik tolerantlik yoki immunodepressiv holat chaqirish yordamida amalga oshiriladi.
Immunologik tolerantlik chaqaloq yoki embrionga oldindan mahlum antigen yuborish yo’li bilan chaqiriladi. Buning ahamiyati shundaki organni transplantatsiya qilishda, allergik kasalliklari irsiy kelib chiqishini u yoki bu antigenga nisbatan oldini olish maqsadida chaqiriladi. Katta insonlarda esa ko’p miqdorda erigan antigen yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi (paralich Feltona).
Immunodepressiv holat ko’plab antigenlarga qarshi antitelalar ishlab chiqarishni pasaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning har xil usullari bor: m: nurlatish, immunodepressantlar, maxsus antilimfotsitlar antiantitelalar yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Agar, organizm sensibilizatsiya bo’lib ulgurgan bo’lsa yoki organizmda allergik reaktsiya boshlangan bo’lsa, quyidagi usullar qo’llaniladi.

  1. Antitela ishlab chiqarishini yuqoridagi usullar yordamida pasaytiriladi.

  2. Bezredko bo’yicha desensibilizatsiya qilish yoki spetsifik giposensibilizatsiya amalga oshiriladi.

Spetsifik giposensibilizatsiya organizm yuqori sezuvchanlikka ega bo’lgan antigenni oz-oz dozadan yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi, bunda og’ir reaktsiyalar kuzatilmaydi, dozalar orasidagi intervallar shunday bo’lishi kerakki, ishlab chiqarilgan biologik aktiv moddalar inaktivatsiyalanib ulgurishi lozim. Bunday usul bilan pollinoz, bronxial astma, tarvoqni davolashda juda foyda beradi. Bezredko bo’yicha desensibilizatsiya zardob bilan davolashda juda qo’l keladi.

  1. Biologik aktiv birikmalarni inaktivatsiyasi, ushbu maqsadda organizmga proteolitik fermentlar, bulutsimon hujayralarda tsAMFni ko’paytiruvchi preparatlar yuboriladi.

  2. Biologik aktiv moddalar tahsiridan hujayralarni himoyalash narkoz, spazmolitiklar, bronxlar torayishini oldini oladi, ko’proq N1 retseptorlarni bloklovchi antigistamin preparatlari yuboriladi.

Allergiya va irsiyat. Immunotsitlar strukturasi va ularning asosiy hossalari, dezaktivatsiya tizimning ishlash printsiplari nasldan-naslga o’tadi. SHundan, nasldan-naslga allergiya va paraallergiya yuzaga chiqish moyilligi o’tadi, lekin allergen bo’lmasa ushbu reaktsiyalar hech qachon realizatsiyalanmaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin