Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə36/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Yirik davlatlar: o‘z mamlakati va mintaqasida, jahonning boshqa muhim mintaqalarida (lekin butun jahonda emas) o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashga qodir, boshqa mamlakatlarni o‘zi bilan hisoblashishga majbur qila oladigan mamlakatlar
(masalan, Buyuk Britaniya, YAponiya, Fransiya, Germaniya va “Katta sakkizlik” a’zosi bo‘lgan boshqa mamlakatlar) ana shundaylar jumlasidandir. Hozirgi vaqtda Rossiya bu safdan mustahkam joy olishga harakat qilmoqda.
Mintaqaviy davlatlar: o‘z mamlakati va mintaqasida, shuningdek chegara hududlarida o‘z manfaatlarini ta’minlash va himoya etishga qodir mamlakatlar shu guruhga kiradi. Bu mamlakatlar uzoq xorij mamlakatlaridagi geosiyosiy jarayonlarga
qorisha olmasalar-da, o‘z mintaqasida bunga qodirdir (masalan, mintaqaviy davlat hisoblanadigan Xitoy, Eron, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Misr va boshqalar).
Oddiy davlatlar: bu mamlakatlarning har biri davlat ichida, mintaqa va jahonda o‘z milliy manfaatlarini kuchlari etgani qadar ta’minlay oladilar. Bu mamlakatlarning milliy manfaatlari, odatda, yuqoridagi uch guruhdagi davlatlarning manfaatlariga uyg‘un bo‘lgan taqdirda ko‘proq ta’minlanadi. Xalqaro munosabatlar sistemasining butun tarixi mobaynida (1648-2010) jahondagi kuch markazlari kuch muvozanatining
qo‘pqutbli (bir necha markaz), ikki qutbli (ikki markaz) va bir qutbli (bir markaz) shakllari tarzida o‘zgarib, hozirdagi “yangi dunyo tartiboti” deb atalgan sistemaga etib keldi. Hozirgi geosiyosiy tuzilmaning jahon sistemasidagi asosiy o‘zgarishlar 2001 yil 11 sentyabr hodisasidan keyin yuz berdi.
Geosiyosiy munosabatlarda hukmron klassik parametrlar o‘tmishda qolib ketdi. Bugungi kunda siyosatshunoslikda endi “yangi dunyo tartiboti” geosiyosiy modeli, jahon sistemasida uning yangi konfiguratsiyasi va yangi geosiyosiy chizgilari haqida so‘z bormoqda. SHuni tan olish kerakki, jahonda bir qutbli geosiyosiy ta’sir
ko‘rsatishning mavjudligi endilikda voqelik bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda jahonda bironta davlat yoki davlatlar birlashmasi AQSH boshchiligidagi G‘arb geosiyosiy markazinikiday qudrat va ta’sir kuchiga ega emas. Albatta, bu insoniyatning geosiyosiy taraqqiyoti bundan keyin abadiy ravishda hozirgi bir qutbli
model asosida boradi, degan ma’noni anglatmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, panamerika g‘oyasi asosida shakllangan bir qutbli jahon sistemasi ko‘p jihatdan butun insoniyatgina emas, hatto Evropaning bu sistemaga kirgan ko‘pgina mamlakatlariga ham maqbul emas. Garchi AQSH jahonning yagona ulkan davlati bo‘lib
qolishga urinayotgan bo‘lsa-da, sayyoradagi geosiyosiy vaziyat hamon o‘zgaruvchan, beqaror va murakkabligicha qolmoqda. Bu sharoitda AQSH gegemoniyasiga va uning xalqaro hakam roliga asta-sekin kuchayayotgan va jahon siyosatiga o‘z ta’sirini kengaytirayotgan mintaqaviy davlatlar-rahnamolar va ularga qarashli ulkan
transmilliy korporatsiyalar jiddiy raqib sifatida maydonga chiqmoqda.
Bundan tashqari, AQSHning ko‘payib borayotgan mahalliy ziddiyatlar, mintaqaviy, diniy va millatlararo to‘qnashuvlarning oldini olish yoki bartaraf etishga amaliy ta’sir ko‘rsatishga qodir emasligi u o‘zining “adolatli kelishtiruvchi hakam”
statusini umuman oqlamaganining dalolatidir. Jahon jamoatchiligida borgan sari ko‘proq shu fikrga kelmoqda. AQSHning jahon gegemonligiga intilishi borgan sari Xitoy, YAponiya, Rossiya va boshqa davlatlarning jiddiy qarshiligiga duch
kelmoqda. Bu mamlakatlarning har biri o‘zaro munosabatlarda o‘z iqtisodiy, siyosiy va harbiy kuchini oshirishga, mintaqaviy va xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etishga va geosiyosiy jarayonlarda o‘z milliy manfaatlarini himoya etishga harakat qilishi bilan AQSHga qarshilik ko‘rsatmoqda. Rossiya ekspertlarining aytishiga qaraganda, AQSHning (Meksika va Kanada bilan birga) jahon yalpi ichki mahsulotidagi (YAIM) ulushi borgan sari kamayib, Xitoy, YAponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Rossiya va boshqa mamlakatlarning ulushi esa tobora
ko‘payib boradi. Amerika olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindiston,
Xitoy, YAponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Osiyoning boshqa mamlakatlari 2025 yilga borib jahon YAIMning 55–60 foyizini 398 ishlab chiqadi, bu ko‘rsatkich G‘arb mamlakatlarida atigi 20–30 foyizni tashkil etadi. CHunonchi, Xitoy o‘z harbiy-iqtisodiy qudrati va hozirgi vaqtda jahonda kechayotgan geosiyosiy jarayonlarga ta’sir kuchi nuqtai nazaridan yaqin o‘n-o‘n besh yil ichida bir qutbli jahon siyosatiga qarshi chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Taxminlarga qaraganda, yaqin yillarda Xitoyning harbiy qudrati AQSHnikiga tenglashadi va hatto ba’zi o‘lchamlariga ko‘ra,
undan o‘tib ham ketadi. Bugun Xitoyda atigi 25ta qit’alararo ballistik raketa bor bo‘lsa-da, ekspertlar 3-4 yil ichida ularning soni 100 taga etishini va yadro kallaklari bilan jihozlantirilishini bashorat qilmoqdalar. Xitoyning iqtisodiy qudrati o‘sib borayotgani va taraqqiyot sur’atlari jadallashayotgani unga jahon YAIMdagi ulushi jihatidan keyingi o‘n yillikda AQSH va Evropa Ittifoqi bilan tenglashish imkonini beradi.
Keyingi yillarda jahon geosiyosiy tuzilmasida yana bir mintaqaviy yo‘lboshchi – Hindistonning mavqei ham tobora mustahkamlanib borayotir. Harvard universitetining bahosiga qaraganda, jahon YAIM ishlab chiqarishi o‘lchami bo‘yicha 2001 yilda ilg‘or davlatlar qatoriga chiqqan Hindiston bugungi kunda Buyuk
Britaniya, Italiya va Fransiya birgalikda ishlab chiqqan mahsulotga teng mahsulot ishlab chiarmoqda. Taxminlarga qaraganda, Hindiston 10 yildan keyin YAIM ishlab chiqarish darajasi bo‘yicha YAponiyadan o‘tib ketadi. AQSH, Rossiya va G‘arbiy Evropa kabi davlatlarning jahon miqyosida o‘zini xilma-xil tutishi va sub’ektiv siyosat yurgizishi islom dunyosi, Afrika va Latin Amerikasi mamlakatlarini ham,
Janubi-SHarqiy Osiyoning mintaqaviy rahnamolarini ham o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun shunga mos qadam tashlashga majbur qilyapti. Masalan, Pokiston, Eron, Tayvan, Braziliya, Hindiston, SHimoliy Koreya singari mamlakatlar asta-sekin o‘z
xavfsizligini ta’minlashning alternativ yo‘llariga bosh urmoqda.
SHu bilan birga, BMT va boshqa hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqqa rioya etilishiga kafolat berishga qodir emasligi davlatlararo ziddiyatlar kuchaygan bir
sharoitda ayrim mamlakatlarni o‘z geosiyosiy xavfsizligini ta’minlash uchun qurollanish poygasiga kirishishiga turtki berayotir. Bunday vaziyatda geosiyosiy nuqtai nazardan insoniyat o‘z kelajagi uchun xotirjam bo‘la olmaydi, ayrim davlatlar ham xalqaro xavfsizlikning yangi sistemasini yaratish harakatidan to‘xtamaydilar. Agar hozirgi qurollanish poygasi raketa-yadro qurolining asta-sekin tarqalishiga va balki qo‘llanishiga ko‘maklashishini hisobga oladigan bo‘lsak, “yangi dunyo
tartiboti”ning geosiyosiy aqidalari va mexanizmlari beqaror ekaniga shubha qolmaydi. Bundan tashqari, hozirgi jahonning globallashuv tendensiyasi, mamlakatlar va mintaqalar rivojidagi notenglikni yo‘qotish uchun jiddiy qadamlar tashlanmayotgani, bir tomondan, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi zichligining oshishiga olib boradi, nazoratsiz migratsiyaga yo‘l ochadi, ikkinchi tomondan – bu
jarayon “ko‘rimsiz zona”, “jahonning qora o‘pqoni” sifatida Afrika qit’asining emirilishi uchun sharoit yaratadi, bu makonda sivilizatsiyani yoyishni qiyinlashtiradi, uni mintaqaviy urushlar va etnik-qabilaviy nifoqlar quchog‘iga tashlaydi. Bunday bema’ni urushlar va nifoqlar minglab, ba’zan millionlab kishilarning
yostig‘ini quritadi, inson huquqlarining ommaviy ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi va h.k.
SHunday qilib, hozirgi jahon sistemasi va “yangi dunyo tartiboti” geosiyosiy tuzilmasining qisqacha tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda xalqaro munosabatlarning hammaga maqbul tushadigan va adolatli modeli yo‘q va ko‘pgina davlatlar bugungi bir qutbli sistema ta’siridan voz kechishga tayyor. Mohiyat
e’tibori bilan, “yangi dunyo tartiboti”ning asosiy me’morlari bo‘lgan AQSH va uning g‘arbdagi ittifoqchilari sayyoraning bugungi va kelajakdagi geosiyosiy tartiboti masalasida jiddiy tashvish bildirmoqdalar. Bularning hammasi jahonning bir qutbli
siyosatiga alternativ nazar tashlayotgan boshqa mamlakatlar va siyosiy markazlarning roli va faoliyati kuchayayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tmoqda. Tadqiqotchilar bir-biriga qarama-qarshi dengiz (AQSH va NATOdagi ittifoqchilari) va quruqlik (Xitoy, Rossiya, Hindiston) sivilizatsiyalari o‘rtasida kuchayayotgan kurash jahon sistemasining geosiyosiy tuzilmasi va shaklu shamoyili kelajagiga jiddiy ta’sir o‘tkazadigan geosiyosiy voqeliklardan biridir, deb hisoblayaptilar. Ularning fikricha, Xitoy, Rossiya va Hindiston mafkuraviy va institutsion bazis barpo eta olmagani
uchun butun jahonda, shu jumladan Evroosiyo mintaqasida, Janubi 400 SHarqiy Osiyoda dengiz sivilizatsiyasi ustun bo‘lib turibdi. Biroq quruqlik kuchlari kundan-kunga o‘sib borayotir va atrofiga yangi- yangi davlatlarni to‘plab, G‘arbning asosiy ta’sir sohalariga xavf tug‘dirmoqda. Bu jarayonda mintaqaviy davlatlar-rahnamolar va
ular barpo etayotgan birlashmalar (masalan, SHanxay Hamkorlik Tashkiloti) asosiy rol o‘ynamoqda. Bundan tashqari, milliy, diniy va madaniy qadriyatlar sohibi
bo‘lgan qator yirik davlatlar (masalan, islom dunyosi, Latin Amerikasi, Janubi-SHarqiy Osiyoning mintaqaviy yo‘lboshchilari) iqtisodiy va harbiy jihatdan asta-sekin kuchayib boryapti va BMT Xavfsizlik Kengashida vakil bo‘lishga da’vo qilyapti. Bu esa, tegishincha, jahonda qarama-qarshilik va militarizatsiyalishning
kuchayishiga, o‘rtacha va mintaqaviy rahnamolarning har qanday yo‘l bilan atom quroliga ega bo‘lishga intilishiga sabab bo‘lmoqda va oxir-oqibat yadro klubi a’zolari soni ko‘payishiga olib boradi. Hozirgi vaqtda yadro quroli va strategik ballistik raketa
quroliga ega bo‘lgan AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabilar safiga ertaga Eron, SHimoliy Koreya, Tayvan, YAponiya va boshqa mamlakatlar qo‘shilmaydi, deb aytishga hech kim kafolat bera olmaydi. “YAngi dunyo tartiboti”, hozirgi geosiyosiy konfliktlar va jahon sistemasining

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin