Amaldagi Konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i, qurolli kuchlar bosh qo’mondoni – prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bevosita, ikki bosqichli saylov yo’li bilan (saylovchilar hay`ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalgaoshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyat organi – AQSH hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo’ladi. Hukumat kongress oldida mas`ul emas.
Har bir shtatning o’z konstitutsiyasi bor. SHtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijroiya hokimiyatini esa gubernator amalgaoshiradi. AQSH davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoidaasos qilib olingan, bu qoidalar – hokimiyatning bo’linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo’linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog’i – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o’rtasida vazifalarning chegaralab qo’yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq – Kongress, Prezident vaOliy suddir.
AQSHning siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari.Respublikachilar partiyasi - 1854 yilda tuzilgan; Demokratik partiya - 1828 yilda tuzilgan; Kommunistik partiya - 1919 y. tuzilgan. Amerika Mehnat Federatsiyasi – i.ch. kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 mln. ishchi vaxizmatchi a`zo bo’lib kirgan.
1945 yildan AQSH – BMT, shuningdek Amerika davlatlari Tashkiloti va NATOa`zosi. AQSH O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligini 1991 y. 27 dekabrda tan oldi va 1992 y. 19 fevralda diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
Aholisi. AQSHning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSH amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSH aholisining 82,8 foyizini asli kelib chiqishi jihatidan evropaliklar, 12,6% afrikaliklar, 3,6% osiyoliklar, 1% hindular, eskimoslar, aleutlar Tashkil etadi. Aholining 80% shaharlarda yashaydi. AQSHda meksikaliklar, italyanlar, nemislar, frantsuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQSHda 5 mingga yaqin o’zbek istiqomat qiladi. AQSH aholisining zichligi – 1 kv km ga 27,2 kishi.
Iqtisodiyoti.AQSH – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. YAlpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning to’planish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat singari sohalar bo’yicha 1-o’rinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishining uchdan bir qismi AQSH ulushiga to’g’ri keladi.
Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari – deyarli butun dunyo bilan savdo qiladi. Tashqi savdoda importning ulushi 1,123 trln doll. Eksportning ulushi 776 mlrd doll.
Tabiati. Atlantikaokeanining AQSH qirg’og’ida ko’rfaz va qo’ltiqlar juda ko’p, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim oroli – Florida. G’arbdagi Kordilera tog’ tizmasi AQSH hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okeani sohili baland tog’lik (Alyaska tizmasidaAQSH va butun SHimoliy Amerikadagi eng baland cho’qqi – 6194 m balanlikdagi Mak-Kinli cho’qqisi joylashgan; bundan tashqari Qirg’oqbo’yi tizimlari va Kaskadli tog’lar, Serra-Nevada tog’lari bor). SHarqiy mintaqani Qoyali tog’ tizmalari egallagan. AQSH hududining deyarli hammasi mo’`tadil va subtropik mintaqalarda, Alyaska – subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan.