Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha, bular quyidagilar:
1) O‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajoni dil shug‘ullanishga moyillik:
2) Muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o‘zlashtirish qobiliyati:
3) Matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish:
4) Matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz psixologi M. G. Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobiliyatni ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |