Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi bo



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/12
tarix13.11.2019
ölçüsü1,47 Mb.
#29580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
IKKI TEKISLIK O’ZARO VAZIYATLARI. IKKI TEKKISLIK O’ZARO KESISHUVI.


9-rasm.

3. AYLANTIRISH USULI

Aylantirish usuli parallel harakatlantirish usulining xususiy holi hisoblanadi. Bu usulda geometrik shaklga tegishli nuqtaning trayektoriyasi ixtiyoriy bo‘lmay, balki berilgan biror o‘qqa nisbatan aylana bo‘yicha harakatlanadi. Aylana markazi berilgan o‘qda joylashgan bo‘lib, aylanish radiusi esa harakatlanuvchi nuqta bilan aylanish o‘qi orasidagi masofaga teng bo‘ladi yoki aylanish tekisligini aylanish o‘qi bilan kesishgan nuqtasi bo‘ladi.

Aylanish o‘qlari proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan perpendikulyar, parallel, shuningdek, proyeksiyalar tekisligiga tegishli va boshqa vaziyatlarda bo‘lishi mumkin.

Quyida turli vaziyatlarda joylashgan aylanish o‘qlari atrofida aylantirish usullarni ko‘rib chiqamiz.



3.1. Geometrik shakllarni proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirish. Nuqtani aylantirish. H va V tekisliklar sistemasida ixtiyoriy A nuqta va i aylanish o‘qi berilgan bo‘lsin ( 10 a–rasm). Agar A nuqtani iV aylanish o‘qi atrofida harakatlantirsak, mazkur nuqta V tekislikka parallel V1 tekislikda radiusi OA ga teng aylana bo‘yicha harakatlanadi. Shuningdek, A nuqtaning harakatlanish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi V1 tekislikning V1N izi bo‘yicha harakat qiladi. Chizmada V1 tekislik V tekislikka parallel bo‘lgani uchun A nuqtaning frontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, gorizontal proyeksiyasi V1NOx bo‘yicha harakat qiladi ( 11–rasm, b).

B nuqtaning H tekislikka perpendikulyar i o‘qi atrofida aylantirilishi 11–rasm, a da ko‘rsatilgan. B nuqta B1 vaziyayatga radiusi OB ga teng aylana bo‘yicha H tekislikka parallel bo‘lgan N1 tekislikda harakatlanadi. Bunda N1 tekislik H tekislikka parallel bo‘lgani uchun B nuqta harakatlanish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, frontal proyeksiyasi N1 tekislikning N1V izi bo‘yicha Ox ga parallel bo‘lib harakatlanadi. ( 12,b–rasm).



a) b)

10-rasm.



a) b)

11-rasm.

Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarga kelamiz:



1-xulosa. Agar A nuqta frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirilsa, mazkur nuqtaning frontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, gorizontal proyeksiyasi Ox o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanadi.

2-xulosa. Agar nuqta gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirilsa, nuqtaning gorizontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, frontal proyeksiyasi Ox o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanadi.

Nuqtani proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirish qoidalariga asosan umumiy vaziyatda joylashgan geometrik shakllarni xususiy yoki talab qilingan vaziyatga keltirish mumkin.



1–masala. Umumiy vaziyatdagi AB(AB′, AB″) kesmani V tekislikka parallel vaziyatga keltirilsin. ( 12–rasm).

Yechish. AB kesmaning biror, masalan B uchidan iH aylantrish o‘qi o‘tkaziladi. So‘ngra bu o‘q atrofia kesmaning AB′ gorizontal proyeksiyasini AB′∥Ox vaziyatga kelguncha aylantiramiz. Bunda

AB kesmaning Anuqtasi N1VOx bo‘yicha harakatlanib, A1 vaziyatni egallaydi. Shaklda hosil bo‘lgan AB kesmaning yangi A1B1 va A1B1 proyeksiyalari uning V tekislikka parallelligini ko‘rsatadi. Shakldagi α burchak AB kesmani H tekislik bilan hosil etgan burchagi bo‘ladi.

2–masala. AB(AB′, AB″) kesmani iH o‘q atrofida α burchakka aylantirish talab qilinsin ( 13– rasm).

Yechish. Kesmani α burchakka aylantirish

12-rasm. uchun uning A′ va B′ proyeksiyalarini berilgan i o‘qi atrofida AO1 va BO2 radiuslari bo‘yicha α burchakka aylantirish kifoya qiladi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin